M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   251
Bog'liq
Inf met

MO‘ arxitekturasi. 
MO‘T ni
 
texnik amalga oshirish yetarlicha 
murakkab dasturiy- appartali majmuani tashkil etadi. Dasturiy ta’minot 
bilan bir necha toifadagi foydalanuvchilar, shu jumladan: o‘qituvchilar, 
o‘quvchilar, o‘quv kuprslarining mualliflari, boshqaruvchilar, menejerlar 
(o‘qitish jarayonini nazorat boshqaruvchilar) ishlaydilar. Tizimning har 
bir tofadagi foydalanuvchilari uchun ko‘zlarining foydalaniladigan 
interfeysi joriy etilishi lozim. MO‘ uchun mo‘ljallangan dasturiy 
mahsulotning asosiy komponentasi bo‘lib: 


407 
- o‘quv kontentni ishlab chiqarish vosita (lari)si (Authoring tools); 
- o‘qitishni boshqarish tizimi (CMI yoki LMS - Learning 
Management System); 
- o‘quv jarayoni ishtirokchilari orasida axborot almashinish tizimi; 
- o‘quv kontentni yetkazish tizimi (odatda, veb- sayt). 
Masofali o‘qitish jarayonida o‘quvchilar joriy qilingan ta’lim 
portalidan kerakli mavzular bilan ketma - ket tanishib, fan mavzularini 
o‘zlashtiradilar. O‘zlashtirish darajalarini bilish uchun har bir mavzu 
nihoyasida 
test 
topshiriqlarini 
bajarib 
ko‘rish 
mumkin. 
Test 
natijalarining ijobiyligiga qarab keyingi mavzularga ketma - ket o‘tiladi. 
Masofali o‘qitishda axborot texnologiyalari ta’lim portallari 
vositasida axborot resurslari ustida quyidagi amallarni bajaradi: 
- axborot resurslarini hosil qilish va taqdim etish; 
- axborot resurslarini saqlash, qayta ishlash va uzatish; 
- axborot resurslaridan foydalanish, nazorat qilish va amaliyotga 
joriy qilish. 
Masofali 
o‘qitish jarayonining asosiy tashkil etuvchilari 
quyidagilardan iborat: 
- ta’lim axborotlari; 
- ta’lim texnologiyalari; 
- axborot texnologiyalari. 
Ta’lim axborotlari deganda masofali o‘qitish jarayonida 
qatnashayotgan o‘quvchilarga beriladigan biror soha bo‘yicha 
mutaxassisning faoliyatida zarur bo‘lgan bilimlar majmui tushuniladi.
Ma’lumki, kunduzgi ta’lim tizimida o‘qituvchi ta’lim axborotlarini 
o‘quvchilarga yetkazib beradi. Masofali o‘qitishda esa, ta’lim 
axborotlarini o‘quvchining o‘zi kompyuter texnologiyalari vositasida 
qabul qilib oladi. Shunday ekan, masofali o‘qitishga mo‘ljallangan 
axborot resurslarni tayyorlashga alohida e’tibor berish kerak. Axborot 
resurslariga masofali o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim portallari, elektron 
darsliklar, bilimlarni baholovchi ekspert tizimlarni keltirish mumkin.
Ta’lim texnologiyalari deganda masofali o‘qitish uchun 
tayyorlangan 
ta’lim axborotlarini tinglovchiga uzatish uchun 
foydalaniladigan didaktik vositalar majmui tushuniladi.
Masofali o‘qitishda foydalaniladigan ta’lim texnologiyalariga 
quyidagilarni keltirish mumkin: 
- videoma’ruza; 
- multimedia ma’ruza; 


408 
- videoanjumanlar; 
- elektron multimedia darsliklari; 
- kompyuterli o‘qitish va test oluvchi tizimlar; 
- imitatsion modellar va kompyuterli trenajyorlar; 
- telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish uchun maslahatlar 
va boshqalar.
Bu ta’lim texnologiyalarining asosiy qismlari ta’lim portallarida o‘z 
aksini topadi. Ta’lim portali masofali o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va 
o‘quvchilarni bog‘lab turuvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Masofali o‘qitish jarayonining asosiy tashkil etuvchilaridan yana 
biri axborot texnologiyalari tushunchasidir. Axborot texnologiyalari 
deganda masofali o‘qitishdagi ta’lim axborotlarini saqlash, qayta 
ishlash, o‘quvchilarga yetkazish, o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasidagi 
muloqotni ta’minlash, o‘quvchilar olgan bilimlarini baholash kabi 
vazifalarni bajaruvchi texnik va dasturiy vositalar majmui tushuniladi. 
Masofali o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning olgan bilimlarini 
baholashda axborot texnologiyalarining avtomatlashtirilgan tekshirish 
tizimlaridan foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan tekshirish tizimlarining 
asosiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat: tabaqalashtirilgan va 
yakkama- yakka nazorat qilish; o‘zini o‘zi nazorat qilish; fan 
mavzularini qay darajada o‘zlashtirganligini ko‘rsatish; o‘quvchilarga 
fanni o‘zlashtirishda kerakli tavsiyalar berish va boshqalar 

Download 5,02 Mb.
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish