Landshaft dizayni va interyer




Download 7,22 Mb.
bet10/52
Sana22.06.2021
Hajmi7,22 Mb.
#15161
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Qatorlar kompozitsiyasi–ko‘chalar, yo‘llar bo‘ylab ariqlar, kanallar sohillariga park va skverlardagi bulvarlar va xiyobonlarga ekiladigan, ko‘kalamzor hududlar chegaralari bo‘ylab bir qator va ko‘p qator ixota daraxtlarini, sanoat korxonalari, qoramollar fermalari, mexanizatsiya bazalari, turarjoylar qurilishi oraliqlaridagi sanitariya-himoya ko‘kalamlarini shakllantirishda qo‘llaniladigan manzarali landshaft kompozitsiyasidir.



BADIIY QISM

Bitiruv malakaviy ish mavzusi “SAMARQAND SHAHRI HARBIYLAR SHAHARCHASI ISTIROHAT BOG’INING LANDSHAFT YECHIMI” bo‘lib, loyixalash davomida ushbu ob’ekt chuqur va obdon o‘rganib chiqildi, uning maydoni, o‘lchamlari, manzarali va mevali daraxtlarning turlari, dekorativ landshaft dizayni elementlari va unga dizayn yechim berish uchun zarur qilinadigan ishlar bajarildi.



Istirohat bog’ining landshaft yechimini loyihalash jarayonida, barcha arxitekturaviy va landshaft dizayni talablari inobatga olingan. Uning umumiy joylashish funksiyalari, boshqa binolar bilan uyg‘unlik darajalari, rang va konstruksiyalari, qurilish materiallarining hammasi analiz va tadqiqot ishlari orqali bajarilgan.

Bitiruv malakaviy ish 2400x1600mm o‘lchamdagi bannerda kompanovka qilingan bo‘lib, u o‘z ichiga – logotip, piktogrammalar, axborot qurilmalari variantlari, asosiy landshaft yechimlari loyihasi, emblema va tashrif qog‘ozlari, topografik xarita, xudud bosh rejasi, kichik arxitektura shakllari (o‘rindiqlar, favvoralar, axlat qutilari, tungi yoritgichlar) va hokazalardan tashkil topadi.

Samarqand shahri va uning atrofidagi landshaft arxitekturasi ob'ektiga shanba va yakshanba kunlari tabiat qo‘ynida oilaviy dam olishga mo‘ljallangan tinch dam olish va sayr qilish bog‘lari, parklar, xiyobonlar, skverlar va nihoyat, milliy istirohat bog‘lari kiradi. Ana shunday rekreatsiyaviy maqsadlarga mo‘ljallangan hudular bugungi kunda nafaqat Samarqand shahri aholisiga, balki shahrimiz mehmonlari, xorijiy turistlar, ekosayyohlar uchun ham zarurdir. Va ularga bo‘lgan ehtiyoj kelajakda yanada oshib borishi kuzatilmoqda.













Download 7,22 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Download 7,22 Mb.