1- mavzu: Informatika fanining predmeti
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Asosiy savollar:
1. Informatika fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari.
2. Informatika fanining asosiy tushunchalari.
331
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Informatika,
axborot,
texnologiya,
axborot
texnologiyasi,
algoritm,
dastur,
kompyuter, axborotning sifatlari, axborotning xossalari, axborotlashgan
jamiyat, Bit, Bayt, Kbayt, Mbayt, Gbayt.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Informatika fani axborotlarni to‘plash, saqlash, uzatish, qayta
ishlash va ulardan foydalanish haqidagi fan deb qaraladi. Siz ushbu
ta’riflashga qo‘shilasizmi yoki qo‘shilmaysizmi? Sizningcha qanday
ta’rifni fan uchun eng ma’qul deb o‘ylaysiz? O‘zingizga ma’qul bo‘lgan
ta’rifni izohlab bering?
2. Informatika fanida axborot va ma’lumot deb nomlangan
tushunchalar qaraladi. Bu tushunchalarning bir- biridan farqi bormi?
Agar mavjud bo‘lsa, javobingizni izohlang.
1- asosiy savol bo‘yicha darsning maqsadi:
Informatika fanining
mazmuni, maqsadi va vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. Informatika fanining mazmunini ochib bera oladi.
2. Informatika fanining maqsadi va vazifalarini izohlay oladi.
1- asosiy savolning bayoni:
Informatika fani hozirgi vaqtda inson faoliyatining turli sohalarida
qo‘llanilayotgan fanlardan biri bo‘lib, u XX asrning ikkinchi yarmida
yuzaga keldi.
Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni
izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari
bilan shug‘ullanuvchi fandir.
Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan
jarayon) larning qonuniyatlarini o‘rganadi. Informatsion jarayon keng
tushuncha bo‘lib, ma’lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to‘plash,
qidirish va iste’molchiga berishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zida aks
ettiradi.
Informatika atamasi frantsuzcha «informatique» so‘ziga mos kelib,
u frantsuzcha ikkita so‘zdan «information» (axborot) va «automatique»
(avtomatika) so‘zlaridan hosil bo‘lib, axborotni avtomatik qayta ishlash
ma’nolarini anglatadi. Informatika atamasi 60- yillarda Frantsiyada
kompyuterlar yordamida axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish
bilan shug‘ullanadigan soha uchun ishlatilgan. Ingliz tilida bu fan
332
Somputer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan, kompyuter ta’limi,
kompyuter bilimlari) deb yuritiladi.
Informatika atamasi XX asrning 60- yillarida ishlatila boshlagan
bo‘lsada, uning alohida fan sifatida rivojlanishi 40- 50 yillarga to‘g‘ri
keladi.
Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnologiyalari
vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga
ishlov berish, uzatish jarayoni va ularni boshqarish usullarini tizimli
ravishda o‘rganuvchi fandir.
Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga
keldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bo‘la olmaydi va o‘z navbatida
uning rivojiga, yangilanishiga o‘z xissasini qo‘shadi.
Xullas, informatika hisoblash texnikasini yaratish va qo‘llash,
axborot va unga ishlov berish texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Informatikaning asosiy resursi -
axborotdir.
Informatika fani axborotga xodisalar yoki ob’ektlar to‘g‘risidagi
tasavvurlarimizni
o‘zgartiruvchi,
o‘zaro
bog‘liq
ma’lumotlar,
ko‘rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Ana shularni
hisobga olib informatika faniga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Informatika fani – kompyuter texnologiyalari yordamida axborotni
taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini,
ya’ni axborotli jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining
faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini tizimli
o‘rganuvchi fandir.
Informatika quyidagi savollarga javob beradi:
1. Axborotni qanday qabul qilish va saqlash kerak?
2. Axborotga qanday ishlov berish va qanday qilib inson uchun
qulay ko‘rinishga keltirish kerak?
3. Axborot texnologiyalarini yuqori samara bilan qanday ishlatish
mumkin?
4. Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini yaratish uchun
boshqa fan yutuqlaridan qanday foydalanish kerak?
5. Dasturlar yordamida texnik vositalarni qanday boshqarish kerak?
Ma’lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika,
texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabi sohalarning turli masalalari
haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni
tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir
333
ko‘rsatadi. Demak, axborotli jarayonlarning ko‘p qirrali jarayon ekanligi
ayon bo‘lmoqda.
Informatikani tor ma’noda uch o‘zaro aloqador qismlar - texnik
vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmik vositalar
(brainware) sifatida tassavur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani
ham turli sohalar bo‘yicha: xalq xo‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan,
amaliy fan sohasi sifatida o‘rganish mumkin.
Informatika fanining mazmuni quyidagilardan iborat:
•
axborotlarni to‘plash, uzatish va qayta ishlashning umumiy
tavsifi;
•
axborotli jarayonlarning texnik va dasturiy ta’minoti;
•
axborot texnologiyalarining turlari va ko‘rinishlari;
•
zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning tuzilishi;
•
zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llash
va uning ahamiyati;
•
o‘quv va nazorat qiluvchi dasturlar va ular bilan ishlash;
•
matnli va grafikli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari;
•
multimediali texnologiyalar bilan ishlash;
•
tarmoq texnologiyalari bilan ishlash;
•
internet texnologiyasi bilan ishlash;
•
masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish va boshqalar.
Informatika fanining maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
•
kompyuterni kundalik aqliy faoliyatda yordamchi sifatida
foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
•
axborot madaniyati va uning ahamiyati haqida bilim berish;
•
zamonaviy telekommunikatsiya, virtual voqealik, multimedia
tushunchalarini shakllantirish;
•
axborot texnologiyalaridan foydalana olish;
•
informatika vositalaridan foydalanish xavfsizligi masalalari,
aqliy mulk va dastur ta’minotidan foydalanishning huquqiy tomonlari
bilan tanishtirish va boshqalar.
Informatika fanini o‘rganish natijasida axborotlarni to‘plash,
uzatish, saqlash va qayta ishlash qonunlari, usullarini hamda tezkor
kompyuterlar va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari ko‘magidan
foydalanish malakasi hosil bo‘ladi.
|