• Tayyor mahsulot va xom-ashyolarning fizik kimyoviy xusuiyatlari
  • O'zgaruvchilar va parametrlar




    Download 1,27 Mb.
    bet7/13
    Sana15.06.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #263937
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    MODELLASHTIRISH KURS ISHI (1) (1)

    O'zgaruvchilar va parametrlar


    O'zgaruvchi - bu tizimdagi jarayonning bajarilishi davomida vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin bo'lgan har qanday xususiyat. Parameter esa belgilangan yoki aniqlangan xususiyatdir. (1.1)-( 1.3) tenglamalar bilan modellashtirilgan reaksiya jarayoni uchun o'zgaruvchilar- bu moddalaming kontsentratsiyasi, parametrlar esa boshlang'ich konsentratsiyalar va jarayon xususiyatlaridir. Jarayon modeli nuqtai
    nazaridan, qiymati aniqlanmagan yoki ko'rsatilmagan har qanday belgi o'zgaruvchini bildiradi. Qolgan belgilar parametrlami ifodalaydi.
    E'tibor bering, izolyatsiyalanmagan tizim uchun o'zgaruvchi yoki parametr atrof-muhit ta'siri ostida o'zgaradigan massa va (yoki) energiya almashinuvi xususiyati bo'lishi mumkin.

    Tayyor mahsulot va xom-ashyolarning fizik kimyoviy xusuiyatlari


    Sirka kislota (metankarbon kislota),

    Formulasi: CH3COOH — oʻtkir hidli, rangsiz, nordon, bir asosli karbon kislota. Suvsiz (aniqrogʻi 98— 99% li) Sirka kislota muzga oʻxshaganligi uchun „muz“ kislota deb qam ataladi.

    • Suyuqlanish temperaturasi 16,75%,

    • Qaynash temperaturasi 118,1°,

    • Zichligi 1055 kg/m³ (15°da).

    Suv, spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi, uglerod sulfidna erimaydi. Sirka kislota — insoniyatga qadimdan maʼlum boʻlgan kislotalardan (vino achiganda sirka holida hosil boʻladi). Atsetaldegidnn oksidlab olinadi. Sirka kislota turli sohalarda, mas, atsetilsellyuloza, plastmassa, sirka angidrid, organik erituvchilar, insektitsidlar, farmatsevtik preparatlar (aspirin, fenatsetin), atseton, sintetik boʻyagichlar i.ch.da va gazlamalarni boʻyashda ishlatiladi. Sirka kislota bugʻlari nafas yoʻllari shilliq pardasini yalligʻlantiradi. 30% dan ortiq konsentratsiyali Sirka kislota terini kuydiradi.


    Etil asetatning kimyoviy strukturasi



    Xususiyatlari:

    • Formula: CH3CO2CH2CH3 (or C4H8O2)

    • Zichligi: 902 kg/m3

    • Qaynash temperaturasi: 77.1 °C

    • Molyar massasi: 88.11 g/mol

    Etil spirti (vino spirti, etanol), ....OH - bir atomli alifatik spirtlaming muhim vakili. Mol.m. 46,069. Rangsiz, o'tkir ta'mli, spirtlarga xos hidli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi - 114,5°, qaynash temperaturasi 78,39°, zichligi 789,27° kg/m3(20°da). Suv bilan cheksiz aralashadi va tarkibida 95,57% spirt, 4,43% suv bo'lgan azeotrop aralashma hosil qiladi. Absolyut sof spirt olishda 2 usuldan foydalaniladi. 1usulda suvli spirtga ozroq benzol qo'shiladi va hosil bo'lgan aralashma fraksiyalab haydaladi. Bunda avval suv, spirt va benzol aralashmasi, keyin spirtning benzol bilan aralashmasi va nihoyat, oxirida sof spirt haydaladi. 2usulda 96% li spirtni kaltsiy (P)oksid yoki qizdirilgan mis (P)sulfat bilan isitiladi. Bunda suvning asosiy massasi chiqib ketadi, spirt tarkibida ushlanib qolgan 0,2- 0,3% suvni spirtga metall holdagi kaltsiy yoki magniy qo'shib haydash yo'li bilan ajratiladi.

    Download 1,27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 1,27 Mb.