License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 71




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
milliy-innovatsiya-tizimini-shakllantirishning-ayrim-muammolari-va-yechimlari
Yetakchi boshqaruvchi shaxslar va jamoalar, SINONIMLAR 37593, ИХ фанидан Мамлака иқтисодий хавфсизлиги, Muammoli ta\'lim, PEDAGOGIK FАОLI, 1-mavzu slayd, БУЛУТЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ MAVZULArI, 7 mavzu, Kurs ishi yuzi (RUS), 2 laboratoriya, Mustaqil ish, Заявка на бронирование помещения, Fizika attestatsiya 2022 , 3-амалий. Toʻgʻri chiziq va tekislikdagi nuqtaning koordinatalari., 4-амалий. Мatritsalar va determinantlar
SJIF 
2023:5.971
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
75 
indikatorlarda ijobiy natijalarga erishdi. Quyidagi subindikatorlarda yuqori oʼntalik 
davlatlari qatoriga kirdi: biznes boshlashning oddiyligi (Ease of starting a business) – 8-
oʼrin, ilm-fan va texnika sohasida bitiruvchilar (Graduates in science&engineering) – 7-
oʼrin va kapitalni yalpi ravishda jamlash (Gross capital formation) – 8-oʼrin. Shu bilan 
birga, 8 ta muhim indikatorlar boʼyicha 12-45 oʼrinlarni egalladi. 
Shuningdek, quyidagi indikatorlarda hozircha quyi oʼrinlarda qolmoqda: meʼyoriy 
sifat (Regulatory quality) – 127-oʼrin, qonun ustuvorligi (Rule of law) – 124-oʼrin, АKT 
xizmatlari eksporti (ICT services exports) – 129-oʼrin, xorijda moliyalashtiriladigan 
tadqiqot va ishlanmalarning yalpi xarajatlari (GERD financed by abroad) – 96-oʼrin. 
Davlatimiz oʼrta daromad guruhli 29 ta davlatlar orasida 12-oʼrinda, Markaziy va 
Janubiy Osiyodagi 10 ta davlatlar oʼrtasida 4-oʼrin egallab, bunda yuqori pogʼonalarni 1-
oʼrinda Hindiston-48, 2-oʼrinda Eron-67 hamda 3-oʼrinda Qozogʼiston-77 reyting 
koʼrsatgichlari bilan yuqori oʼrinda kelmoqda. 
Аgar UNESCO statistika instituti maʼlumotlariga koʼra, 2015 yilda dunyoda ilmiy-
tadqiqot ishlanmalariga ajratilgan mablagʼlar oʼrtacha YaIMning 1,7 foizini tashkil etgan 
boʼlsa, unda Markaziy Osiyo uchun bu koʼrsatkich 0,2 foizni tashkil etdi [18]. 
Jahon banki maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston va Qozogʼistonda ilmiy-tadqiqot 
ishlanmalariga sarflanadigan xarajatlar taxminan bir xil darajada - YaIMning 0,13% 
miqdorida, bu juda past koʼrsatkichdir. Taqqoslash uchun: Misr taxminan 0,72%, 
Braziliya va Rossiya Federatsiyasi - 1,26% va 1,0%, АQSh va Germaniya - 2,84% va 
3,09%, Shvetsiya va Yaponiya - YaIMning taxminan 3.34% va 3,26% sarflaydi. Janubiy 
Koreya bu borada yetakchi hisoblanib, ilmiy – tadqiqot, tajriba konstruktorlik ishlariga 
sarflanadigan xarajatlar mamlakat YaIMning 4,81 foizini tashkil etadi [19], Samsung, 
LG, SK Holdings, POSCO, Hyundai va boshqalar kabi jahon miqyosidagi korporatsiyalar 
mavjudligi buni yana bir bor tasdiqlaydi. 
Ilmiy-tadqiqot ishlariga yuqori mablagʼ sarflaydigan mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot 
tajriba konstruktorlik ishlariga kiritiladigan investitsiyalarning katta qismi xususiy 
sektorga toʼgʼri keladi. Yaponiyada sarmoyalarning qariyb 80% xususiy sektor 
tomonidan sarflanadi. Xitoy va Janubiy Koreyada xususiy sektor ilmiy-tadqiqot ishlariga 
barcha investitsiyalarning ¾ dan koʼpini sarflaydi. Oʼzbekistonda, aksincha, davlat ilmiy-
tadqiqot ishlarining umumiy xarajatlarining 60 foizidan koʼpini moliyalashtiradi. Bu 
Oʼzbekistondagi xususiy sektor hali bu yoʼnalishda harakat qilish uchun yetarlicha 
ragʼbatlantirishga va mustaqil ravishda innovatsion yechimlarni ishlab chiqish uchun 
yetarli imkoniyatlarga ega emasligidan dalolatdir. 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti mamlakatlarida YaIM oʼsishining 80-
90 foizi innovatsiyalar hisobiga amalga oshiriladi [20,21].
Bizning tadqiqotlarimiz shuni koʼrsatadiki, ushbu mamlakatlarning milliy 
innovatsion rivojlanish yoʼliga oʼtishi milliy innovatsiya tizimining yaratilishi natijasida 
amalga oshgan. Yangi rivojlanayotgan davlatlar innovatsion texnologiyalarni import 
qilishdan boshlab, ular oʼzlarining innovatsion tizimini shakllantirmoqdalar. Ular 
foydalangan innovatsiya modeli shuni koʼrsatadiki, import qilingan ilmiy va texnologik 
yutuqlardan oqilona foydalanish nafaqat YaIM ning sezilarli oʼsishini taʼminlabgina 
qolmay, balki ular iqtisodiyotini dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarining sifat 
jihatidan yuqori darajasiga koʼtarilishiga yordam berishi mumkinligini isbotladi.



Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 71

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish