|
Sinеkdoxa (grеkcha: birga anglash, nazarda tutish)
|
bet | 3/4 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 9,56 Kb. | | #101632 |
Bog'liq Leksikologiya, uning obyekti, turlari, vazifalari-fayllar.org3. Sinеkdoxa (grеkcha: birga anglash, nazarda tutish) – shaxs yoki prеdmеt qismi nomini aytish bilan o’zini tushunish yoki o’zining nomini aytish bilan uning qismini tushunish asosida ma'no ko’chishidir.
4. Kinoya – so’zlarning aks ma'noda qo’llanishidir. Bunday ko’chishlarni tushuntirish uchun so’zlar yozuvda qo’shtirnoqqa olinadi: Qo’shinning oldingi qismi “dushman” lagеrini egallashga ulgurgan edi.
5. Vazifadoshlik asosida ma'no ko’chishi narsalarning bajaradigan vazifasi o’xshashligi jihatidan ma'no ko’chishidir: o’q – yoy o’qi; o’q – miltiq o’qi, tomir – daraxt ildizi; tomir – qo’l tomiri
Tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar de)byig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika deb yuritiladi. Lug‘at tarkibni o‘rganadigan bo‘lim esa leksikologiya (yun. lexikos – lug‘atga oid, logos – ta’limot ataladi.
Lug‘at tarkibiga mansub bo‘lmish birlik so‘z tilshunoslik fanining asosiy birligi bo‘lib, u tilning boshqa bo‘limlarida, jumladan, morfologiya, so‘z yasalish va uslubiyat bo‘limlarida ham o‘rganiladi.
Morfologiyada so‘zning qaysi leksik-grammatik guruhga mansubligi o‘rganilsa, so‘z yasalishi bo‘limida u yasalgan yoki yasalmagan birlik sifatida tekshiriladi. Uslubiyat bo‘limida esa so‘z qo‘llanish ma’qulligi yoki ma’qul emasligi jihatidan tekshiriladi.
Leksikologiya bo‘limida so‘zning ifodalagan ma’nosi, lug‘at tizimida tutgan o‘rni, kelib chiqishi, qo‘llanish darajasi o‘rganiladi. Bu bo‘limda so‘z lug‘aviy birlik sifatida o‘rganiladi. So‘z muayyan tilning lug‘at tarkibiga mansub bo‘lganligi uchun leksikologiya mazkur tilning lug‘at tarkibini tizim sifatida tekshiradi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni inson so‘zi misolida isbotlashga harakat qilamiz:
Morfologik nuqtai nazardan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ot turkumiga tegishli;
2) turdosh ot, aniq ot, yakka ot; 3) bosh kelishikda; 4) birlikda.
So‘z yasalish nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) tub so‘z; 2) sifat yasalishi uchun asos bo‘la oladi: insoniy, insonparvar;
Uslubiyat nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) kitobiy uslubda qo‘llanadi;
2) hissiy-ta’siriy bo‘yoqqa ega.
Leksikologiya nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) lug‘aviy manoga ega; ongli mavjudot; 2) bu so‘z odam, kishi, bashar so‘zlariga ma’nodosh hisoblanadi; 3) o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan; 4) nisbatan faol so‘z hisoblanadi;
|
| |