Landshaft dizaynining mo‘jaz me'moriy shakllar bilan bog‘liq qurilmalari
“Landshaft arxitekturasining mo‘jaz me'moriy shakllar bilan bog‘liq qurilmalari”ga bog‘–parklarga kirish darvozalari, ularni chegaralovchi to‘siq va panjaralar, ko‘shklar (kioskalar), voish, trelyaj, pergola va shpalerlar, galereya va shiyponchalar, pavil'onlar, rotondalar, park mebellari (o‘rindiqlar, kursilar), dekorativ devorlar kiradi.
Mo‘jaz me'moriy shakllarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri, ushbu hududning yashil o‘simliklari, relef va landshaft kompozitsiyalarining shakllari bilan uyg‘unligiga erishishdir. Ular atrof muhitga nomutanosiblikni olib kirishi kerak emas, aksincha arxitekturaviy–landshaft kompozitsiyasi stilistikasiga to‘la javob berishi kerak.
Mo‘jaz me'moriy shakllar ixtiyoriy arxitekturaviy shakllarni–darvozalar kirish qismidan, pavilon (ko‘shk), ratonda, galereya, supalar (besedka), bolyustradalar, favvoralar yoki ko‘prikchalardan tortib, to vazalar, fonarlar, panjarali to‘siqlar, o‘rindiqlar va boshqa ko‘rinishlarda eks etirishi mumkin.
|