• O’zlashtirishni tekshirish uchun savollar
  • Mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatellari uchun quyidagi tormozlash rejimlari qo’llanadi




    Download 191.12 Kb.
    bet2/2
    Sana27.11.2022
    Hajmi191.12 Kb.
    #32030
    1   2
    Bog'liq
    2 3 Mustaqil qo`zg`atishli o`zgarmas tok motorining statik tavsiflarini
    Документ Microsoft Word (2), rftgyuikol, 2 5373000144516026976, bu aziz vatan barchamizniki 5-9 sinf, Документ Microsoft Word, Telekom-ya texnologiya Ishchi dastur 1-kurs , 1-amaliy topshiriq, ETQ m ish 1, IQTISODIYOTNI TARTIBLASHNING BOZOR MEXANIZMI.2, 639836ea661da172076081, 8 Le-Shatele Principi jáne onıń ximiyalıq processlerdegi áhmiyeti, 4 Elementlerdiń túrleri hám áhmiyeti, 8- mavzo\' taqtimoti, IELTS WRITING COLLOCATIONS
    Mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatellari uchun quyidagi tormozlash rejimlari qo’llanadi:

    1. Teskari ulash yo’li bilan tormozlash rejimi (1.5 –rasm).

    Dvigatelning cho’lg’amlari bir tomonga aylanadigan qilib ulanganda uning yakori tashqi moment yoki inersiya kuchlari ta’sirida teskari tomonga aylanganda teskari ulash usuli bilan tormozlash holati yuzaga keladi. Bu holda yakor toki quyidagicha aniqlanadi:
    Iya = U + E / Rn , (1.6)
    Teskari ulash rejimida yakor tokining qiymati tarmoq kuchlanishi va dvigatelning teskari e.yu.k. i yig’indisi bilan aniqlanishi sababli tok qiymati yo’l qo’yiladigan darajada chegaralash uchun dvigatelning yakori zanjiriga qo’shimcha rezistorining kiritilishi lozim.
    Bu rezistorning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
    Rnp = Un + E/Ir.e- Rya, Ir.e = (2÷2.5) In (1.7)
    Teskari ulab tormozlash rejimida mehanikaviy tavsifning tenglamasi quyidagicha yoziladi:
    ω = - U/KФ – (Rya + Rnp) / K2 Ф2 M , (1.8)



    1.5-rasm. 1.6-rasm.



    1. Dinamik usulda tormozlash rejimi (1.6-rasm). Dvigatelning yakorini elektr tarmog’idan uzib, u tashqi rezistorga ulansa dinamik tormozlash rejimi yuzaga keladi. Bunda yakor toki quyidagicha aniqlanadi:

    Iya = - E /Rya, (1.9)
    Tormozlash rezistori Rd ning qiymati aylanish tezligi nominal qiymatga ega bo’lganida yakirining toki yo’l qo’yiladigan qiymatdan ortiq bo’lmasligi, ya’ni Id = (2÷2,5) In sharti bilan aniqlanadi, unda:
    Rd = Emax / Ir.e - Rya = Emax / (2-2,5) In – Rya , (1.10)
    Dinamik usulda tormozlashda dvigatelning mehanikaviy tavsifining tenglamasi quyidagicha yoziladi:
    ω = Rya / K2 Ф2 M = M / β , (1.11)
    Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar

    1. Dvigatel rejimida tabiiy mehanikaviy tavsifni hisoblash va qurish uchun ikkita nuqta koordinatalarini aniqlash lozim;

    Birinchi nuqta M=0 bo’lganda ω = ω0, ikkinchi nuqta M = Mnom bo’lganda ω = ωn.
    2 Sinalayotgan dvigatelning dvigatel rejimida sun’iy mehanikaviy tavsiflarini hisoblash va qurish uchun ham ikkita nuqta M = Mnom bo’lganda ω = ωn.
    Magnit oqimi kamaytirilgan hol uchun:
    KФ′ = 0,8 C, ω0 = Un / KФ′,
    ω′n=Un/KФ-RyaΣ/K2 Ф2 M.
    Birinchi nuqta M=0 bo’lganda ω=ω0, ikkinchi nuqta M=Mnom bo’lganda ω=ωn.
    Yakori shuntlangan hol uchun:
    ω0=γU/KФ , ω=γU/KФ - [Rya+Rsh(1-γ)]/K2 Ф2 M ,
    birinchi nuqta M=-0,1 Mn bo’lganda,
    ikkinchi nuqta M=0 bo’lganda ω=ω0,
    uchinchi nuqta M=Mnom bo’lganda ω=ωn.

    1. Sinalayotgan dvigatelning dinamik usulda tormozlash rejimida mehanikaviy tavsifini hisoblash va qurish uchun ikkita nuqta koordinatalarini aniqlash lozim:

    Birinchi nuqta M=0 bo’lganda.
    4.Sinalayotgan dvigatelning teskari ulash rejimida mehanikaviy tavsifini hisoblash va qurish uchun uchta nuqta koordinatalari aniqlash lozim:
    birinchi nuqta M=-1,2 Mn bo’lganda ω=0,8ωn.
    ikkinchi nuqta uchun M=-Mкт bo’lganda ω=0.
    uchinchin nuqta M=0 bo’lganda ω=-ω0.


    O’zlashtirishni tekshirish uchun savollar




      1. Mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatelining qanday ishlash rejimlari sizga ma’lum? Turli rejimlarda dvigatelning mehanikaviy (elektromehanikaviy) Tavsiflari tenglamalarini yozib bering, mehanikaviy tavsiflari grafigini ko’rsating.

      2. Mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatelining yakori shuntlangan shemasida tezlikning qanday qiymatida u generator rejimiga o’tadi? Bu tezlik tarmoqqa energiya berila boshlanishiga mos keladimi?

      3. Ko’tarma kranning dvigateli yukni tushurish paytida teskari ulash rejimida ishlaydi. Agar yakor zanjiriga qo’shimcha rezistor kiritilsa uning aylanish tezligi qanday o’zgaradi?

      4. Dvigatelning yakor shuntlangan shemasida ideal salt ishlash tezligining kamayishini qanday tushuntirasiz?

      5. Dvigatelning magnit oqimi kamayganda qanday hollarda uning aylanish tezligi qanday o’zgaradi?

      6. Mustaqil qo’zgatilishi o’zgarmas tok dvigatelining magnit oqimi va yakorning kuchlanishi o’zgarganda mehanikaviy tavsiflarini solishtiring. Nima uchun birinchi holda mehanikaviy tavsifning qiyaligi o’zgaradi, ikkinchi holda esa o’zgarmaydi?

      7. Dvigatelning yakori shuntlangan shemalarida nima nima uchun va tokning hamda tezlikning qanday qiymatlarda uning tavsiflari bir nuqtada kesishadilar?

      8. Tormozlash effektivligi dinamik tormozlash qarshiligining qiymatiga qanday bog’langan?

    Adabiyotlar



    1. V.I.Klyuchev “Elektr yuritmalari nazariyasi”; M. :Energoatomizdat, 1985, 112-127;366-374 betlar.

    2. “Avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari asoslari”, M..G.Chilikin, M.M Sokolov, V.M. Terehov, A.V. Shinyanskiy.- M: Energiya, 1974, 46, 164-168 betlar.

    Download 191.12 Kb.
    1   2




    Download 191.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatellari uchun quyidagi tormozlash rejimlari qo’llanadi

    Download 191.12 Kb.