348
14. Faylni saqlab qo‘ying.
15. «List2»ni to‘laligicha belgilang, shriftini Arial, o‘lchamini 14 pt
ga o‘tkazing.
16. «List2» ni «2- topshiriq» deb nomlang.
17. Matnlarni kiriting, bunda sarlavha va sarlavha osti matnlari ko‘k
rangda bo‘lsin.
18. «SUM» deb nomlangan yacheyka tarkibida satrlar bo‘yicha
yig‘indi.
19. «Average» deb nomlangan yacheyka tarkibida satrlar bo‘yicha
o‘rtacha qiymat.
20. «%» belgi bilan nomlangan yacheyka tarkibida satrlar bo‘yicha
yig‘indining ustunlar bo‘yicha yig‘indiga nisbatining foizi joylashadi.
21. Barcha formulalar va sonlarni chap chegaraga tekislang va
sonlarni $ belgisi orqali tasvirlang.
22. Yacheykaga ixtiyoriy rang bering. Ichki va tashqi chegaralarni
ramkaga oling.
23. Jadvalga mos diagramma tanlang va diagrammani alohida
varaqqa joylashtiring.
24. Hujjatlarni saqlang va ishni tugating.