Tabiiy landshaftlarning asosiy turlari va ko'rinishlari
1-jadval
Bir jinsli landshaftlar
|
Bir jinsli landshaftlarturlari va xillari
|
Landshaftlarning aralash turlari
|
Tog'
|
Baland tog' O'rtacha tog' Adir
|
Tog'-suvli Tog'-o'rmonli Tog'-dashtli
|
O'rmon
|
Tropik o'rmonlar Tayga o'rmonlari
Jungli va boshqalar
|
O'rmon-dasht O'rmon -tundra
O'rmon-tog'
|
Suvli
|
Okean Dengiz Ko'l Daryo
|
Tog'-okean Tog'-dengiz O'rmon-ko'li O'rmon -daryo
|
Cho'l
|
Qumli Chakalakzorlar va boshqalar
|
Tog' qazilmalari yerlari
|
Dasht
|
Tundra Cho'l va boshqalar
|
O'rmon-dasht
|
Landshaftning tabiiy elementlari: ob-havo, relyef, suv, tuproq, o'simlik va biologik turning vakili hisoblangan odamni ham hisobga olgandagi barcha jonli mavjudot kiradi.
Ammo yer yuzida inson tegmagan tabiiy landshaftlar juda kam. Xo'jalik faoliyati jarayonida ayrim tabiiy komponentlarni birinchi navbatda o'simliklarni, tuproqni, suvni, hayvonat du-nyosini o'zgartiradi. Sunday o'zgartirishlar landshaftda qaror topgan aloqalar va tabiiy komponentlar o'zaro ta'sirlarni buzadi.
Hududlarni o'zlashtirish zarurligi va insonning tabiat ichiga singib borishi landshaftning o'zgarishiga sabab bo'ladi, yo'llar tarmoqlari va elektr uzatish liniyalari, zavodlar, posyolkalar vu-judga keladi. Ya'ni insonning aralashuvi bilan landshaft antropogen - inson o'zgartirgan landshaftga aylanadi.
Antropogen landshaftlar insonning xo'jalik faoliyati mavjud bo'lgan davrlardan biri bor. Dastlab ular yer landshaftlarini shakllanishining aralashuvi bilan o'zgarib ketdi.
Bu hodisalar jadallashmoqda va o'zgarish jarayoni hamda biogen landshaftlardagi o'zgarishlar obyektiv muqarrardir. 2-jadvalda antropogen landshaftlarning tasnifi berilgan bo'lib, u inson faoliyatining har xil turlari ta'sirida tabiiy muhitning o'zgarishini ko'rsatadi.
|