|
Lаbоrаtоriya ishi №2
|
bet | 5/12 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 129,44 Kb. | | #149056 |
Bog'liq 2-LАBОRАTОRIYA ISHITuzlarning gidrolizi
8-tajriba. Gidroliz jarayonida muxit pH ning o’zgarishi.
To’rta probirka olib, ulardan biriga 2-3 ml 0,5 n NaCl ikkinchisiga 2-3 ml 0,5 n Na2CO3, uchinchisiga 2-3 ml 0,5 n Al2(SO4)3 yoki AlCl3 eritmalaridan va to’rtinchisiga taqqoslash uchun 2-3 ml disstirlangan suv quying.
Probirkalarning xar qaysiga 1 ml lakmusning neytral eritmasidan qo’shib, yaxshilab chayqatib arashatiring. Suv solingan probirkadagi lakmus rangining o’zgarishiga qarab xar bir tuz eritmasining reaktsiya muhitini aniqlang.
Tekshirilgan tuzlarning qaysilari gidrolizlanadi? Gidrolizlanish reaktsiyalarining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing xamda qaysi tipdagi gidrolizlanishlar sodir bo’lishini ayting.
9-tajriba. Ikki tuzning birgalikdagi gidrolizi (qaytmas gidroliz).
Probirkaga 2-3 ml dan 0,5 n Al2(SO4)3yoki AlCl3 bilan Na2CO3 eritmalaridan quying va unga 1-2 tomchi lakmus eritmasidan tomizing. Probirkani chayqatib aralashtiring. Qanday gaz ajraladi vaqanday moda cho’kmaga tushadi?
Gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Nima uchun alyuminiy karbonat xosil bo’lmaydi?
10-tajriba. Gidrolizlanish darajasiga temperaturaning ta’siri.
a) probirkaga 2-3 ml 0,5 n natriy atsetat CH3COONa eritmasidan quying, unga 1-2 tomchi fenolftolein eritmasidan tomizing. Proobirkani chayqatib aralashtiring va eritma rangiga e’tibor bering. Probirkani eritma qaynaguncha qizdiring va eritma rangining o’zgarishini kuzating.
Gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Temperatura ta’sirida eritma rangini o’zgarish sababini tushuntiring.
b) probirkaga 2 ml 0,5 n FeCl3 eritmasidan quying va eritma qaynagunicha probirkani qizdiring. Nima kuzatiladi? Temir (III) – xlorid tuzi gidrolizining bosqichli tenglamalarini molekulyar va ionli ko’rinishlarida yozing. Temperatura oshganda gidrolizlanish muvozanati qaysi tomonga siljiydi.
v) probirkaga 3-4 ml 0,5 n ZnCl2 eritmasidan quying va indikator yordamida eritma muxitini aniqlang. Eritmaga kichkina rux bo’lakchasini solib, eritma qaynagunicha probirkani qizdiring. Qanday gaz ajraladi va nima uchun? Bunda qizdirish qanday rol o’ynaydi ?
|
| |