• Qo‘shimcha tavsiya qilinadi
  •  Informatika xonasida o‘quv- tarbiya ishlarining tashkil etish




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet202/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    12.2. Informatika xonasida o‘quv- tarbiya ishlarining tashkil etish 
    va o‘quv jarayonini tashkillashtirish 
    Informatika va axborot texnologiyalari xonasi, jihozi (mebeli va 
    AKT vositalari) sanitariya- epidemiologik qoida va normativlar 
    talablariga javob berishi kerak. Informatika xonasida bittadan kam 
    bo‘lmagan o‘qituvchi uchun ish joyi va 12–15 o‘quvchi uchun ish joyi 
    jihozlanishi kerak. Ular informatikadan darslarni tashkil etish uchun 
    quyidagi standart komplekt bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak: sistemali 
    blok, monitor, klaviatura va sichqon, o‘qish va kompakt- disklarni 
    yozish uchun uzatma, audio/video kirish/ chiqish. Kompyuterning asosiy 
    konfiguratsiyasi qo‘llanuvchiga multimedia kontenti bilan ishlash 
    uchun: videotasvirlarni ko‘rsatish, quloqchin(naushnik)lar uchun sifatli 
    stereotovush, mikrofondan nutq kiritish kabi imkoniyatlar yaratib berishi 
    kerak.
    Kompyuterlar maktab ichidagi tarmoqqa va internetga chiqa olishi 
    kerak, bunda o‘tkazgichsiz tarmoq uchastkalaridan foydalanilsa bo‘ladi. 
    Kompyuter jihozi statsionar ko‘rinishda ham, noutbuklar yordamida 
    ham berilishi mumkin.


    361 
    Informatika predmeti o‘qitishning sifatini ta’minlash uchun 
    kompyuter xonasini quyidagi periferik jihozlar bilan to‘liqlash tavsiya 
    qilinadi:
    Majburiy: 
    - printer (A4 formatidagi oq- qora bosib chiqaruvchi,); 
    - o‘qituvchi kompyuteriga ulanadigan multimedia proektori;
    - ekran (shtativda yoki devorda) yoki interaktiv doska; 
    - skaner; 
    - o‘qituvchi ish stoli tarkibidagi akustik kolonka; 
    - Internet tarmog‘iga ulanishni ta’minlaydigan uskunalar. 
    Qo‘shimcha tavsiya qilinadi:
    - printer (rangli bosib chiqaruvchi A4 formatdagi);
    - raqamli fotoapparat; 
    - web- kamera; 
    - Internet tarmog‘iga ulanishni ta’minlaydigan qurilmalar. 
    Kompyuter qurilmasi turli operatsion sistemalardan foydalanishi 
    mumkin (xususan, Windows,Linux, MacOS). Informatika kabinetidagi 
    kompyuterlarga qo‘yiladigan barcha dasturiy vositalar litsenziyalangan 
    bo‘lishi kerak.
    «Informatika va axborot texnologiyalari» o‘quv predmetining asosiy 
    mazmunini o‘zlashtirish uchun quyidagi dasturiy ta’minotning bo‘lishi 
    zarur: 
    - operatsion sistema;
    - faylli menedjer (operatsion sistema tarkibida yoki b. );
    - pochta mijozi (operatsion sistema tarkibida yoki b. ); 
    - brauzer (operatsion sistema tarkibida yoki b. ); 
    - multimedia proigrivateli (operatsion sistema tarkibida yoki b. );
    - antivirusli dasturlar;
    - arxivator dastur; 
    - tarjimon dasturlar; 
    - matnni optik tanish sisemasi; 
    - interaktiv muloqot dasturi; 
    - klaviatura trenajeri; 
    - virtual kompyuter laboratoriyalari; 
    - matn redaktori, taqdimotlarni ishlab chiqish dasturi, ma’lumotlar 
    bazasini boshqarish sistemasi, elektron jadvallarni o‘z ichiga olgan 
    integrallashtirilgan ofis ilovasi; 
    - rastrli va grafikaviy redaktor; 
    - tovush redaktori; 


    362 
    - avtomatlashtirilgan loyihalash sistemasi; 
    - dasturlash sistemasi;
    - geoinformatsion sistema;
    - web- sahifa redaktori.
    Informatikava axborot texnologiyalari xonasining kutubxona 
    fondini doimo quyidagi nashr mahsulotlari bilan yangilab turish zarur: 
    - normativ xujjatlar (Uzbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risidagi 
    me’yoriy xujjatlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash 
    milliy dasturi, DTS va fan dastrulari) Xalq ta’lim Vazirligining me’yoriy 
    xujjatlari, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha dasturlar 
    to‘plami va b.);
    - o‘quv - metodik adabiyotlar (darsliklar, ish daftarlari, metodik 
    qo‘llanmalar, masalalar to‘plami va praktikumlar, tematik va yakuniy 
    nazorat ishlar uchun test topshiriqlari va boshqalar); 
    - «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha ilmiy 
    adabiyotlar (so‘rovnomalar, ensiklopediyalar va b.);
    - davriy nashriyot materiallari.
    Devoriy ko‘rgazma qo‘llanmalar komplekti qatorida «Ish joyini 
    tashkil etish va texnika xavfsizligi» plakati ham bo‘lishi shart.
    Sinf xonasining eshikdan chap tomonidagi devoriga “Kompyuter 
    qurilmalari”, “Xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Algoritm asoslari” 
    stendlarini joylashtirish tavsiya etiladi. Ushbu stendlar eshikdan 70 sm. 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Informatika xonasida o‘quv- tarbiya ishlarining tashkil etish

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish