|
M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi Pdf ko'rish
|
bet | 195/251 | Sana | 06.09.2024 | Hajmi | 5,02 Mb. | | #270410 |
Bog'liq Inf metRasm 20. “Informatika” fanidan laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazish
uchun tayyorlanadigan ishlanmalarning tarkibiy tuzilishi
346
4 – darajali topshiriqlar.
1. WORD dasturida biror korxona iqtisodiyotining oylik va yillik
o‘sish va kamayishini ko‘rsatuvchi ma’lumotni grafik va diagrammalar
shaklida chiqarish amallarini bajaring.
2. WORD dasturida biror ta’lim muassasa tarkibiy tuzilishini
animatsion vositalar yordamida yaratish amallarini bajaring.
Amaliy mashg‘ulotlarning bir ko‘rinishi bo‘lgan laboratoriya
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga beriladigan mustaqil topshiriqlar ham
tabaqalashgan holatda oddiydan murakkabga qarab taklif qilinishi
maqsadga muvofiq. Shu bilan birga amaliy mashg‘ulotlarni ta’lim
muassasasining yo‘nalishini e’tiborga olib o‘tkazish ijobiy natijalar
berishi tajribalardan ma’lum bo‘lmoqda. Masalan, ijtimoiy – gumanitar
yo‘nalishga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarda har xil matnli
ma’lumotlarni qayta ishlashga doir topshiriqlar; aniq fanlar va
iqtisodiyot yo‘nalishiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalariga qo‘shimcha
qilib, hisoblash, turli jarayonlarni dasturlashga doir topshiriqlar tavsiya
qilish maqsadga muvofiq.
Laboratoriya mashg‘uloti nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda
olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o‘qituvchi rahbarligida
o‘quvchilar olib boriladigan mustaqil amaliy ish hisoblanadi.
O‘quvchilar laboratoriya topshiriqlarini bajarishda ishni bajarish ketma-
ketligi tartibli bayon qilingan metodik ko‘rsatmalardan foydalanadi,
shuning uchun laboratoriya ishi ko‘rsatmalari yuqori sifatli va didaktik
talablar asosida tayyorlanishi kerak. Laboratoriya mashg‘ulotlari
ishlanmalarini tayyorlashning tarkibiy tuzilishi 20- rasmda keltirilgan.
Laboratoriya
mashg‘ulotlari
ishlanmasi
quyidagi
tashkil
etuvchilardan iborat: laboratoriya ishi mavzusi, mavzuning qisqacha
tavsifi, maqsadi, kerakli jihoz va materiallar, nazariy qism, ishni bajarish
tartibi, topshiriqlar, natijalarni qayta ishlash va hisobot tayyorlash.
O‘quvchilar laboratoriya mashg‘uloti ishlanmasini diqqat bilan tanishib
chiqib, ko‘rsatmalar bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni bajaradilar va
tavsiya qilingan tekshirish uchun savollar asosida hisobotlar
tayyorlaydilar.
“Informatika” fanidan laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazish uchun
tayyorlanadigan ishlanmalarning tarkibiy tuzilishi bo‘yicha laboratoriya
mashg‘ulotlarining ishlanmasidan namuna keltiramiz:
|
| |