Shaxsiy (lokal) ShRChT lar radiochaqiriqni chegaralgan hududi ta’minlanadi.
Belgilangan foydalanuvchilar guruhi uchun kam
quvvati bir yoki bir nechta
radiouzatgich qo‘llaniladi. Umum TLF tarmoqlari bilan birgalikda ishlamagan
holda chaqiriq dispetcher punktlar orqali bajariladi.
Umum foydalanish peydjing
tizimlarda esa umum TLF tarmoqlari orqali radiokanal bilan chegaralangan hamda
xabarlar jo‘natiladi. Zamonaviy peydjing tizimlar
umum TLF tarmoq bilan
avtomatik ravishda birga ishlaydi, xabarni va chaqirishni raqamli usulda uzatishni
qo‘llaydi va yuksak halaqitbardosh uzatishga va o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Eng chetki qurilmalar miniatyurlanishi natijasida sarflanuvchi energiyani
tegishli kamaytirish imkonini beradi. Bunday tizimlarning
boshqalardan ajralib
turadigan xususiyatlaridan biri bu xizmat ko‘rsatish zonasining ko‘lami mamlakat
miqyosida va o‘zaro xalqaro miqyosida bir-biri bilan ishlashini ta’minlash, hamda
narxi past bo‘lishi, ekspluatatsiya qilish soddaligidadir. Eng avvalo peydjing tizimi
London gospitallarining birida 1956 yilda ishga tushirilgan. Birinchi keng tarmoqli
ShRChT AQSh va Kanadada 60 yillarning boshlarida yaratilgan ko‘lami katta
bo‘lgan ShRChT Yevropa
mamlakatlari orasida Golandiya, Belgiya,
Shveysariyada 1964-1965 yillarda ishga tushurilgan. ShRChT 80 dan 1000 MGs
gacha bo‘lgan radiochastotali diapazonda ishlaydi.
ShRChTlarni sotali yoki boshqa harakatdagi aloqa tizimlari bilan
kombinyatsiyalab ishlatish mumkin va ular bilan birgalikda qo‘llash imkoni bor.
Bunday tizimlarda foydalanuvchi kirish telefon chaqiriqlari
haqida xabardor
qilinish va javobini qulay vaqtda jo‘natish mumkin peydjer shaxs yonida olib
yuradigan qabul qilgich o‘rnatilish mumkin.
Hozirgi vaqtda hamma joyda peydjing tizimlari o‘rnini
sotali aloqa tizimlari
egallamoqda.
Shu sababli bunday tizimni faqat umumiy
tizim
prinsiplarini
qarab
chiqamiz.