381
shakldagi materiallarda o‘z ifodasini topadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar tizimiga asosan o‘tkaziladigan
ma’ruza mashg‘ulotlarining asosiy jihati o‘quv jarayonining so‘nggida
ta’lim oluvchilar o‘z imkoniyatlari darajasiga mos kafolatlangan bilim
olishga qaratilgan. Ma’ruza mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik
texnologiyalarda ko‘zda tutilgan texnologik yondashuv asosida tashkil
qilish uchun quyidagi masalalar hal qilinishi kerak:
- Fanning har bir ma’ruza mashg‘uloti bo‘yicha maqsad va
vazifalarni belgilash;
- O‘quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish;
- Maqsadlarga erishish usullarini ishlab chiqish;
- Erishilgan o‘quv maqsadlarini baholash.
Ma’ruza mashg‘ulotlaridagi pedagogik yondashuvlarning asosiy
mohiyati o‘qituvchilar o‘z oldiga o‘quvchilar o‘quv materialining
mazmunini, mohiyatini tushunishi, o‘zlashtirishi, olgan bilimlarini
amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishlarini maqsad qilib qo‘yadi. Pedagogik
maqsadlarga erishganlik darajasini bilish uchun turli xildagi nazorat
topshiriqlarining qay holatda bajarilishi kuzatiladi.