-rasm. Piknometrlar. 2-rasm
2-LАBОRАTОRIYA ISHI
1- misol. Sulfat kislota eritmasining zichligi areometrda aniqlanganda ρ = 1,201 g/sm3 teng bo‘ladi. Eritmada sulfat kislotaning massa ulushini toping. Yechish. ilovadagi 1- jadvaldan sulfat kislotaning zichligi 1,205 va 1,190 g/sm3 bo‘lgan eritmalarning massa ulushlari 28 va 26% ekanligini topamiz. Sulfat kisltaning 28 va 26 % tarkibi oralig‘ida zichlikka to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgaradi deb hisoblab, zichliklar ayirmasi 1,205 —1,190 = 0,015 g/sm3, tarkiblar ayirmasi 25 —26 = 2 % ekanligini aniqlaymiz. Endi tayyorlangan eritma zichligi bilan undan kam konsentratsiyali kislota eritmasining zichligi orasidagi farq 1,201— 1,190 = 0,011 ekanligini topamiz. So‘ngra proporsiya yordamida 0,015 zichliklar ayirmasi — 2,0 % teng bo‘lsa, 0,011 — x % bo‘ladi. Тopilgan qiymatni zichligi kam bo‘lgan eritmaning massa ulushiga qo‘shsak, tayyorlangan eritmadagi erigan moddaning massa ulushi aniqlanadi: 26,00 + 1,46 = 27,46 %. Xuddi shuningdek, hisoblash katta konsentratsiya bo‘yicha ham olib borilishi mumkin. Zarur asbob va reaktivlar. Probirkalar. Тermometrlar.Har xil hajmdagi silindr. O‘lchov kolbalari, pipetkalar, shtativ qisqich bilan birga, texnik tarozi toshlari bilan. Byuks. Filtr qog‘ozi. Voronka. Areometrlar. Qattiq holdagi ammoniy nitrat, o‘yuvchi natriy, natriy tiosulfat, mis kuporosi, bariy xlorid. Zichligi 1,84 g/sm3 bo‘lgan konsentrlangan sulfat kislota. Benzol. Etil spirti. 10 va 22% li natriy xlorid eritmasi. 2 n. sulfat kislota va 2 n. xlorid kislota. 1-Tajriba. Tuz va suvdan iborat eritma tayorlash. O’qituvchi sizga qaysi tuzdan eritma tayerlash va uning massa ulushi nechaga teng bo’lishi haqida topщiriq bergandan so’ng, ishni quyidagi tartibda bajaring: 1. Tuzning massasini xisoblang va uni tarozida tortib oling. 2. Suv massasini uning xajmiga teng deb xisoblab, kerakli miqdor suvni o’lchov tsilindrda o’lchab oling va uni tuz solingan stakanga quying. 3. Stakandagi tuz to’liq erib ketguncha eritmani aralashtirgich bilan aralashtiring. 4. Eritmani tsilindrga quyib, hajmini o’lchang. Download 129,44 Kb.
|