|
Lаbоrаtоriya ishi №2
|
bet | 7/12 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 129,44 Kb. | | #149056 |
Bog'liq 2-LАBОRАTОRIYA ISHIIshning bajarilishi
1-tajriba. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining borishiga eritma konsentratsiyasining ta’siri.
a) Probirkaga 1-2 ml sulfat kislotaning 2 n eritmasidan quying va unga rux metali bo`lakchasidan tashlang. Vodorod ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing va elektron balans usuli bo`yicha tenglashtiring.
b) Probirkaga 1-2 ml konsentrlangan sulfat kislota quying (tajribani mo`rili shkafda bajaring). Unga bir bo`lak mis simidan tushiring. Probirkani bir oz qizdiring. Ajralib chiqqan gazning hididan uning qanday gaz ekanligini aniqlang. Reaksiyaning tenglamasini yozing va elektron balans usulida tenglashtiring. Oksidlovchi va qaytaruvchini aniqlang.
v) Probirkaga 1-2 ml konsentrlangan nitrat kislota quying (tajribani mo`rili shkafda bajaring). Unga bir bo`lak mis simidan tushiring va probirkani bir oz qizdiring. Qizil-qo`ng`ir rangli gaz ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing va elektron balans usulida tenglashtiring.
2-tajriba. Metallarga tuzlarning ta’siri.
Probirkaga 2-3 ml mis(II)-sulfat eritmasidan quying. Unga yuzasi zangdan tozalangan temir plastinka tushiring. Temir plastinkaning yuqori qismi suyuqlikka botmasin. 2-3 dakikadan so`ng plastinkani eritmadan oling. Suv bilan yuving va plastinka sirtida erkin holdagi mis ajralib chiqqanligini kuzating. Reaksiyaning tenglamasini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
3-tajriba. J- ionining oksidlanishi.
Probirkaga 1-2 ml temir(III)-xlorid eritmasidan quying. Unga bir necha tomchi kaliy yodid eritmasidan va kraxmal kleysteri eritmasidan qo`shing. Ko`k rang hosil bo`lishiga e’tibor bering. Ko`k rang hosil bo`lishi eritmada J2 molekulalari hosil bo`lganligini ko`rsatadi va shunga asoslanib, reaksiyaning molekulyar va elektron tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchini aniqlang.
4-tajriba. Vodorod peroksidning oksidlovchilik xossasi.
Probirkaga 1-2 ml vodorod peroksid eritmasidan quying. Unga bir necha tomchi kaliy yodid eritmasidan qo`shing. Hosil bo`lgan eritmaga kraxmal eritmasidan 2-3 tomchi qo`shib, yod borligini aniqlang. Reaksiya quyidagi sxema bo`yicha boradi:
H2O2 + KJ —— J2 + KOH
Reaksiyaning elektron tenglamasini yozib, koeffitsientlarni toping. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
|
| |