License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 71




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
milliy-innovatsiya-tizimini-shakllantirishning-ayrim-muammolari-va-yechimlari
Yetakchi boshqaruvchi shaxslar va jamoalar, SINONIMLAR 37593, ИХ фанидан Мамлака иқтисодий хавфсизлиги, Muammoli ta\'lim, PEDAGOGIK FАОLI, 1-mavzu slayd, БУЛУТЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ MAVZULArI, 7 mavzu, Kurs ishi yuzi (RUS), 2 laboratoriya, Mustaqil ish, Заявка на бронирование помещения, Fizika attestatsiya 2022 , 3-амалий. Toʻgʻri chiziq va tekislikdagi nuqtaning koordinatalari., 4-амалий. Мatritsalar va determinantlar
SJIF 
2023:5.971
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
76 
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosamiz asosida bizningcha “milliy 
innovatsiya tizimi” atamasiga maʼlum bir mamlakat milliy innovatsiya tizimining 
funktsional faoliyatini taʼminlovchi, innovatsion rivojlanishni taʼminlaydigan tashkiliy, 
qonunchilik, tuzulmaviy va funktsional tarkibiy qismlarning yigʼindisidir deb taʼrif 
berishimiz mumkin. 
Bu tuzilmalar turli resurslarga yoʼl ochishni taʼminlovchi va innovatsion 
faoliyatning qatnashchilariga maʼlum turda koʼmak beruvchi tarkibiy qismlar 
hisoblanadi. Ushbu tizim korxona (tashkilotlar) majmui, iqtisodiyot va jamiyat 
hayotining barcha doiralaridagi bilimlar va texnologiyalarning oʼzaro harakatini oʼz 
ichiga oladi. 
Fikrimizcha, innovatsiya tizimi fan, texnika, iqtisodiyot, tadbirkorlik va menejment 
tamoyillarini maʼlum bir nuqtada birlashtiruvchi tizim boʼlib, buning natijasida ilmiy 
gʼoyalar hamda loyihalarning innovatsion mahsulotga aylanish davri tezlashadi. Shuning 
uchun jahon amaliyotida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun innovatsiya 
tizimini rivojlantirish eng muhim ustuvor strategiyalardan biri hisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, biz tomondan taklif qilinayotgan Oʼzbekiston 
Respublikasi milliy innovatsiya tizimi modeli maqsadi, moliyalashtirish manbaalari, 
iqtisodiy-tashkiliy institutlar, innovatsion faoliyatni axborot taʼminoti, kadrlar taʼminoti, 
qonunchilik asoslari, davlat ilmiy-texnik dasturlari va loyihalarini amalga oshirishni 
monitoring qilish va muvofiqlashtirish tizimi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, innovatsion 
infratuzilma subʼektlari va bilimdan foydalanuvchilarning oʼzaro aloqalari Oʼzbekiston 
Respubliki Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat 
tashkilotlari, innovatsion faoliyat subʼektlari va innovatsion ishlanmalarni 
tijoratlashtirish darajalarida davlat tuzilmalari uchun qulay institutsional iqlim va 
innovatsion tizim yaratish hamda innovatsion faoliyat uchun strategik yoʼnalishlar 
majmuasini, fundamental bilimlarni rivojlantirishga koʼmaklashishdan iborat. 
Milliy innovatsiya tizimi modelining oʼzaro aloqalari mexanizmini rivojlantirish 
keng koʼlamli murakkab vazifa boʼlib uni Oʼzbekiston Respubliki Prezidenti, 
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat tashkilotlari, innovatsion faoliyat 
subʼektlari va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasida puxta oʼylangan, 
oʼzaro kelishilgan samarali xatti-harakatlari orqaligina amalga oshirish mumkin boʼladi. 
Milliy innovatsiya tizimini rivojlantirishga qaratilgan davlatning ustuvor siyosati, 
bugungi kunda Oʼzbekiston uchun muhim hisoblangan yoʼnalishlar qatoriga kiradi. 
Taklif qilingan milliy innovatsiya tizimi modelidan Oʼzbekiston Respublikasining 
innovatsion faoliyat toʼgʼrisidagi qonun osti xujjatlarini va oʼrta muddatli hamda uzoq 
muddatli davrlar uchun innovatsion rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, istiqbolli 
yoʼnalishlarda muhim innovatsion muammolarni samarali hal etish, hududiy innovatsion-
investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda foydalanishda tavsiya qilinadi.
Tavsiya etilayotgan milliy innovatsiya tizimi modeliga koʼra, Oʼzbekiston 
Respublikasida innovatsiya siyosati Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi va respublika va mahalliy davlat organlari tomonidan oʼz vakolatlari doirasida 
amalga oshiriladi.



Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 71

Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish