388
uning xususiyatlari o‘zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo
bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi.
-
Axborotning o‘z vaqtidaligi
- uning avvaldan belgilab qo‘yilgan
vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan
olinganligini bildiradi.
-
Axborotning aniqligi
- olinayotgan axborotning ob’yekt,
jarayon, hodisa va boshqalarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan
belgilanadi.
-
Axborotning ishonarliligi
- axborotning real mavjud
ob’yektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.
-
Axborotning barqarorligi
- axborotning asos qilib olingan
ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga
qodirligini aks ettiradi.