370
natija bermagan tugatilmagan dasturga
Masalani butunlay echmagan qatnashchi yoki boshqa
masalaning yechimini ifodalovchi dasturga
0
Masala shartlarini bajarilishini, ya’ni masala echimlarini
kompyuterda testlar yordamida ham aniqlash mumkin.
Testlar masala
shartiga mos berilishi shart.
Amaliy ish uchun maksimal 50 ball to‘planadi.
Test topshiriqlari
Olimpiadaning birinchi bosqichida 6- 7- 8- sinflar uchun 25 ta test
topshiriqlari (17 ta javobi tanlanadigan test, 8 ta javobi yoziladigan
testlar) beriladi. Test topshiriqlarini bajarish uchun 75 minut vaqt
ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi.
9- 11 sinf (akademik litsey va kasb- hunar kolejlarining 2- 3 kurs)
o‘quvchilari olipiadaning birinchi, ikkinchi bosqichida 25 ta (17 ta
javobi tanlanadigan test va 8 ta javobi yoziladigan testlar beriladi) test
topshirig‘ini bajaradilar. Test topshiriqlarini bajarishga 75
daqiqa vaqt
ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 2 baldan, noto‘g‘ri
bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni
tashkil etadi.
3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta
javobi yoziladigan testlar), 4 bosqich (Respublika ) olimpiadasida esa
o‘quvchilarga 40 ta test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini
bajarishga 2 soat vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga
1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi.
Eng yuqori
ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Barcha bosqichlarda umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil kiladi.