• Ключевые слова
  • SJIF 2023:5.971 License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) 73
  • Аdabiyotlar sharhi
  • License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 71




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/13
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108677
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    milliy-innovatsiya-tizimini-shakllantirishning-ayrim-muammolari-va-yechimlari
    Yetakchi boshqaruvchi shaxslar va jamoalar, SINONIMLAR 37593, ИХ фанидан Мамлака иқтисодий хавфсизлиги, Muammoli ta\'lim, PEDAGOGIK FАОLI, 1-mavzu slayd, БУЛУТЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ MAVZULArI, 7 mavzu, Kurs ishi yuzi (RUS), 2 laboratoriya, Mustaqil ish, Заявка на бронирование помещения, Fizika attestatsiya 2022 , 3-амалий. Toʻgʻri chiziq va tekislikdagi nuqtaning koordinatalari., 4-амалий. Мatritsalar va determinantlar
    Аннотация. Статья посвящена вопросам формирования и развития национальной 
    инновационной системы Республики Узбекистан. В статье рассматриваются и 
    описываются причины и факторы, влияющие на формирование и развитие 
    национальной инновационной системы, проблемы и пути их решения, а также 
    модель национальной инновационной системы. 
    Ключевые слова: инновации, инновационная экономика, инновационная модель, 
    национальная инновационная система, инновационная деятельность, технический 
    прогресс, эффективное управление. 
    Kirish
    Iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyotni sogʼlomlashtirish va kelgusi 
    rivojlanishi uchun sharoit yaratish innovatsion faoliyatni jonlantirish orqali amalga 
    oshiriladi. Аynan shuning uchun, sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini 
    jonlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, iqtisodiyotda samarali tarkibiy 
    oʼzgarishlarni amalga oshirishning muhim omillaridan biridir. Bundan tashqari sanoat 
    korxonalarining innovatsion faolligi darajasini baholash va ushbu innovatsion faoliyat 
    asosida uzoq muddatli strategik rivojlanish maqsadlariga erishish va istiqbolda ularning 


    SJIF 
    2023:5.971
     
    License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
     
    73 
    barqaror daromad olishini taʼminlashga qaratilgan zamon bilan hamnafas milliy 
    innovatsiya tizimini shakllantirish dolzarb masalalar qatorida turadi. 
    Аdabiyotlar sharhi 
    Shu paytgacha olimlar tomonidan milliy innovatsiya tizimiga yagona bir taʼrif 
    berilgan emas. Rivojlangan mamlakatlarning milliy innovatsiya tizimilari bir-biridan farq 
    qiladi. Zotan, turli mamlakatlar tomonidan milliy innovatsiya tizimi oldiga turli 
    maqsadlar qoʼyiladi va amalga oshiriladi. Koʼp iqtiboslik keltiriluvchi oʼquv qoʼllanma 
    muallifi Yu.P.Surmin quyidagicha yozadi: “Tizimlarni ajratish va qurish quyidagicha 
    amalga oshiriladi: Tizim taʼminlab berishi kerak boʼlgan maqsad qoʼyiladi. Funktsiyalar 
    bajarilishini taʼminlovchi funktsiya yoki vazifalar aniqlanadi. Maqsad obʼekt harakat 
    yoʼnalishiga yoʼnaltiriladi. Maqsad odatda mavjud vositalar bilan hal etib boʼlmaydigan 
    muammoli vaziyatlardan yuzaga keladi. Tizim esa muammolarni hal etish vositasi 
    sifatida yuzaga chiqadi. [1,58 b.]
    Hozirgi vaqtga qadar ham xorijiy ham rossiyalik olimlar orasida “Milliy 
    innovatsiya tizimi” ning umum tan olingan yagona tushunchasi mavjud emas. Umumiy 
    qarashlarning mavjud emasligi milliy innovatsiya tizimi va uning tarkibiy qismlarini 
    shakllantirish uslubiyotiga turlicha yondashuvlarni keltirib chiqarmoqda. Olib borilgan 
    adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib, ushbu yoʼnalishlarni ushlab turuvchi sakkizta 
    yoʼnalishlarni ajratib koʼrsatish mumkin: 
    • 
    institutlar majmui sifatida: R. Nelson [2]; 
    • 
    institutlar va turli elementlar va tarkibiy qismlarning majmui sifatida: D.А. 
    Serpuxovitin [3]; 
    • 
    tashkilotlar (korxona, tarkib) va faoliyatining maqsadli turlari (yoʼnalishlari) 
    tarmogʼi sifatida: K. Frimen [4]; 
    • 
    oʼzaro bir-biri bilan bogʼlangan faoliyat, elementlar va tarkib sifatida: 
    B.O.Lumdvall [5,6,7]; 
    • 
    milliy innovatsiya tizimi sohasi (ulushi) sifatida: 
    • 
    2000-yilda L. Leydesdorf tomonidan shakllantirgan uchtalik spiral bilimlar 
    ishlab chiqarish kontseptsiyasi sifatida; universitet-hukumat-biznes (korxona, sanoat) [8]; 
    • 
    fanlararo yondashuvni oʼz ichiga oluvchi keng yondashuv sifatida: R.Kaxn 
    (2008 y) [9]; 
    • 
    ijtimoiy kapital orqali: milliy innovatsiya tizimini “Millatning texnik 
    oʼzgarishlarga nisbatan ijtimoiy moslashuvchanligi”. 
    Muayyan vaqt davomida olimlarning milliy innovatsiya tizimi tushunchasiga 
    qarashlari rivojlanib bormoqda. Masalan, K.Frimen 1987 yilda nashr qilingan ishida 
    milliy innovatsiya tizimini tashkilotlar tarmogʼi sifatida koʼrib chiqqan boʼlsa [10], 2002-
    2004 yillargi ishida texnik oʼzgarishlarga millatning ijtimoiy koʼnikmalari sifatida 
    qaramoqda [11]. B.O.Lundvallning 1992 yilgi ishida milliy innovatsiya tizimi sifatida 
    elementlar va munosabatlar haqida gap borsa [12], 2010 yilgi ishida yangi 
    mahsulotlarning rivojlanishi bilan bogʼliq ravishda ishlab chiqaruvchilar va 
    foydalanuvchilarning oʼzaro harakati haqida chop etmoqda [13]. 
    Milliy innovatsiya tizimi tushunchasini aniqlash boʼyicha taklif etilayotgan ham 
    xorijiy, ham rossiyalik olimlarning tushunchalarining birortasi davlat yoki milliy 
    xususiyatlarni oʼz ichiga qamrab olmayapti. Milliy innovatsiya tizimida yoki davlat 



    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 71

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish