|
Kurs ishi namuna pdf
|
bet | 3/13 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #263937 |
Bog'liq MODELLASHTIRISH KURS ISHI (1) (1)
Tizimning intensiv xossalari fazoga ko'ra o'zgarishi yoki o'zgarmasligiga qarab, tizimni bir xil yoki bir xil bo'lmagan turlarga ajratish mumkin. Bir xil bo'lmagan tizim taqsimlangan parametrlar tizimi deb ham yuritiladi. Agar intensiv xususiyatlar yetarlicha kichik o'zgarishlarga ega bo'lsa va bunda, ushbu o'zgarishlar bu tizim uchun ahamiyatsiz bo'lsa, u holda intensiv xususiyatlaming o'rtacha fazoviy qiymatlarini hisobga olgan holda tizimni bir xil yoki gomogen tizim deb hisoblash mumkin bo'ladi. O'z navbatida ushbu tizimni birlashtirilgan parametrlar tizimi deb ham atash mumkin. Shunday qilib, 1.1-rasmdagi reaktsiya aralashmasi uchun harorat bir oz o'zgargan bo'lsa, lekin jarayon davomida ma'lum bir haroratda deb hisoblangan bo'lsa, u holda o'rtacha qiymatda olingan parametrli tizim bo'ladi.
Atrofdan ajralish darajasiga ko'ra tizimlar ochiq, yopiq va izolyatsiyalangan tizimlarga bo'linadi. Ochiq tizimlarda atrof-muhitning tizimdagi massa va energiya almashinuviga ta'siri mavjud bo'ladi. Yopiq tizimlarda esa faqat energiya almashinuvida atrof-muhitning ta'sirini ko'zatish mumkin bo'ladi. Izolyatsiya qilingan tizimda esa atrof-muhit bilan hech qanday massa yoki energiya almashinuvi ro'y bermaydi.
Shunday qilib, 1.1-rasmda ko'rsatilgan reaksiya aralashmasi, agar u qizdirilsa yoki sovutilsa va undagi moddalar havoga uchadigan bo'lsa, ochiq tizim bo'ladi. Agar ushbu aralashma qizdirilsa yoki sovutilsa hamda moddalaming uchib chiqib ketishi oldini olish uchun idish usti yopiladigan ho'lsa, u holda bu tizim yopiq tizim bo'ladi. Yuqori yuzasi qoplangan va reaktor idishi bilan birga mukammal izolyatsiyalangan
bo'lsa, u holda bu aralashma izolyatsiya qilingan tizimga aylanadi.
Tizimni tasavvur qilishning muhimlik tomoni shundaki, biz uni o'rganishni xohlaymiz. Ushbu o'rganish, tizim xususiyatlari o'rtasidagi munosabatlami aniqlash bilan bir xil tushunchaga ega. Bu munosabatlar o'z navbatida modelni keltirib chiqaradi. Matematik nuqtai nazardan, model - bu tizim xususiyatlarini o'z ichiga olgan tenglamalar yoki ifodalar majmuidir. Modelga oddiy misol sifatida ideal gaz qonuni olishimiz mumkin,
PV = RT
Bu yerda, P, V va T mos ravishda, yetarlicha miqdordagi past bosimda tizimning bosimi, molyar hajmi va temperaturasi (xususiyatlari) bo'lib, R esa universal gaz doimiysi hisoblanadi (R=8.31 J/(mol*K)). Modeldagi xususiyatlar vaqtga bog'liq ho'lmaydi va u bilan bog'liq tizim o'zgarmas yoki aniq muvozanatda bo'ladi.
Tizim o'zgarganda, u tizimning bir yoki bir nechta xususiyatlariga ta'sir ko'rsatadi. Bu orqali esa o'z navbatidajarayon tushunchasi paydo bo'ladi.
|
| |