356
12- BOB. ZAMONAVIY INFORMATIKA VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI XONASI
12.1. Zamonaviy informatika xonasi vazifalari va maqsadi
Zamonaviy informatika xonasi
– bu umumo‘rta maktablar,
akademik litsey va kasb- hunar kollejlarning o‘quv- tarbiyaviy qismi
bo‘lib, o‘quv hisoblash texnikasi komplekti (O‘XTK) bilan, o‘quv
ko‘rsatish qo‘llanmalari, o‘quv jihozlari, mebellar va informatika kursi
bo‘yicha nazariy hamda amaliy darslarni o‘tkazishga mo‘ljallangan
kabinet.
Informatika xonasidagi darslar:
•
o‘quvchilarda kompyuter savodini shakllantirish,
•
o‘quvchilarni hisoblash texnikasini ishlab chiqarishda, proekt-
konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy muassasalarda, o‘quv jarayoni va
boshqarishda ishlatish bilan tanishtirish,
•
informatika asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda
nazariy fikrlashni rivojlantirish,
•
maktabda o‘quv- ta’lim jarayonini tashkil etishni va o‘qitish
uslublarini takomillashtirishga xizmat qilish kerak.
Informatika xonasida quyidagilar o‘tkaziladi:
•
informatika darslari va hisoblash texnikasini, kinofilm,
diapozitivlar, tablitsa va boshqa o‘quv ko‘rsatish qo‘llanmalaridan
foydalanib alohida umumta’lim o‘quv predmetlari,
•
informatika kursi bo‘yicha darsdan tashqari va fakultativ
darslar,
•
eksperiment darslar va amaliy mashg‘ulotlar va boshq.
Informatika xonasida psixologik, gigienik va ergonomik qulay
muhit bo‘lishi kerak, u shunday tashkil etilgan bo‘lishi kerakki,
muvaffaqqiyatli ta’limga, aqliy rivojlantirish va o‘quvchilarni g‘oyaviy-
siyosiy tarbiyalashga, informatika va fan asosidan mustahkam bilim,
malaka va mahorat olishga ta’sir ko‘rsatish kerak va xavfsizlik hamda
sog‘liqni saqlash talablarga javob bera olishi kerak.