Peydjing tizimining struktura sxemasi




Download 133,14 Kb.
bet7/21
Sana21.05.2024
Hajmi133,14 Kb.
#248640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Laboratoriya mashg‘uloti 4G tarmoqlarining parametrlarini tadqiq-fayllar.org

Peydjing tizimining struktura sxemasi. 
Har bir peydjing tizimi o‘zaro birga ishlovchi qurilmalardan tashkil topadi.
Abonetlararo ma’lum yordam xizmatlarning ko‘rsatilganligi uchun. Peydjing
tizimining tekis struktura sxemasi 8.1 rasmda ko‘rsatish va unda tayanch xizmatlar
va ularni o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan.



8.1-rasm. Peydjing tizimining tipik struktura sxemasi.


8.1-rasmdan ko‘rsatilganidek axborotlarni jo‘natishning asosiy xizmati har
qanday peydjing tizimining muhim xizmati hisoblanadi. Uning vazifasi uzatish
tizimini boshqarish (yoki uni terish) va axborotlarni abonentlarga bevosita
jo‘natishdan iborat. Axborotlarni jo‘natishning asosiy xizmati peydjing tizimining
muhim imkoniyatlarini aniqlaydi: abonentlar soni, qo‘llaniladigan protokol (yoki
ularni terish), uzatish tezligi, uzatgichlar soni va ularning ish usuli va h.k.
Axborotlarni uzatishning asosiy xizmati rouming (axborotlarni tarqatish)
xizmati bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Uning vazifasi axborotlarni peydjing
yoki federal tizimga uzatishdan iborat. Rouming xizmati abonent hatto xizmat
doirasidan tashqarida bo‘lganda ham axborotlarni qabul qilish imkonini beradi.
Masalan, abonent boshqa shaharda xizmat safarida bo‘lganida, axborot u
yashayotgan shaharning peydjing tizimiga jo‘natiladi. Bunday xizmatni amalga
oshirish turli peydjing kompaniyalari o‘zaro tegishli bitimlarni ishlab
chiqqandagina amalga oshirishi mumkin.
Axborotlarni jo‘natish asosiy tizimi axborotlarni tayyorlashning turli xil
xizmatlariga bog‘liq. Qoidaga asosan, tuzilgan peydjing tizimida axborotlarni
tayyorlash xizmatini birinchi amalga oshirish xizmati bo‘lib operatorlar yordamida
axborotlarni tayyorlash xizmati hisoblanadi. Uning vazifasi abonent uchun
axborotlarni tayyorlash va uni axborotlarni jo‘natishning asosiy tizimi yoki
rouming xizmati yordamida jo‘natishdan iborat. Peydjing tizimi abonentiga
axborot jo‘natmoqchi bo‘lgan har bir shaxs peydjing kompaniyasiga qo‘ng‘iroq
qiladi va uni operatorga uzatadi. Operator axborotni qabul qiladi, uni tizimga
kiritadi va navbatdagi uzatishga tayyorlaydi.
Axborotlarni tayyorlash xizmatining keyingisi uzoqlashtirilgan kirish xizmati
hisoblanadi. U ajratib chiqarilgan operator joylarini tashkil etish va kompyuter
aloqalarni jo‘natish imkonini beradi. Bu xizmatga uzoqlashtirilgan kirishning



tegishli qismlarini amalga oshiruvchi ikki turdagi xizmat: ajratib chiqarilgan


operator joylari va axborotlarni kompyuterda jo‘natish xizmatlari qarashlidir.
Ajratib chiqarilgan operator joylari xizmati peydjing kompaniyasiga boshqa
kompaniyalar va tashkilotlar uchun o‘zining tizimiga qulay kirish imkonini beradi.
Masalan, tashkilotning ko‘pchilik xodimlari biror bir peydjing kompaniyasi
abonentlari deylik, bunday holatda har safar axborot jo‘natish uchun peydjing
kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilish ko‘p vaqtni oladi va juda noqulay. Bunday
muammo bo‘lmasligi uchun tashkilotda ajratib chiqarilgan operator joylari
o‘rnatiladi (yoki hatto ajratib chiqarilgan joylar tarmog‘i) va undan axborotlar
bevosita jo‘natiladi.
Axborotlarni kompyuterda jo‘natish xizmati axborotlarni jo‘natuvchi
kompyuter tarmog‘idan foydalanish, elektron pochta yordamida kelgan xat
to‘g‘risida axborot jo‘natish xizmatini bajaradi. Bunday xizmat abonentlar uchun
juda qulay bo‘lib, ularni o‘z pochtalarini doimo nazorat qilib turishdan ozod qiladi.
Navbatdagi axborotlarni tayyorlash xizmati bu raqamli axborotlarni jo‘natish
xizmatidir. Bu xizmat peydjing stansiyasiga qo‘ng‘iroq qilingan har bir shaxsning
abonentga operator yordamisiz mustaqil ravishda raqamli axborot jo‘natish
imkonini beradi ( qo‘ng‘iroq qilishda DTMF telefonidan foydalanish shart).
Axborotlarni avtomatik jo‘natishdan foydalanilganda axborot matni
qo‘ng‘iroq qilingan shaxs tomonidan telefon klaviaturalari yordamida teriladi. Bu
usul qisqa axborotlarni jo‘natishda juda qulay (masalan abonent qo‘ng‘iroq qilishi
lozim bo‘lgan telefon raqami), butun jarayon operator yordamisiz amalga
oshirilgani uchun juda tez bo‘ladi.
Raqamli axborotlarni avtomatik jo‘natish xizmati bilan rasmiy axborotlarni
jo‘natish xizmati birgalikda ishlaydi. Bu xizmat operator yordamisiz faqat raqamli
axborotlarnigina emas, balki standart matnli axborotlarni ham jo‘natish imkonini
beradi. Bu axborotlarni avtomatik jo‘natish xizmati rivojlanishining navbatdagi
pog‘onasi hisoblanadi. Bunda har bir standart matnli axborotga raqamli kod
qo‘yiladi. Muayyan axborotni jo‘natish uchun (DTMF telefonida teriladi) peydjing
stansiyasiga qo‘ng‘iroq qilinadi va ushbu axborotning kodi teriladi. Jo‘natilayotgan
axborot so‘ngida telefon raqami yoki boshqa qo‘shimcha raqamli ma’lumotni
jo‘natish mumkin.
Nihoyat, axborotni tayyorlash xizmatlaridan yana biri ovozli pochta
xizmatidir. Ovozli pochta – telekommunikatsiyaning yangi sohasi bo‘lib, elektron
pochtaning mantiqiy davomi hisoblanadi. Elektron pochtadan foydalanilganda
matnli, ovozli pochtadan foydalanilganda esa ovozli xatlar uzatiladi. Xat matni
maxsus kengaytiruvchi plata yordamida matnni raqamli holatga keltiruvchi
kompyuterga aytib yoziladi. Keyin u kompyuter tarmog‘i bo‘yicha adresga
uzatiladi. Qabul qiluvchi kompyuterda bu xatni yana ovozli holatga aylantiradi va
adresat uni tinglaydi.
Ovozli pochta xizmati ovozli xatlarni qabul qiladi va abonent peydjiriga u
to‘g‘risida axborotni uzatadi. Xat to‘g‘risida axborot olgan abonent DTMF naborli
telefonidan peydjing stansiyasiga qo‘ng‘iroq qiladi, telefon klaviaturasidan o‘z
raqamini, kelgan xat raqami va parolni teradi. Shundan so‘ng kelib tushgan xat
uning telefonga uzatiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir peydjing tizimi uchun



yuqorida keltirilgan xizmatlardan axborotlarni jo‘natish asosiy xizmati va


axborotni tayyorlash muhimdir. Qolgan barcha xizmatlar uncha muhim emas va
qoidaga asosan tizimdan foydalanish jarayonida uning rivojlanishini abonentga
ko‘rsatiladigan qo‘shimcha servissiz qo‘llaniladi.

Download 133,14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Download 133,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Peydjing tizimining struktura sxemasi

Download 133,14 Kb.