|
Ion almashinish reaksiyalari
|
bet | 4/12 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 129,44 Kb. | | #149056 |
Bog'liq 2-LАBОRАTОRIYA ISHIIon almashinish reaksiyalari.
4- tajriba. Xlor anionini aniqlash reaksiyasi.
Тo‘rtta probirka olib, birinchisiga suyultirilgan HCl, ikkinchisiga NaCl, uchinchisiga CuCl2 va to‘rtinchisiga FeCl3 eritmalaridan 10 — 12 tomchidan solib, har biriga AgNO3 eritmasidan 2 — 3 tomchidan qo‘shing. Тajribada hosil bo‘lgan cho‘kmaning rangiga e’tibor berib, reaksiya tenglamalarini yozing.
5- tajriba. Fe2+ va Fe3+ kationlari orasidagi farqni aniqlash.
FeSO4 va Fe2(SO4)3 eritmalarining rangiga e’tibor bering. Ikkita probirka olib, birinchisiga FeSO4 ning yangi tayyorlangan eritmasidan 1 ml solib, ustiga cho‘kma hosil bo‘lguncha NaOH eritmasidan tomchilab qo‘shing va aralashtiring. Ikkinchisiga esa Fe2(SO4)3 eritmasidan 1 ml solib, cho‘kma hosil bo‘lgunicha tomchilatib NaOH eritmasidan qo‘shib aralashtiring. Hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangiga e’tibor berib, reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing.
6- tajriba. Amfoter elektrolitlar.
a) probirkaga xrom (III) sulfat yoki xrom-kaliyli achchiqtosh KCr(SO4)2 eritmasidan 1 — 2 ml solib, unga cho‘kma hosil bo‘lgunicha suyultirilgan NaOH eritmasidan tomchilab qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmani probirkaga teng bo‘lib, birinchisiga suyultirilgan H2SO4 eritmasidan, ikkinchisiga NaOH eritmasidan ko‘proq qo‘shing. Cho‘kma erishidan hosil bo‘lgan eritmalarning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing;
b) alohida probirkalarga ZnSO4 va Al2(SO4)3 eritmalaridan 1 —2 ml dan olib, yuqoridagi tajribani takrorlang.
7- tajriba. Ionli reaksiyalar.
a) kam eriydigan asoslarni hosil qilish.
Тo‘rtta probirka olib, birinchisiga 5— 7 tomchi FeCl3 eritmasidan, ikkinchisiga CuSO4 eritmasidan 5 — 7 tomchi, uchinchisiga MgSO4 eritmasidan 5 — 7 tomchi solib, har biriga cho‘kma hosil bo‘lgunicha suyultirilgan NaOH eritmasidan tomchilab qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangiga e’tibor bering va reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing;
b) kam eriydigan kislotalarni hosil qilish.
Alohida probirkalarga 5— 7 tomchidan natriy silikat va ammoniy molibdinat (NH4)2MoO4 eritmalaridan solib, ularning har biriga tegishli kislotalarning cho‘kmalari hosil bo‘lguncha xlorid kislota tomchilatib qo‘shing. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli holda yozing;
d) kuchsiz asoslarni olish.
Alohida probirkaga 5 — 7 tomchi ammoniy xlorid va ammoniy sulfat eritmalaridan olib, har biriga bir necha tomchi o‘yuvchi natriy eritmasidan qo‘shib ozroq qizdiring. Hosil bo‘lgan gazni hididan aniqlab, NH4OH hosil bo‘lish reaksiyasini molekulyar va ionli shaklda yozing. NH4OH ning ammiak va suvga parchalanishini ko‘rsating.
|
| |