339
Muhokama uchun savollar va topshiriqlar:
2.1. Informatika fanining asosiy tushunchalariga izoh bering.
2.2. Axborot tushunchasiga ta’rif bering va uning ma’nosini
izohlang.
2.3. Algoritm nima va u qanday usullarda beriladi?
2.4. Dastur va dasturlash tillari haqida ma’lumot bering.
2.5. Axborot texnologiyasi tushunchasiga ta’rif bering.
2.6. Axborotli texnologiyalarga misollar keltiring.
2.7. Axborotning o‘lchov birliklari va ular orasida bog‘lanishni
izohlang.
2.8. Kodlash deganda nima tushuniladi?
2.9. Egiluvchan diskning hajmini axborotning turli o‘lchov
birliklarida ifodalang.
2.10. Siz ishlayotgan kompyuterning qattiq
diski hajmini aniqlang
va uni axborotning barcha o‘lchov birliklarida ifodalang.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Axborotlarning kompyuterlarda ifodalanishi.
2. Kodlashtirish texnologiyalari to‘g‘risida ma’lumot.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Mavzu bo‘yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. Axborot texnologiyalari imkoniyatlarini takomillashtirish.
2. Axborot texnologiyalarini turli sohalarga qo‘llashning samarador
usullarini ishlab chiqish.
3. Axborot texnologiyalaridan ta’lim sifatini oshirishda foydalanish
yo‘llarini takomillashtirish.
11.2. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha amaliy
laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi
Ta’lim jarayonida ma’ruza mashg‘ulotlaridan tashqari yana bir
qancha o‘quv mashg‘ulotlarining turlaridan keng foydalaniladi.
“Informatika” fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan asosiy o‘quv
mashg‘ulotlarining ba’zilarini qarab chiqaylik.
“Informatika” fanini o‘qitishda o‘quv mashg‘ulotlari
ichida amaliy
mashg‘ulotlar alohida ahamiyat kasb etadi. “Informatika” fanidan tashkil
qilinadigan
amaliy
mashg‘ulotlarning
asosiy
maqsadi
nazariy
mashg‘ulotlarda olingan bilimlarni mustahkamlash bilan birga
340
o‘quvchilarga o‘zlarining kelajakdagi
faoliyatlarida zamonaviy
kompyuterlarni qo‘llash imkoniyatlarini ta’minlaydigan amaliy bilim va
malakalar berishdan iboratdir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimida
amaliy mashg‘ulotlarning mazmuni, maqsadi, vazifalari va ularning
shakllari quyidagi talablarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim:
– amaliy mashg‘ulotlarning bajarilishi natijasida o‘quvchilar o‘quv
materiallarini qanday darajada o‘zlashtirilganligi aniqlanadi.
Shuning
uchun amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini turli xil murakkablik darajada
tavsiya qilish;
– amaliy mashg‘ulotlar mazmunini yoritishda topshiriqlar tizimi har
bir mavzu bo‘yicha ta’lim maqsadlarining mazmuniga mos bo‘lishini
ta’minlash;
– amaliy mashg‘ulotlar topshiriqlarini tuzishda o‘quvchilarning
individual xususiyatlarini e’tiborga olish va boshqalar.
– “Informatika” fanidan tashkil qilinadigan amaliy mashg‘ulotlar
mazmuni o‘tilgan mavzularga mos ravishda mashqlar bajarish,
o‘qituvchi tomonidan berilgan
topshiriqlarni bajarish, ta’lim oluvchilar
tomonidan mustaqil bajariladigan laboratoriya ishlaridan iborat bo‘lishi
mumkin.
–
Ta’lim
muassasalarida
“Informatika”
fanidan
amaliy
mashg‘ulotlarning vazifasi quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim oluvchilarda quyidagi amallarni bajarish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
– kompyuterni ishga tayyorlash;
– kompyuterga dastur
kiritish va uni rostlash;
– ixtiyoriy amaliy dastur bilan ishlash;
– kompyuterning matn va grafik muharrirlari vositasidan
foydalanish;
– kompyuterning mavjud imkoniyatlari bilan tanishish;
– ma’lumotlar, dasturlarning nusxalarini olish va ko‘paytirish va
boshqalar.
2. O‘quvchilarda mashqlar bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirish;
– kompyuterda masala yechish bosqichlarini egallash;
– mashqlar bajarish jarayonida nazariy bilimlarni masala yechishga
tatbiq qilish;
– mashqlar bajarish jarayonida ta’lim
oluvchilar ijobiy fikrlash
masalalarini rivojlantirish.
341
“Informatika” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun tanlangan
topshiriqlar mazmuni ixtiyoriy kasb egasiga zarur bo‘lgan amaliy
ko‘nikma va malakaga asoslangan bilimlar minimumi darajasida bo‘lishi
kerak.
“Informatika” fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchi rahbarligida
olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilish va o‘tkazishda
mashg‘ulotning mazmuni va maqsadini oydinlashtirish
uchun amaliy
mashg‘ulot ishlanmalari yaratiladi. Amaliy mashg‘ulot ishlanmalarining
tarkibiy tuzilishi 2- rasmda keltirilgan.
“Informatika” fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazish uchun
tayyorlanadigan ishlanmalarning tarkibiy tuzilishi