8.3-rasm. Pedjing terminallarining turlari.
Avtonom pedjing terminal uzatkichga past chastotali modulyatsiyalovchi
signalni shakllantirib berish uchun abonentlar-bazasiga uzatadi.
Odatda avtonom terminal maxsuslashtirilgan
mikro EHM shaklida ishlab
chiqiladi, lekin abonentlar soni ko‘paygan sari bunday qurilma juda qimmatga
tushadi. Bu esa ishlab chiqaruvchilardan terminal ichida abonentlar bazasini
terminal ichida saqlashdan voz kechib, noavtonom terminal ishlab chiqarishga
majbur qiladi.
Noavtonom peydjing terminal o‘zida abonentlar
bazasini saqlamaydi va
shaxsiy kompyuter bilan birgalikda ishlatiladi. Bunda u ham ichki (kompyuterga
qo‘shimcha plata), ham tashqi (kompyuter bilan aloqa kabeli orqali ulanuvchi
alohida qurilma) ijroda ishlab chiqariladi. No avtonom peydjing terminal
kompyuterdan
olingan
buyruq
asosida
uzatgichga
past
chastotali
modulyatsiyalangan signalni shakllantirib beradi.
Noavtonom peydjing terminal bilan birga ishlovchi shaxsiy kompyuter
pedjing server, undagi mavjud dasturiy ta’minot esa peydjing serveri dasturiy
ta’minoti deb ataladi.
Xabarni uzatish uchun terminal peydjing tizimi
uzatgichi bilan birgalikda
ishlab, uni boshqargan holda, unga past chastotali modulyatsiyalangan signal berib,
xabarni ishchi chastotada uzatadi. Uzatgichning chiqish quvvati va antenna
o‘rnatilgan joyning balandligi peydjer abonentlarining xabarlarni qabul qilish
ko‘lamini (zona) aniqlaydi.
Peydjing terminal xabarlarini tayyorlash asosiy xizmat vazifalarini ifodalovchi
axborotlarni yig‘ish tizimidan jo‘natilgan xabarlarni qabul qiladi.
Qoidaga asosan, bu tizimning birinchi amalga oshiriladigan qismi, bu
operatorlar yordamida xabarlarni tayyorlashdagi asosiy hizmat funksiyalarini
ta’minlovchi operatorlar ishchi o‘rinlarining lokal tarmog‘idir.
U telefon
liniyalariga oddiy qo‘ng‘iroqlar tarzida kelib tushuvchi xabarlarni qabul qilish va
ularni abonentlarga uzatish uchun peydjing tizimiga kiritishga mo‘ljallangan.
Axborotlarni yig‘ish tizimining bu qismi lokal tarmoqqa qo‘shilgan, peydjing
serveriga ulangan, dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan peydjing stansiyasi operatorlari
ishlaydigan bir nechta shaxsiy kompyuterlar asosida quriladi.
Operatorlar ish joylari qurilmasi unda ishlaydigan dasturiy ta’minot orqali
operatorlar yordamida xabarlarni tayyorlash xizmati funksiyasini bajaradi.
Axborotlarni yig‘ish tizimining keyingi qismi operatorlarning ajratib
chiqarilgan o‘rinlarlari hisoblanadi. U uzoqlashtirilgan operatorlarga asosiy
tizimga kirish imkonini beradi. Ajratib chiqarilgan operator joylari uzoqlashtirilgan
kirish dasturiy ta’minoti boshqaruvi bilan ishlaydigan
va asosiy tizimga telefon
yoki boshqa aloqa kanali orqali ulangan modemli shaxsiy kompyuter asosida
tashkil qilinadi. Qoidaga binoan, alohida uzoqlashtirilgan operator joylari asosida
tizim bilan oddiy telefon liniyasi orqali modem yordamida ulanadi, u bo‘lmagan
holatda esa radiomodemni qo‘llagan holda radiokanal orqali ulanadi.
Ba’zan ajratib chiqarilgan operator joylarining lokal tarmog‘ini
yaratishga
talab hosil bo‘ladi. Bunday holatda bu tarmoq asosini tizim bilan yuqori tezlikli
modemdan foylalangan holda ajratilgan aloqa kanali orqali ulanadi. Shuningdek,
ta’kidlash lozimki, ajratib chiqarilgan operator joylari asosiy tizim bilan (danniy)
uzatuvchi kompyuter tarmog‘i bilan birgalikda ishlashi mumkin.
Axborotlarni to‘plash tizimida kommunikatsiyali server muhim o‘rin tutadi. U
ajratib chiqarilgan operator joylari boshqa peydjing tizimlari va ma’lumotlarini
uzatish kompyuter tarmoqlari bilan birgalikda ishlash uchun mo‘ljallangan.
Kommunikasion server, bu maxsus kommunikasion dasturiy ta’minotga ega
bo‘lgan yuqori darajadagi aniq shaxsiy ma’lumotni uzatish uchun tayinlangan
peydjing serveri bilan birga ishlaydigan qurilmadir.
Peydjing tizimining kommunikasion serveri uzoqlashtirilgan kirish (dostup)
xizmat funksiyalarini ta’minlash bo‘yicha mas’uldir. U uzoqlashtirilgan operator
joylari qurilmasi bilan birgalikda ajralib chiqarilgan
operator joylarining xizmat
funksiyasini, ma’lumotlarini uzatish kompyuter tarmog‘i qurilmasi bilan birgalikda
esa xabarlarni kompyuterda jo‘natish xizmati funksiyasini ta’minlaydi.
Kommunikatsiyali server aloqa kanallari orqali boshqa peydjing tizimlari
bilan birga ishlagan holda rouming xizmat (xabarlarni jo‘natish) funksiyasi
ta’minlanadi.
Nihoyat, axboratlarni yig‘ish tizimining yana bir qismi (bo‘lagi) qo‘shimcha
servis serveridir. U ovozli pochta bilan birgalikda raqamli va matnli xabarlarni
avtomatik jo‘natishga mo‘ljallangan. Qo‘shimcha servis serveri ovozli funksiyaga
va maxsus dasturiy ta’minotga ega bulgan yoki
bir nechta modemli shaxsiy
kompyuterlardan iborat. Modemlarning ovozli funksiyalari uzatilaetgan xabarlarni
odamlar uchun odatiy bulgan tovush formasida amalga oshirish uchun zarurdir.
Servis serveri qo‘shimcha qurilma bo‘lib maxsus dasturiy ta’minot yordamida
peydjing tizimini tayyorlashda uchta xizmat funksiyani amalga oshiradi; rakamli
xabarlarni avtomatik jo‘natish xizmati; formal xabarlarni avtomatik jo‘natish
xizmati va ovozli pochta xizmati.
U xabarlarni efirga yoki boshqa peydjing tizimiga jo‘natish uchun peydjing va
kommunikatsiya serveri bilan birgalikda ishlaydi.
Shunday kilib;
1. Tizimning peydjing serveri xabarlarni xizmat doirasida uzatishni
ta’minlaydi.
2. Kommunikatsiyali server uning tashqi olam bilan, ya’ni boshqa tizimlar
bilan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari bilan aloqani amalga oshiradi.
3. Qo‘shimcha servis serveri foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun
taqdim etiladi.
4. Peydjing tizimining bu uchta serveri barcha xizmatlarning normal
ishlashini ta’minlash uchun bir biri bilan jips bog‘lanadi.