|
-tajriba. Galvanik juftlar xosil bo’lishining kimyoviy reaktsiyalarga ta’siri
|
bet | 11/12 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 129,44 Kb. | | #149056 |
Bog'liq 2-LАBОRАTОRIYA ISHI2-tajriba. Galvanik juftlar xosil bo’lishining kimyoviy reaktsiyalarga ta’siri
Probirkaga 0,1 n sulfat kislota eritmasidan 2-3 ml quying va unga toza rux bo’lakchasini tashlang. Bunda ajralayotgan vodorodning tezligiga e’tibor bering. Kislotadagi ruxga mis simni tegizib, mis-rux galvanik elementi xosil qiling. Bunda vodorodning ajralish tezligida o’zgarish bo’ladimi? Vodorod qaysi metall sirtidan ajraladi? Mis-rux galvanik juftida boradigan jarayonlarning reaktsiya tenglamasini yozing.Qaysi metall yemiriladi?
3-tajriba. Ruxlangan va qalaylangan temirning korroziyasi.
Ikkita probirkaning har biriga hajmining yarimisigacha 0,1 n sulfat kislota va 2-3 tomchi qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] eritmasidan qo’shing. Qizil qon tuzi eritmasi iki valentli temir ionlari uchun sezgir reaktivdir, u Fe2+ ionlari bilan zangori rangli K3[Fe(CN)6]2 kompleks birikma (turnbul zangorisi) hosil qiladi. So’ngra probirkalardan biriga temir sim o’ralgan qalay bo’lakchasini, ikkinchisiga esa temir sim o’ralgan rux bo’lakchasini tushuring va qaysi probirkada zangori rang hosil bo’lishini kuzating. Ruxlangan va qalaylangan temirda korroziya jarayoni sodir bo’lishini tushuntiring hamda tegishli reaktsiya tenglamalarini yozing.
4-tajriba.Korroziya jarayoniga xlorid ionining ta’siri.
Ikkita probirkaga bir bo’lakdan alyuminiy sim soling va unga ozroq sulfat kislota eritmasi qo’shilgan miss sulfat eritmasidan quying. Probirkalardan biriga NaCl eritmasidan bir necha tomchi qo’shing va yaxshilab chayqating. Qaysi probirkada reaktsiya tezroq boradi? Quzatilgan xodisani izohlang va hosil bo’ladigan galvanik juftning sxemasini tuzing.
Tuzlar eritmalarining va suyuqlanmalarining elektrolizi.
5-tajriba. Qalay(II) xlorid eritmasini elektrolizi.
U – simon nayning (elektrolizerning) ¾ hajmigacha stanum xlor(11)ning eritmasidan quying va unga grafit elektrodlar tushirib, ularni o’zgarmas tok manbaiga ulang. Katodaajralayotgan yaltiroqqalay metallining kristallari grafit elektrodga o’tishini kuzating. Katoda qanday jaraen sodir bo’ladi? Katod va anoda borayotgan reaktsiya tenglamalarini yozing va xisobotga kiriting.
|
| |