• Zaruriy asbob va reaktivlar
  • Ishni bajarish tartibi
  • Analiz natijasini hisoblash
  • O`z-o`zini tekshirish uchun savollar
  • Laboratoriya ishi-5 mavzu: Ionometriya. Anionlarni ion-selektiv elektrodlar yordamida aniqlash




    Download 79.95 Kb.
    Sana01.03.2024
    Hajmi79.95 Kb.
    #165179
    Bog'liq
    LABORATORIYA ISHI-5
    Медиа-тадбир учун, Yuridik Psixologiya, 28.01.2021 vazifa, 23, лаб неорганика, http, Определение содержания сахара, 1-mav , 5-mav , 8 MAVZU TEST, Determination of Nicotine, sol-gel (maqola), STUDY ( 1urinda ) kopiya, 10-sinf kimyo konspekt 2017-2018 141017072739, Matematika

    LABORATORIYA ISHI-5
    MAVZU: Ionometriya. Anionlarni ion-selektiv elektrodlar yordamida aniqlash.
    Nitrat ionining miqdorini aniqlash nitrat selektiv elektrodning tegishli sistemalardagi potensialini o’lchashga asoslangan. Analiz maxsus ionomer yordamida yoki potensiometr  pH-metr yordamida bajarilishi mumkin. pH-metrdan foydalanganda, uning shkalasini tegishli qiymatlarda darajalash kerak bo’ladi. Ionlarni aniqlashning mavjud kimyoviy usullari ko’p mehnat va vaqt talab etadi, shu bilan birga ulapning aniqligi va to’g’riligi ham kam. Ionlarni ionometrik aniqlash istiqbolli yo’nalishdir.
    Ftorid (nitrat yoki boshqa) selektiv elektrodning potensiali tegishli ionning aktivligiga bog’liq:

    D oimiy ion kuchiga ega bo’lgan eritmalar uchun qiymat doimiy bo’lishi mumkin (formal yoki real potensial). Real potensial har bir eritma uchun tegishli qiymatga ega bo’ladi.
    Zaruriy asbob va reaktivlar:

    1. Ionomer I-102, I-120.2, I-130 yoki pH-340;

    2. Nitrat selektiv elektrod va kumush xloridli taqqoslash elektrodlari o’rnatilgan shtativ;

    3. KNO3 standart eritmalari seriyasi (101-10-5 M; pNO3 elektrod uchun KNO3).

    4. Asetatli bufer aralashma;

    5. Tekshiriladigan kaliy nitrat eritmasi.

    Ishni bajarish tartibi. Agar standart eritmalar tayyor bo’lmasa, ular aniq namunalar olish yo’li bilan 1 M konsentrasiyali eritmalarni ketma-ket suyultirish yordamida tayyorlanadi. Tayyorlangan 1 M eritmaning muayyan qismlarini 10 martadan ketma-ket suyultirib 0,1; 0,01; 0,001; 0,0001; 0,00001 M eritmalar hosil qilinadi. Eritmaning ion kuchini doimiy saqlab qolish uchun har bir eritmani asetatli bufer aralashma yordamida suyultirish lozim. Shu eritmalapning har biri uchun elektrod potesiali o’lchanadi va E-lgC bog’lanish asosida darajalash chizmasi tuziladi.
    So’ngra tekshiriladigan modda eritmasining elektrod potensiali o’lchanadi. Darajalash chizmasi yordamida aniqlanayotgan ionning konsentrasiyasi topiladi.
    Analiz natijasini hisoblash. Aniqlanayotgan ionning namunadagi miqdori (g) quyidagicha hisoblanadi:

    bu yerda, Nx –aniqlanayotgan eritmaning darajalash chizmasi yordamida topiladigan normalligi;
    Ex - aniqlanayotgan ion ekvivalentining molyar massasi;
    Vk - tekshirilayotgan eritmaning hajmi, ml.
    O`z-o`zini tekshirish uchun savollar
    1.Ionometrik analiz usulini izohlab bering.
    2.Ionometriyada modda miqdori qanday hisoblanadi.
    3.Ionometriyada qanday elektrodlardan foydalaniladi.
    4.Membranalar turiga ko`ra qanday ion-selektiv elektrodlarni bilasiz.
    5.Bevosita potensiometriya va potensiometrik titrlashni amalga oshirishda qurilmaga tashqaridan kuchlanish beriladimi?
    6.Fon elektroliti nima va u qanday tanlanadi?
    7.Taqqoslash elektrodlarining tuzilishi va asosiy vazifalarini bilasizmi?
    8.Bevosita potensiometriyaning turlarini ayting?
    Download 79.95 Kb.




    Download 79.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi-5 mavzu: Ionometriya. Anionlarni ion-selektiv elektrodlar yordamida aniqlash

    Download 79.95 Kb.