|
Kimyoviy texnologik jarayon
|
bet | 4/13 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #263937 |
Bog'liq MODELLASHTIRISH KURS ISHI (1) (1)
Jarayon deganda tizimda sodir bo'ladigan va uning xususiyatlariga ma'lum ta'sir ko'rsatadigan harakatlar majmui tushuniladi. Jarayon tabiiy yoki inson tomonidan yaratilgan. Inson tanasidagi qon aylanishi, o'simliklardagi fotosintez yoki quyosh tizimidagi sayyoralar harakati kabi tabiiy jarayonlar bo'lib, bulaming barchasi inson ta'sirisiz sodir bo'ladi va ulardagi o'zgarishlar ular bilan bog'liq tizimlarga ma'lum bir darajada ta'sir ko'rsatadi. Masalan, inson tanasida qon aylanishjarayoni birinchi navbatda yurak va o'pka o'rtasida o'pka qon aylanishini va yurak va o'pkadan tashqari tananing qolgan qismi o'rtasidagi tizimli aylanishni o'z ichiga oladi. Bu jarayon, boshqa narsalar qatorida, tananing turli qismlarida, ya'ni tizimda kislorod va karbonat angidrid konsentratsiyasining o'ziga xos darajalariga olib keladi.
Inson tomonidan yaratilgan jarayonlar asosan jamiyat uchun, tabiat uchun foydali natijalami ishlab chiqarish uchun odamlar tomonidan yaratilgan bo'ladi. Umumiy misollar sifatida turli xil sintetik kimyoviy moddalar va materiallami ishlab chiqarish, tabiiy resurslami qazib olish va tozalash, gaz chiqindilari va oqava suvlami tozalash, yashash joylarida iqlimni nazorat qilish va shu kabi jarayonlami keltirish mumkin. Demak 1.1-rasmda ko'rsatilgan reaktor ha inson tomonidan amalga oshirilgan jarayonlarga misol bo'ladi. Bunda Ava B reaktivlari o'rtasidagi kimyoviy reaktsiya orqali C mahsulot hosil bo'lishiga olib keladi.
Jarayonlar tasnifi
Vaqt o'tishi bilan tizim xususiyatlarining o'zgarishiga qarab, jarayonlar beqaror va barqaror holatdagi jarayonlarga bo'linadi. Vaqt o'tishi bilan tizimning istalgan xususiyatini o'zgartiradiganjarayon beqaror holatdagijarayon, tizim esa beqaror deb ataladi. Shunday qilib, 1.1-rasmdagi reaktorda kimyoviy reaksiya jarayoni beqaror holatdagi jarayondir. Bunda vaqt o'tishi bilan undagi moddalaming konsentratsiyasi o'zgarib turadi.
Bundan farqli o'laroq, barqaror holatdagi jarayonda vaqt o'tishi bilan tizim xususiyatlarining o'zgarishi sodir bo'lmaydi. Buning sababi shundaki, biror
parametming o'zgarishi har doim rostlanib turadi. Misol uchun, biror modda kamayadigan bo'lsa, uning o'mi to'ldirib boriladi.
Barqaror holatdagi jarayonga oddiy misol qilib, idishni uchuvchan bo'lmagan suyuqlik bilan to'ldirish va undan chiqib ketayotgan suyuqlik o'mini boshqa kirish oqimi yordamida bir xil qilib to'ldirib turilishini olishimiz mumkin. Kirish va chiqish sarfi teng bo'lganligi sababli, vaqt o'tishi bilan hajm o'zgarmaydi.
Barqaror yoki turg'un holatdagi jarayonning yana bir misoli sifatida- o'zgarmas hajmli aralashtirgichli reaktorga o'zgarmas sarfdagi reaktivlar kirib turadi. Ma'lum muddat mobaynida reaksiyaga kirishadi hamda moddalaming reaksiyaga kirishmay qolgan qismi va reaksiya mahsuloti aralashmasi ko'rinishida chiqib ketadi. Bu jarayonda moddalaming konsentratsiyasi va tank ichidagi reaktsiya aralashmasining hajmi vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi.
|
| |