Axborot texnologiyasi biror ob’yekt, jarayon yoki hodisaning
holati haqidagi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishni amalga
oshiruvchi jarayondir.
Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot,
ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash,
qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
“Axborot va jamiyat” mavzusini o‘qitish metodikasi Berilgan mavzuni o‘rganishdan asosiy maqsad – o‘quvchilarda
axborot haqida tushuncha hosil qilish, har qanday axboriy jarayonlarni
aniqlab olishni o‘rgatish, jamiyatni rivojlantirishda axborotning tutgan
o‘rnini va "Informatika" fanining ahamiyatini ko‘rsatishdan iboratdir.
Bu mavzu informatika predmetini o‘rganishdagi birinchi mavzu
hisoblanadi. Shuning uchun birinchi darsning boshlang‘ich qismi
tashkiliy masalalar va informatika xonasidagi texnik va yong‘in
xavfsizligi masalalariga bag‘ishlanishi maqsadga muvofiqdir.
Shundan so‘ng o‘qituvchi misollarga asoslangan holda ma’lumot,
axborot nima ekanligini, informatika nimani o‘rganishini va nima uchun
ushbu predmet o‘rganilishi zarurligini, jamiyatni rivojlantirishda
axborotning va informatikaning o‘rni va ahamiyatini o‘quvchilarga
yetkazishi, o‘quvchilar tomonidan esa o‘zlashtirib olinishiga erishish
lozim.
Birinchi dars qiziqarli bo‘lishi va o‘quvchilarni zeriktirib
qo‘ymasligi uchun o‘qituvchi ushbu darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishi
lozim. Imkon qadar oz vaqt ichida asosiy maqsadni va bosh vazifalarni
ko‘rsatish, shu bilan birga darsni ortiqcha ma’lumotlar bilan band
qilmaslik zarur.
389
Ushbu mavzu bo‘yicha dars soatlarini quyidagicha taqsimlash
tavsiya etiladi:
№
Dars mavzusi
Ma’ruza
1.
Axborot. Axboriy jarayonlar. Informatika fani.
2 soat
2.
Axborotlashgan jamiyat. Jamiyatni
rivojlantirishda informatikaning o‘rni.
2 soat
Jami:
4 soat