|
Axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan darslarning o‘ziga xosliklari mavjud va quyidagilardan iborat
|
bet | 5/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 170,71 Kb. | | #249790 |
Bog'liq 2 мавзу Убайдуллаева Фэруза.Axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan darslarning o‘ziga xosliklari mavjud va quyidagilardan iborat:
- o‘quv materiallari alohida – alohida bo‘laklarga (bloklarga) bo‘linadi.;
- o‘quv jarayoni ham ketma –ket olib boriladi. O‘quv materiali ma'lum bo‘laklarda fikr yuritib o‘zlashtirishga moslashtiriladi;
- o‘quvchining o‘zlashtirishdagi har bir harakati nazoratga olinib, monitoring yo‘lga
qo‘yiladi.
- o‘quv – vazifani bajarib bo‘lishi bilan o‘quvchini o‘zlashtirish uchun navbatdagi vazifa berib boriladi. Shu tariqa bosqichma – bosqich o‘zlashtirishga muhit yaratilib boriladi.
- vazifalarni bajarishda o‘quvchi noto‘g‘ri javob qilsa, o‘sha zahotiyoq yordam
ko‘rsatiladi.
- bunday tashkil etilgan darslarda har bir o‘quvchi alohida – alohida mustaqil ish yuritadi, shu asosda har bir o‘quvchi o‘z imkoniyat darajasida o‘quv materiali va mazmunini
o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- masalaning yana bir jihati shundaki, berilgan mavzu materiali mazmuni, bajariladigan natijalar o‘quvchiga ham, o‘qituvchiga ham ayon bo‘ladi.
Ta'lim jarayoniga kompyuter texnikasining kirib kelishi ta'lim mazmunini yanada boyitdi. Xususan, “Masofaviy ta'lim”, “Media ta'lim”, “Internet forum” va boshqalar.
Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamida darslarning sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy faktorlar bilan aniqlanadi:
- o‘quv dasturining sifatli shakllantirilganligi;
- kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari;
- shaxsning kompyuter imkoniyatlaridan o‘zlashtirib olish malakalarining shakllanishi.
Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e'tibor qaratish kerak:
- Ta'lim oluvchilarda o‘quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi;
- Kompyuter bilan o‘zaro muloqot jarayonida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichi;
- O‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi;
- Erishilgan yutuq va natijalarini o‘zini – o‘zi tekshirish orqali nazorat qilish bosqichi;
- Nazorat bosqichi;
- O‘zini – o‘zi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko‘ra o‘quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi.
|
| |