|
Kurs ishi namuna pdf
|
bet | 2/13 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #263937 |
Bog'liq MODELLASHTIRISH KURS ISHI (1) (1)
Tizimni unga tegishli bo'lgan xususiyatlar bilan bog'laymiz. Xususiyat deganda materiya, energiya, fazo yoki vaqt bilan bog'liq bo'lgan har qanday o'lchanadigan kattalikni tushunamiz. Xususiyatga oddiy misol sifatida massa, konsentratsiya, harorat, entalpiya, bosim, hajm, diffuziya va boshqalami olish mumkin. Tizimnin xususiyatlari yordamida biz um kuzatib borishimiz va boshqa tizimlar bilan taqqoslashimiz mumkin bo'ladi.
Tizim xususiyatlarini intensiv Oadal) va ekstensiv (ko 'lamli) xususiyatlarga bo'lish mumkin. Birlik tizimni olib qaraydigan bo'Isak, uning ekstensiv xususiyati tizimning o'lchamiga yoki hajmiga mutanosibdir. Ekstensiv xususiyatlarga massa va hajm misol bo'la oladi. Shunday qilib, tizimning bir qismining massasi (aytaylik, 1/10) tizimning umumiy massasining bir xil ulushiga (1/10) teng. Boshqa tomondan, birlik tizimning intensiv xossasi uning o'lchami yoki hajmiga bog'liq emas va tizimning har bir qismi uchun bir xil, ya'ni bir xil qiymatga ega bo'ladi. Intensiv xususiyatga misol sifatida kontsentratsiya, harorat va bosimni olish mumkin.
Shunday qilib, agar yagona tizim ma'lum bir bosim ostida bo'lsa, tizimning har qanday qismi bir xil bosim ostida bo'ladi. Shu bilan birga, agar tizimning barcha intensiv xususiyatlari o'zgarmasa, tizim bir xil bo'ladi. Misol tariqasida yuqorida ko'rib o'tilgan 1.1-rasmdagi reaksiya aralashmasini keltirish mumkin. Bunda, aralashma quyidagi xususiyatlarga ega:
Tizim bo'ylab A moddaning konsentratsiyasi bir xil qiymatga ega (yoki A ning bir xil konsentratsiyasi),
Boshqa har bir B va C moddalar uchun bir xil konsentratsiya;
Istalgan boshqa intensiv xususiyatlar (misol uchun temperatura) uchun o'xshash bir xilliklar.
Bir xil bo'lmagan tizim uchun bir yoki bir nechta intensiv xususiyatlar tizim ichida farqlanadi. Aniqroq aytganda, xususiyatlar tizim ichidagi fazoga qarab o'zgaradi. Misol uchun, agar 1.1-rasmdagi reaksiya aralashmasi yaxshi aralashmagan bo'lsa, unda turlaming konsentratsiyasi va harorat butun aralashmada bir xil bo'lmaydi. Bunday holda, aralashma bir xil bo'lmagan tizim bo'ladi.
|
| |