328
2. EXCEL elektron jadvali qanday ishga tushiriladi va unda ishlash
tartibini tushuntiring.
3. EXCEL elektron jadvali ishchi oynasi tuzilishini izohlang.
4. EXCEL elektron jadvaliga qanday ma’lumotlarni
kiritish
mumkin?
5. EXCEL elektron jadvalida tayyorlangan ma’lumotlar qanday
tartibda tahrirlanadi?
6. EXCEL elektron jadvalida tayyorlangan ma’lumotlarni xotiraga
yozish va undan chiqarish tartibini tushuntiring.
2- chi darajali topshiriqlar.
1. EXCEL elektron jadvalida jadvalli ma’lumotlar qanday hosil
qilinadi va uni jadval ko‘rinishda chop etish tartibini izohlang.
2. EXCEL elektron jadvalida guruh o‘quvchilari haqida ma’lumot
tayyorlash qanday bajarilishiga izoh bering.
3. EXCEL elektron jadvalida tayyor rasmlardan foydalanib
ma’lumot tayyorlash qanday bajariladi?
4. EXCEL elektron jadvalida yacheykalarni
tahrirlash tartibini
tushuntiring.
3- chi darajali topshiriqlar.
1. EXCEL elektron jadvalida formulalar va funktsiyalardan
foydalanish tartibini tushuntiring.
2. EXCEL elektron jadvalida biror korxona yoki tashkilotning bir
oylik daromadlari haqida ma’lumot tayyorlash va unda nimalarga e’tibor
berish kerakligini izohlang.
3. EXCEL elektron jadvalida biror korxona yoki tashkilotning bir
yillik daromadlari va harajatlari haqidagi ma’lumot tayyorlash va unda
nimalarga e’tibor berish kerakligini izohlang.
4- chi darajali topshiriqlar.
1. EXCEL elektron jadvalida biror korxona
iqtisodiyotining oylik
va yillik o‘sish va kamayishini ko‘rsatuvchi ma’lumotni grafik va
diagrammalar shaklida chiqarish va chop etish tartibini izohlang.
2. EXCEL elektron jadvalida biror korxonaning oylik va yillik
daromadi va sarf xarajatlarini hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini
yaratish tartibini izohlang.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, nazorat topshiriqlarining qiyinlik
darajalarini ta’lim oluvchilar imkoniyatidan kelib chiqqan holda
quyidagicha aniqlash mumkin:
1- darajali nazorat topshiriqlari - o‘quvchilarning eslab qolish, bilib
olish va axborotni tahlil qilish natijasida so‘zlab
berishga doir bilimlari
329
tekshiriladigan topshiriqlardan iborat bo‘lishi talab etiladi.
2- darajali nazorat topshiriqlari - reproduktiv darajadagi
o‘zlashtirishga doir topshiriqlar bo‘lib, bular yordamida o‘quvchilar
avval o‘zlashtirgan bilimlari asosida mustaqil ishlashlarini ta’minlovchi
topshiriqlardan iborat bo‘lishi talab etiladi.
3- darajali nazorat topshiriqlari - produktiv darajadagi
o‘zlashtirishga doir topshiriqlar bo‘lib, ular yordamida o‘quvchilar
o‘zlashtirgan bilimlari negizida nostandart masalalarni yechishda
mustaqil fikr yuritishni ta’minlovchi topshiriqlardan iborat bo‘lishi
lozim. Produktiv darajadagi topshiriqlarda murakkab hisoblashlar
kiritish
shart emas, eng asosiysi bir- biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
aqliy xulosalar mujassamlashgan bo‘lishi kerak.
4- darajali nazorat topshiriqlari - izlanuvchi- ijodiy darajadagi
topshiriqlar hisoblanib, ular yordamida o‘quvchilar ijodga intiluvchi,
o‘ziga xos noan’anaviy yondoshuvga doir fikrlash qobiliyatiga
tayanadigan topshiriqlardan iborat bo‘lishi kerak. Bu xildagi topshiriqlar
o‘zlashtirilishini
tekshirish uchun emas, balki ularning echimini
namoyish qilish uchun qo‘llanilishi mumkin.
330
Rasm 18“Informatika” fanidan nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun
tayyorlanadigan ma’ruza matnlarining tarkibiy tuzilishi
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma’ruza
mashg‘ulotlari uchun 18- rasmda tasvirlangan tarkibiy tuzilish bo‘yicha
tayyorlangan ma’ruza materiallaridan namuna keltiramiz: