|
-tajriba. Kaliy yodid eritmasining elektrolizi
|
bet | 12/12 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 129,44 Kb. | | #149056 |
Bog'liq 2-LАBОRАTОRIYA ISHI6-tajriba. Kaliy yodid eritmasining elektrolizi.
Elektrolizerga KI eritmasini quyib, unga 3-4 tomchi fenolftolein va
1-2 tomchi yangi tayerlangan kraxmal eritmasidan qo’shing. Eritmani aralashtirib, unga grafit elektrodlarini tushiring va ularni tok manbaiga ulang.
Katod va anod atrofida eritmalar rangining o’zgarishini kuzating. KI eritmasining elektroliz sxemasini yozing va xisobotga kiriting.
7-tajriba. Natriy sul`fat eritmasini elektrolizi.
Elektrolizerga Na2SO4 eritmasidan quying va unga 3-4 tomchi lakmus eritmasidan qo’shib, aralashtiring. Grafit elektrodlarini tushiring va ularni doimiy tok manbaiga ulang.
Elektrodlarda qanday moddalar ajrala boshlaydi? Na2SO4 eritmasining elektroliz sxemasini yozing va xisobotga kiriting.
8-tajriba. Grafit va mis elektrodlarda mis sul`fat eritmasining elektrolizi.
Elektrolizerga CuSO4 eritmasidan quying va unga grafit elektrodlarini tushirib, tok manbaiga ulang. Biir necha minutdan so’ng katoda mis ajralib chiqishini kuzating. Katod va anotda sodir bo’ladigan jaraenlarning reaktsiya tenglpmalarini yozing.
Elektrodlarning qutblarini almashtirib Yana tok manbaiga ulang. Misning anotdan katodga o’tishini kuzating va tegishli reaktsiya tenglamalarini yozib, xisobotga kiriting.
Laboratoriya ishini hisobotini yozib hulosalar chiqaring .
Nazarat savollari.
1. Normal sharoitda 2 l xlor 5 l suvda eritilgan. Eritma hajmini o‘zgarmas deb hisoblab, undagi xlorning massa ulushini va molyar konsentratsiyasini hisoblang.
2. Zichligi 1,14 g/sm3 bo‘lgan sulfat kislota eritmasining molyar konsentratsiyasini hisoblang.
3. 5% li kaliy xlorid eritmasining molyal konsentratsiyasini hisoblang.
4. 1 l 10%li HCl eritmasi (ρ = 1,049 g/sm3) tayyorlash uchun 37% li (ρ = 1,19 g/sm3) eritmadan va suvdan qancha hajm kerak?
5. 15% li HNO3 eritmasini hosil qilish uchun 500 g suvga 60% li nitrat kislota eritmasidan qancha qo‘shish kerak?
6. Elektrolitlarning elektr o`tkazuvchanligiga misollar keltiring .
7. Kuchli va kuchsiz elektronlarning bir biridan farqi nimada ?
8. NH4OH, H2CO3 tipidagi kuchsiz elektrolitlar uchun dissosiyalanish doimiysining matematik ifodasini yozing .
9. Qanday moddalar elektrolitlar deyiladi?
10. Noelektrolitlar deb qanday moddalarga aytiladi?
11. Quyida ko'rsatilgan moddalarning qaysilari elektr tokini o'tkazadi: spirt, sulfat kislota, kumush xlorid, o'yuvchi natriy, suyuq kislorod, yodning spirtdagi eritmasi.
12. 98% li sulfat kislotaning elektr tokini o'tkazuvchanligini oshirish uchun nima qilish kerak?
13. Metall holidagi natriyning elektr tokini o'tkazishiga sabab nima?
14. Hajmi 200 ml bo'lgan 0,5 n AgNO3 eritmasi bilan hajmi 120 ml bo‘lgan 10% li (p = 1,05 g/ml) HC1 aralashtirilganda qancha cho'kma hosil bo'ladi? (Javob: 0,1 mol).
15. Ion almashinish reaksiyasi deb nimaga aytiladi?
16. Quyidagi moddalar orasida boradigan reaksiya tenglamasini molekular, ion va qisqargan ion ko‘rinishida yozing: a) Ca(HCO3)2 va Ca(OH)2; b) Na2SiO3 va HCl; d) CaCl2 va H2CrO4.
17. Quyidagi moddalarning Ba(NO3)2, K2S, CuSO4 har biriga H2SO4 eritmasidan qo'shildi. Qaysi holda reaksiya boradi? Ion va molekular ko'rinishdagi reaksiya tenglamasini yozing.
18. Quyidagi moddalar orasida ketadigan reaksiya tenglamalarini ion va molekula ko'rinishida yozing. a) Hg(NO3)2 va NaOH; b) AgNO3 va NaJ; d) CdSO4 va Na2S; e) Na2CO3 va HCl.
19. Gidrolizlanish nima ?
20. Qaytar va qaytmas gidroliz.
21. Tuzlarning gidroliziga oid misollar.
22. Gidroliz jarayonida muhitning o’zgarishi.
23. Birga gidrolizlanish nima?
24 Quyidagi tuzlarni gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
K2S , Mg(CN)2, Al(NO3)3 , Cr2(SO4)3 , CuCl2, NaBr, (NH4)2S.
25. Gidroliz darajasi deganda nimani tushunasiz va nimaga bog`liq bo`ladi.
26. Davriy sistemaning davrlari yoki guruhlarida elementlarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari qanday o`zgaradi?
27. Davriy sistemadagi eng kuchli oksidlovchi va eng kuchli qaytaruchi elementlarni ko`rsating.
28. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchining oksidlanish darajasi qanday o`zgaradi? Misollar keltiring.
29. Xlor, azot va kaliyning faqat oksidlovchilik xossasini namoyon qiladigan birikmalariga misollar keltiring.
30. Quyidagi keltirilgan reaksiyalarning qaysi birlari oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari hisoblanadi:
a) NH3 + HCl = NH4Cl
b) Zn + S = ZnS
v) CaCO3 = CaO + CO2
g) 2HgO = 2Hg + O2
d) SnCl2 + 2FeCl3 = SnCl4 + 2FeCl2
e) BaCl2 + H2SO4 = BaSO4 + 2HCl
31. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridagi oksidlovchi va qaytaruvchini aniqlang. Tugallanmagan reaksiyalarni oxiriga yetkazing. Bu reaksiyalarga elektron balans usuli bo`yicha, agar lozim bo`lsa, ion-elektron balans usulida koeffitsientlar tenglashtiring:
1) FeSO4 + HNO3 —— Fe2(SO4)3 + NO + H2O
2) NH3 + O2 —— N2 + H2O
3) H2SO3 + HClO3 —— H2SO4 + HCl
4) As2S3 + HNO3 + H2O —— H2SO4 + H3AsO4 + NO
5) KJ + KClO3 + H2SO4 —— J2 + K2SO4 + H2O
6) H2S + HNO3 —— H2SO4 + NO + H2O
7) FeSO4+ KMnO4 + H2SO4 — Fe2(SO4)3 + MnSO4 + K2SO4 + H2O
8) MnO2 + HCl —— MnCl2 + Cl2 + H2O
9) KNO3 + KJ + H2SO4 —— NO + J2 + ........
10) KCrO2 + H2O2 + KOH —— K2CrO4 + ........
11) HNO3 + S —— H2SO4 + .....
12) Ag + HNO3 (kons) —— AgNO3 + NO2 + H2O
13) Cr + H2SO4(kons) —— Cr2(SO4)3 + SO2 + H2O
14) HJ + H2SO4 ——> J2 + H2S + .......
15) Mg + HNO3 —— Mg(NO3)2 + ........
16) BiCl3 + SnCl2 —— SnCl4 + Bi
17) KMnO4 + HCl —— MnCl2 + .......
18) SO2 + KMnO4 + KOH —— K2SO4 + MnO2 + ......
32) Oksidlanish-qaytalilish reaksiyalarining mohiyatini tushuntiring
33) Oksidlanish darajasi nima?
34) Oksidlanish-qaytalilish reaksiyalarining asosiy turlarini izohlang.Misollar keltiting.
35) Oksidlovchi-qaytaruvch nima? Qanday moddalar oksidlovchi yoki qaytaruvch bo`la oladi.
36) Reaksiyalarning tehglamalarini elektron balans usuli bilan tenglashtiring.
AgNO2 = Ag + N2 +O2
(NH4)2Cr2O7 = Cr2O3 + N2 + H2O
NaNO3 = NaNO2 +O2
36.Ushbu reaktsiya boruvchi galьvanik element sxemasini tuzing.
Fe(kat) + Cu+2 (suvli) = Fe+2 (suvli) + Cu (kat). Anod va katodni kurating. Galьvanik elementning musbat va manfiy kutblarini belgilang. Standart sharoitda boruvchi anashu elementida vujudga keluvchi EYUK ni xisoblang, ion va elektron xarakat yunalishini belgilang.
37. Quyidagi sxemalar bilan kursatilgan galьvanik elementlarning elektrodlarida sodir buladigan jarayonlarlarning tenglamasini yozing.
a) Pb/Pb+2 // Cu+2/Cu g) Fe/Fe+3// Au+3/Au/
b) Mg/Mg+2// Pb+2/ Pb d) Cu/Cu+2// Fe+2/ Fe
v) Al /Al+3 //Ag+/ Ag e) Fe/ Fe+2 // Ag+/ Ag.
38. Birida katodi kadmiy, ikkinchisida esa anodi kadmiy bo’lgan ikkita galьvanik elementning sxemasini tuzing. Elektrodlarda sodir buladigan jarayonlar elektron tenglamalari yozing.
Galьvanik element ishlaganda elektrodlarda boradigan jarayonlar kuyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi.
a) Cu0 – 2e = Cu+2 b) Zn0 – 2e = Zn+2 v) Mg0 – 2e = Mg+2
Ag+ + e = Ag0 Pb+2+2e = Pb0 Fe+2 +2e = Fe0
Bu elementlar sxemalarini tuzing. Sodir buladigan reaktsiyalarning ionli va molekulyar tenglamalarini yozing.
39. a) Alyuminiy plastinkasi 0,005 M Al2(SO4)3 eritmasiga, b) rux plastinkasi 0,002 M ZnSO4 eritmasiga tushirilgan. Alyuminiy va ruxning elektrod potentsialarini xisoblang.
40. Kuyidagi sxemalar bilan ifodalangan galьvanik elementlarning e.yu.k. xisoblang:
a) Pb/Pb+2 // Cu+2/Cu b) Mg/Mg+2 // Pb +2/Pb v) Cu/Cu+2 // Fe+2/ Fe
g) Al /Al+3 //Ag+/ Ag d) Fe/ Fe+2 // Ag+/ Ag.
41. SnCl2 eritmasidan 2,5 A tok 30 min davomida utkazilganda 2,77 g qalay ajralgan. Qalayning ekvivalentini molyar massasini toping.J: 59,4
42. Xrom nitrat Cr(NO3)3 eritmasi elektroliz qilinganda 10 min katodda 0,25 gr xrom ajralgan. Tok kuchini toping.
43. Agar anod kumush bo’lsa AgNO3 eritmasi elektroliz qilinganda qanday jarayon sodir bo’ladi? Agar anod grafitli bo’lsa-chi? Bularning elektron tenglamalarini yozing.
44. AgNO3 eritmasidan 6 A tok 30 minut davomida o’tkazilgan. Bunda qancha kumush ajralib chiqadi.J: 12 g.
45. NaOH, NaCl suyuqlamalrining erimaydigan anodda elektroliz sxemalarini yozing.
46. 20 g mis oksidini qaytarish uchun kerakli vodorodni qancha suvni elektroliz qilib olish mumkin.
|
| |