Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda integrativ




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   251
Bog'liq
Inf met

Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda integrativ 
texnologiyalar 
va 
ulardan 
foydalanish 
usullari. 
Bugungi 
globallashgan jamiyatda har qanday sohada ijobiy natijalarga erishish 
uchun 
yuqori 
samaradorlikka 
yo‘naltirilgan 
texnologiyalar 
va 
jamiyatning intellektual salohiyatidan foydalanishga alohida ahamiyat 
berish talab etiladi.
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n etti yilligiga 
bag‘ishlangan tantanali marosimda: “...ta’lim sohasida zamonaviy 
axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng 
formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, 
bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg‘or yutuqlar 
nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlariga, balki har qaysi 
oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug‘dirishning ahamiyatini 
chuqur anglab olishimiz lozim....” deb ta’kidlaganlar. 
Mamlakatimizda 
ta’lim tizimini rivojlantirish va uning 
samaradorligini oshirish yo‘lida bir qancha amaliy tadqiqot ishlari olib 
borilmoqda. 
Bunday 
tadqiqot 
ishlarining 
asosiy 
mazmuni 
quyidagilardan iborat: 
- ta’lim mazmunini xorijiy tajribalar asosida yangicha mazmunga 
olib kelish va ular asosida yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish; 


382 
- kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, o‘quv predmetlarini 
o‘qitish jarayonini takomillashtirish; 
- o‘quv jarayoniga yangi avlod axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish; 
- o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik, innovatsion va 
integratsion texnologiyalarni joriy etish va hokazo. 
O‘quv jarayonida sifatli va kafolatlangan ta’lim berishda 
ta’limning usullari va vositalari alohida ahamiyatga ega. Zamon talabi 
darajasida o‘quv jarayonini tashkil etishda integratsion ya’ni 
integratsiyalashgan texnologiyalardan foydalanish muhimdir.
Integratsiya so‘zi, lotincha “integratio” so‘ziga mos kelib, o‘zbek 
tilida tiklash, qaytadan boshlash, to‘ldirish ma’nolarini ifodalaydi. 
Ayrim qismlarning, elementlarning bog‘liqliq holatini, ularni qo‘shib 
birlashtirishni ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.
Integratsiya so‘zidan fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro bog‘lanish 
jarayonini ifodalashda ham foydalaniladi. 
Integratsiyalash tushunchasi muhim ilmiy terminlardan biri bo‘lib, 
u umumlashtirish, xulosalar chiqarishda metodologik vosita hisoblanadi. 
Fan va texnikada ushbu metodologik vosita yordamida biror jarayon 
yoki hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uyg‘unlik modellari va 
algoritmlari yaratiladi. 
Uzluksiz ta’lim tizimida beriladigan ta’lim mazmunidagi 
uyg‘unliklarni 
ta’minlash 
muammolarini 
yechishda 
ham 
integratsiyalashning mohiyati alohida ahamiyatga ega. Integratsiyalash 
orqali o‘qitiladigan o‘quv predmetlarining asosiy tushunchalari 
umumlashtiriladi. Biror tadqiqot ob’ekti va metodologiyasiga oid 
ma’lumotlar o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rnatishda ham integratsiyalash 
tushunchasidan foydalaniladi. 
Integratsiyalashgan texnologiya deganda, ikki va undan ortiq 
texnologiyalarni birlashtirish, umumlashtirish va ular orasidagi 
aloqadorlikni o‘rnatishdan hosil bo‘lgan texnologiyalar tushuniladi.
O‘quv jarayonida integratsiyalashgan texnologiyadan foydalanish 
deganda, pedagogik, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini 
birlashtirish, umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rnatish 
orqali faoliyat olib borish holati tushuniladi. 
Ta’lim oluvchilarning o‘quv predmetlar bo‘yicha o‘zlashtirish 
darajasi darsning sifati va samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan 
biridir. Ta’limning sifatini oshirishda darsni to‘g‘ri rejalashtirish va 
maqsadni to‘g‘ri va aniq belgilab olish muhimdir. Maqsadni belgilashda 


383 
natijaga erishish uchun ketadigan vaqt, ta’lim oluvchining ehtiyoji va 
imkoniyatlari, ta’lim oluvchining maqsadga erishishga harakat qilishga 
yo‘naltirilgan metodlar va natijani aniqlaydigan nazorat turlarini 
aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday maqsadga erishish uchun 
o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish 
zarur. 
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik 
va texnologik yondashuvlarning integratsiyasi mahsulidir. Pedagogik 
texnologiya tushunchasiga turli pedagog olimlar turlicha yondashib, 
unga turlicha ta’rif berganlar. YUNESKO tashkiloti pedagogik 
texnologiyaga quyidagicha ta’rif bergan: “Pedagogik texnologiya – 
ta’lim berish va o‘zlashtirish usullarini yaratish, qo‘llash, ularni yagona 
tizimga keltirish yo‘li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining 
barcha 
imkoniyatlaridan 
muvofiq 
foydalanib, 
bilimlar 
o‘zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir”. 
Pedagogik texnologiya - ta’lim metodlari, usullari hamda 
tarbiyaviy vositalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy - 
uslubiy vositalar majmuidir. Pedagogik texnologiya bu o‘z oldiga ta’lim 
shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi butun o‘qitish va 
bilimlarning o‘zlashtirish jarayonini texnik resurslar va insonlarning 
o‘zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo‘llash va 
aniqlashning tizimli metodidir. Pedagogik texnologiya - ma’lumotlarni 
o‘zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o‘zlashtirish 
jarayonidan iborat. Pedagogik texnologiya - o‘quvchining mustaqil 
o‘qishga, bilim olishga, fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydigan 
jarayondir. Pedagogik texnologiya jarayonida o‘qituvchi rahbarligida 
o‘quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o‘rganadi, o‘zlashtiradi. 
Demak, pedagogik texnologiya insonga oldindan belgilangan 
maqsad bo‘yicha ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iboratdir. 
Axborot texnologiyasi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga 
ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, 
qurilmalar, 
usullar 
va 
jarayonlar. 
Axborot 
texnologiyalari 
– 
ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish va ulardan 
foydalanish jarayonida kompyuterdan foydalanish yo‘llari, usullari va 
uslublari. Axborot texnologiyasi – axborotga ishlov berish uchun ushbu 
axborotdan foydalanuvchi jarayonlarning sermehnatligini kamaytirish va 
ularning ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy 
kompyuterdan foydalanish bilan bog‘liq jarayonni ifodalaydi. 


384 
Demak, axborot texnologiyalari deganda axborotni yig‘ish, saqlash, 
uzatish, o‘zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig‘indisi tushuniladi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim muassasalarida tahsil 
olayotgan yoshlarga yangicha yondashishlar asosida, bilim, malaka va 
ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liq o‘quv jarayonini tashkil etib, 
ta’limni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish imkonini berishi mumkin 
bo‘lgan texnologiyadir. 
Kommunikatsiya so‘zi, inglizcha “communication” so‘ziga mos 
kelib, o‘zbek tilida aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot vositasi, 
tutashma, muloqot, ulanish, axborot uzatish usullari va vositalari 
ma’nosida qo‘llaniladi. Kommunikatsiya tizimi – boshqa tizimlar 
orasida axborot uzatish bilan bog‘liq yordamchi vazifalarni bajaradigan 
tizimdir (Amirov va boshq., 2010). 
Kommunikatsion texnologiyalar – tarmoqdagi kompyuterlar orasida 
axborotlarni uzatish uchun marshrutlash (xarakterlarni belgilash) va 
bog‘lanishlarni 
kommutatsiya 
qilish 
vazifasini 
bajaradigan 
texnologiyalardir.
Ta’lim tizimining axborot- kommunikatsiya texnologiyalari 
quyidagi asosiy funktsiyalar va talablarni bajaradi: 
- ta’lim oluvchilar va ularning axborot muhitidan foydalanish 
faoliyatlarini qayd etish; 
- ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning faoliyatini maslahat yo‘li 
bilan qo‘llab- quvvatlashni hisobga olish; 
- ta’lim oluvchilarga zaruriy o‘quv materiallarini mustaqil 
o‘zlashtirish uchun tavsiya qilish; 
- o‘quv jarayonida, ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan 
bilim, ko‘nikma va malakalarning test yordamida, shuningdek, og‘zaki 
va yozma usuldagi nazoratini tashkil qilish; 
- axborot bazasida ta’lim oluvchilarga tavsiya qilingan o‘quv 
materiallaridan, 
qo‘shimcha 
adabiyot 
va 
boshqa 
vositalardan 
foydalanishi uchun o‘quv muassasasi axborot resurslaridan masofadan 
turib foydalanish imkonini yaratish; 
- virtual laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy topshiriqlarni 
bajarishda masofadan turib ta’lim muassasasi xodimlarining maslahati 
va boshqa yordamlarini uyushtirish va hokazo. 
Integratsiyalashgan texnologiyalar asosida tashkil etiladigan o‘quv 
jarayonida o‘quv predmetlarining asosiy mazmuni quyidagi o‘quv- 
uslubiy materiallardan iborat bo‘ladi: 


385 
- elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron metodik 
qo‘llanmalar va boshqa qo‘shimcha materiallar; 
- elektron o‘quv- uslubiy majmualar; 
- o‘zini o‘zi nazorat qilish uchun test dasturlari va savollar 
majmuasi; 
- virtual laboratoriya ishlari va ularning tavsifi; 
- mustaqil ishlar va nazorat ishlari; 
- hisoblash dasturlari, elektron ma’lumotnomalar, elektron ilovalar; 
- qo‘shimcha dasturiy ta’minotlar. 
Integratsiyalashgan texnologiyalarning qo‘llanilishi natijasida o‘quv 
mashg‘ulotlari masofadan turib tarmoq texnologiyalari imkoniyatlaridan 
foydalangan holda tashkil etishga olib keladi. Bu esa masofali o‘qitishni 
tashkil etishning asosidir. Masofali o‘qitishda tarmoq texnologiyalarining 
asosiy vazifasi o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi 
muloqotni ta’minlashdan iborat. O‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi 
doimiy muloqotsiz tashkil qilingan o‘quv jarayoni ko‘zlangan samarani 
bermaydi. Ta’lim tizimining kunduzgi shaklida o‘qituvchi va o‘quvchi 
orasidagi muloqot bir vaqt, bir joyda o‘quv auditoriyasida amalga 
oshiriladi. Masofali o‘qitishda esa bu jarayon telekommunikatsion 
vositalar asosida kompyuterning tarmoq texnologiyalari orqali amalga 
oshiriladi. 
Yuqorida 
ko‘rib 
chiqilgan, 
uchta 
texnologiyalarning 
integratsiyalashgan holati ta’lim berish va o‘zlashtirishning eng maqbul 
texnologiyasi deb qarash mumkin. Pedagogik va axborot texnologiyalari 
imkoniyalaridan foydalangan holda ta’lim oluvchilar uchun axborot- 
ta’lim muhitini yaratib, kommunikatsiya texnologiyalari vositalari 
asosida 
ta’lim 
oluvchilarga 
yetkazib 
berish 
jarayonlari 
integratsiyalashgan texnologiyalarning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Zamonaviy talab darajasida o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim 
mazmunlarini umumlashtirish va to‘ldirishda integratsiyalashgan 
texnologiyalar alohida ahamiyat kasb etib, ko‘zlangan maqsadga 
erishishni kafolatlashga yordam beradi.

Download 5,02 Mb.
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda integrativ

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish