387
elektron jadvallar, kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazasi kabi
mavzularni o‘qitish metodikasi masalalari.
Informatika fanining eng asosiy tushunchalaridan biri axborot
tushunchasidir. Axborot tushunchasi informatika fanida juda ko‘p
qo‘llaniladigan tushuncha bo‘lib, informatika fani ayni shu axborot
ustida bo‘ladigan turli xil jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishning
qonun - qoidalarini o‘rganib boradi.
Axborot deganda atrof – muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning
o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
tushuniladi.
Axborot so‘zi lotincha «informatsiya» so‘ziga mos kelib,
tushuntirish, tavsiflash degan ma’nolarni bildiradi.
Axborot bu - biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali qabul qila
oladigan ma’lumotlar to‘plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea-
hodisalar haqidagi ma’lumotlar yig‘indisidir. Shuning uchun axborotni
kitoblarda, jurnallarda, yozuvimizda, o‘zaro muloqotimizda, radio va
televidenielar kabilarda uchratish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan biri bo‘lgan kompyuterda
axborotlarni saqlash, qayta ishlash va bir joydan ikkinchi joyga uzatish
ishlari bajariladi. Bunda axborotlar miqdorini bilish uchun uning o‘lchov
birliklaridan foydalaniladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanida bundan tashqari,
algoritm, dastur, kompyuter, texnologiya, axborotlashgan jamiyat va
boshqa tushunchalar ham mavjud.