2-Tajriba. Tayyorlangan eritmani kontsentratsiyasini aniqlash.
Buning uchun eritmani toza silindrga quyib, extiyotlik bilan quruq areometr tushiriladi, bunda areometr silindr tubiga tegib turmasligi kerak (2-rasm). Zichlikning qanday qiymatga ega bo’lganligini bilish uchun areometrining shkalasining silinrdagi suyuqlikning pastki meniskiga to’g’ri keladigan shkala chizig’i yordamida aniqlanadi. Shkalaning darajalari suyuqlikning zichligini ko’rsatadi .
Eritma zichligini aniqlangandan so’ng unga to’g’ri keladigan massa ulushi qiymati quyida keltirilgan jadvaldan olinadi.
Tuzlarning suvli eritmalarini 200C dagi nisbiy zichliklari
12-jadval
Massa ulushi
C (%)
|
NaCl
|
(NH4)2SO4
|
BaCl2
|
NaNO3
|
NH4Cl
|
H2SO4
|
NaOH
|
HNO3
|
3
|
1,027
|
1,022
|
1,034
|
1,025
|
1,011
|
1,020
|
1,032
|
-
|
6
|
1,041
|
1,034
|
1,053
|
1,039
|
1,017
|
1,041
|
1,065
|
1,038
|
8
|
1,056
|
1,046
|
1,072
|
1,053
|
1,023
|
1,055
|
1,087
|
1,044
|
10
|
1,071
|
1,057
|
1,092
|
1,067
|
1,029
|
1,069
|
1,109
|
1,056
|
12
|
1,086
|
1,069
|
1,113
|
1,082
|
1,034
|
1,088
|
1,131
|
1.068
|
Agar jadvalda o’lchangan zichlikning qiymati bo’lmasa, u xolda uning qiymati interpolyatsiya usuli bilan topiladi.
Interpolyatsiya usuli.Masalan: NaCl uchun o’lchangan zichligi ρo’lch. = 1,045 g/ml ga teng, jadvalda bu miqdor yo’q, shuning uchun jadvaldan katta va kichik qiymatlarni olamiz:
13-jadval
Bularning ayrimasini aniqlamiz
|
;
|
|
;
|
|
|
|
So’ngra ρo’lch. Bilan ρ kichik o’rtasidagi farq aniqlanadi:
Nixoyat, ga to’g’ri keladigan ning qiymatini oppish uchun proportsiya tuziladi:
Topilgan ning qiymatini jadvaldan olingan kontsentratsiyaning kichik qiymatiga qo’shib, haqiqiy massa ulushi topiladi
= 6 + 0,53 = 6,53 %
Aniqlangan qiymatlardan foydalanib eritmani molyal, molyar va normal kontsentratsiyalari xisoblab toping.
14-jadval
Tajriba №
|
Tuzning formulasi
|
Tuzning molyar massasi
M g/mol
|
Tuzning ekvivalentini molyar massasi
ME g/mol
|
Eritma zichligi
g/ml
|
Eritmani hajmi,
V ml
|
1
|
|
|
|
|
|
2-tajribalar natijalari
Eritmaning xaqiqiy massa ulushi (%) (interpolyatsiya usuli)
|
|
|
|
Eritmaning massasi , m(er-ma)
|
|
|
|
Tuzning massasi, g; m(tuz )
|
|
|
|
Suv massasi, g ; m(H2O)
|
|
|
|
Eritmaning molyar kontsentratsiyasi ,
mol/l; C(M)
|
|
|
|
Eritmaning normal kontsentratsiyasi,
mol-ekv/l; C(N)
|
|
|
|
Eritmaning molyal kontsentratsiyasi,
mol/kg; C(m)
|
|
|
|
Elektrolit eritmalarida sodir bo‘ladigan reaksiyalar. Indikatorlar yordamida eritmaning pH-muhitini aniqlash. Eritmalar xossalariga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ionlararo sodir bo’ladigan reaksiyalarning yo‘nalishi, cho‘kma hosil bo’lish sharoitlari. Tuzlar gidrolizi. Turli tarkibli tuzlarning gidrolizini reaksiya tenglamalarini tuzish, muhitni aniqlash. Gidroliz darajasi va gidroliz konstantasi. Gidroliz reaksiyasida muvozanatning siljishi.
Ishdan maqsad: Elektrolit eritmalar reaksiyalarini, Ion almashinish reaksiyalarini, Suvning ionlari ko’paytmasi vodorod ko’rsatkich, indikatorlar tushunchalari bilan tanishish, xar xil tuzlarning gidrolizi va gidrolizlanish darajasiga ta’sir etuvchi faktorlar bilan tajribada tanishib chiqish.
Kerakli asboblar : stakan, elektrod , lampochka , probirka . Probirkalar. Тermometrlar. Har xil hajmdagi silindr. O‘lchov kolbalari, pipetkalar, shtativ qisqich bilan birga, texnik tarozi toshlari bilan. Byuks. Filtr qog‘ozi. Voronka. Areometrlar. Menzurka, stakanlar, shisha tayoqcha, probirka, spirt lampasi.
Kerakli reaktivlar : distillangan suv, H2SO4, NaOH, NaCI, distillangan suv, CuCl2, FeCl3, AgNO3, FeSO4, Fe2(SO4)3, Cr2(SO4)3, KCr(SO4)2, ZnSO4, Al2(SO4)3, CuSO4, MgSO4, (NH4)2MoO4, Na2SiO3, NH4Cl, (NH4)2SO4, NH4OH. Natriy xlorid (NaCI) rangsiz eritma, Na2CO3 natriy karbonat tuzi rangsiz eritmasi, H2O-distillangan suv, shakar, AICI3-alyuminiy xlorid(rangsiz eritma), natriy atsetat CH3COONa (rangsiz eritma), indikator- fenolftalein (rangsiz eritma), lakmus eritmasi (siyox rang erima), ZnCI2-rux xlorid tuzi (rangsiz eritma), FeC13-temir xlorid (qizg’ish qo’ng’ir rangli eritma), vismut nitrat tuzi Vi(NO3)3 pushti rangli eritma, rangsiz eritma.
Elektrolit eritmalar reaksiyalari
1-tajriba. Elektrolitlarning elektr o`tkazuvshanligi.
300-400 ml sig’imli stakanga ikkita elektrod tushirib, elektr lampasini ketma- ket ulang, so’ngra elektrodlarni elektr manbaiga ulang. Stakanga distrlangan suv quying. Lampochka yonadimi? Distorlangan suvga ozgina shakat qo’shing. Shakar eritmasi elektr tokini yaxshi o’tkazadimi?Shakar eritmasini stakandan to’kib tashlang. So’ngra tajribani sulfat kislota, o’yuvchi natriy va osh tuzi eritmalari bilan takrorlang. Tajribani takror bajarishda har safar elektrodlar va stakanni avval vodoprovod suvi bilan, keyin distirlangan suv bilan yaxshilab chayqang. Olingan eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi to’g’risida xulosa chiqaring va uni tushuntirib bering.
2-tajriba: Kuchli va kuchsiz elektrolitlarning bir biridan farqi.
a) Ikkita probirka olib, birinchisiga 2n xlorid kislotadan 1 ml, ikkinchisiga esa 2n li sirka kislotadan 1 ml quying. Har ikkala probirkaga rux bo’lakchasidan tashlab ikkala probirkaniham issiq suv solingan stakanga tushiring. Qaysi kislotada rux bilan ta’sirlashuv kuchli bo’ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Ikkita kattaroq probirka olib, ularga 1.5 g miqdorda maydalangan marmar soling va bir vaqtda birinchi probirkaga xlorid kislotaning 1 n eritmasidan 1 ml quying, ikkinchisiga esa 1n sirka kislota eritmasidan 2 ml quying. Probirkalarni chayqatib turing va marmarning bu kislotalarda qanday erishini kuzating. Qaysi kislota kuchli ekenligi haqida xulosa chiqaring.
3-tajriba. Reaksiya paytida kuchsiz elektrolitlar, gaz va cho’kmalarning
hosil bo’lishi.
a) Uchta probirka olib, birinchisiga ammoniy karbonat, ikkinchisiga bariy xlrid, uchinchisiga esa kaliy xromat eritmasidan quying, birinchi probirka ustiga kalsiy xlorid, ikkinchi probirkaga kaliy sulfat, uchunchi probirkaga kumush nitrat eritmalaridan quying. Probirkalarda nima hosil bo’ladi? Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko’rinishini yozing. Cho’kma hosil bo’lishini tushuntiring.
b) Bir probirkaga ammoniy xlotir eritmasidan 1 ml va natriy gidroksid eritmasidan 1 ml quying.Bir oz qizdiring. Gaz ajralib chiqishiga e’tibor bering. Ajralayotgan gazni hidini biling. Reaksiya tenglamasini yozing.
c) Bir probirkaga 1 ml natriy asetat eritmasidan quying, uning ustiga 2n li xlorid kislota eritmasidan 1ml quying. Sirka kislotaning hosil bo’lishini tushuntiring va tegishli reaksiya tenglamasini ioli molekulyar ko’rinishda yozing.
|