14.2. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish
istiqbollari Informatika o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va
ularning ahamiyati.
Masofali o‘qitish texnologiyalari asosida amalga oshiriladigan
o‘quv jarayoni o‘z ichiga auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil
shug‘ullanish mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Har ikki o‘quv
mashg‘ulotlari
ham
masofadan
turib
tarmoq
texnologiyalari
imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Masofali o‘qitishda tarmoq texnologiyalarining asosiy vazifasi
o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi muloqotni
ta’minlashdan iborat. O‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi doimiy
muloqotsiz tashkil qilingan o‘quv jarayoni ko‘zlangan samarani
bermaydi. Ta’lim tizimining kunduzgi shaklida o‘qituvchi va o‘quvchi
orasidagi muloqot bir vaqt, bir joyda o‘quv auditoriyasida amalga
oshiriladi. Masofali o‘qitishda esa bu jarayon telekommunikatsion
409
vositalar asosida kompyuterning tarmoq texnologiyalari orqali amalga
oshiriladi.
Masofali o‘qitishda telekommunikatsiya texnologiyalarini ikki turga
ajratish qabul qilingan:
1. Online texnologiyasi.
2. Offline texnologiyasi.
Online texnologiyasida masofali o‘qitish tizimi qatnashuvchilari
belgilangan vaqtda axborot almashinishlari mumkin. Bu texnologiyada
ta’lim tizimi ishtirokchilari o‘quv mashg‘ulotlarni kelishilgan biror aniq
vaqtda o‘tkazadilar. Bu texnologiyadan foydalanish uchun dastlab,
Internet tarmog‘i orqali aniq vaqtda ma’lumotlar almashinuvi tashkil
qilinadi. Bu jarayon Internet texnologiyasidagi mavjud xat- xabar
almashuvchi tizimlar orqali amalga oshiriladi. Unga juda ko‘p
qo‘llaniladigan Chat (Internetning muloqot qilish xizmati) tizimini misol
qilishimiz mumkin. Bu tizimda ikki foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqot
ta’minlanadi. Suhbat jarayoniga ko‘pchilikni jalb qilish kerak bo‘lsa
IRC (Internet Relay Chat – Internet foydalanuvchilarining haqiqiy vaqt
rejimida bog‘lanish xizmati) serveriga ulanish kerak bo‘ladi. Online
texnologiyasi masofali o‘qitishda seminar mashg‘ulotlari va guruh
bo‘yicha maslahatlar o‘tkazishda alohida ahamiyatga ega.
Masofali o‘qitishning Offline texnologiyasidan foydalanganda
ta’lim jarayoni o‘quv materiallari o‘qituvchi tomonidan tayyorlanib,
server kompyuterning xotirasida saqlanadi. Bu o‘quv materiallari ta’lim
portallari deb nomlanuvchi Internet muloqot saytlari mazmunini tashkil
qiladi. O‘quvchilar maxsus dasturlar (Internet brauzerlari va boshqalar)
orqali o‘ziga qulay vaqtda ko‘rib chiqib, o‘z bilimlarini oshiradilar.
Offline texnologiyasining asosiy ijobiy tomoni kompyuter va
telekommunikatsiya vositalari qobiliyatlariga qo‘yiladigan talablarning
kamligidadir. Bu texnologiyada ta’lim oluvchilar ta’lim portaliga
joylashtirilgan axborot resurslari mazmunini ko‘rib chiqish orqali ta’lim
oladilar. O‘quvchilar o‘qituvchilar bilan muloqotni Internetning elektron
pochta (e- mail) xizmati orqali amalga oshiradi.
Offline texnologiyasining samaradorligi ta’lim oluvchining ixtiyoriy
vaqtda ta’lim olishga sharoit yaratishidir. Bu texnologiyada joriy
maslahatlar, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar hamda mustaqil ishlash
uchun topshiriqlar Internet serverida joylashgan kompyuter xotirasidagi
portalda o‘z aksini topgan bo‘ladi. O‘quvchi o‘z kompyuterini
Internetga ulab, brauzer dasturi orqali internet portali manzilini
klaviatura orqali kiritib ta’lim portalini o‘z kompyuteri ekraniga joriy
410
qiladi. Masalan, brauzer dasturi adreslar satriga
www.istedod.uz
manzili
kiritilsa,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Iste’dod”
jamg‘armasi tomonidan yosh, istiqbolli professor - o‘qituvchilarning
maqsadli masofali malaka oshirish kurslari materiallari bilan tanishish
mumkin.
www.iatp.uz
manzilida internetda ishlash, axborotlarni himoya
qilish, web ustalari uchun seminar kurslaridagi o‘quv materiallari
joylashgan.
www.elamak.freenet.uz
manzilida web kurslar uchun
elektron axborot resurslaridan foydalanish mumkin.
www.dl.net
manzilida masofali o‘qitish resurslari shu jumladan on-line kurslarining
o‘quv materiallaridan foydalanish mumkin.
www.lessons.ru
manziliga
murojaat qilinsa Rossiyaning masofali o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim
portali ekranda paydo bo‘ladi. Bu portalning sahifalarida xorijiy ta’lim
muassasalarining o‘quv dasturlari va on- line tartibidagi darslardan
foydalanish mumkin.
www.intuit.ru
manzilida esa, Rossiya axborot
texnologiyalari ochiq universitetining ta’lim portaliga murojaat qilinadi.
Bu portaldan turli xil kitoblarni o‘qish, axborot texnologiyalari
sohasidagi bepul kurslarida malaka oshirish, tegishli sertifikat va
diplomlar olish mumkin.
www.ocw.mit.edu
manzilida Amerika
Qo‘shma Shtatlaridagi Massachusets texnologiya institutining ochiq
sayti joylashgan bo‘lib, unda iqtisodiyot, arxitektura, matematika,
kimyo, tarix, adabiyot kabi 34 ta turli sohalar bo‘yicha 3 mingdan ortiq
bepul kurslardan foydalanish mumkin.
Hammamizga ma’lumki, har bir universitet yoki ta’lim muassasi o‘z
ta’lim jarayonini boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan kelib
chiqqan holda, o‘zining virtual axborot ta’lim muhitini yaratishga
harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib, virtual axborot ta’lim muhitini
yaratishning hojati qolmagan, chunki Web muhitiga moslashgan har hil
turdagi dasturiy majmualar jonkuyar dasturchi va ta’lim sohasida ishlab
kelayotgan xodimlarning hamkorlikda ishlashlari shuningdek, ta’limga
yo‘naltirilgan fondlar tomonidan qo‘llab quvvatlanishi natijasida, erkin
va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan.
O‘quv muassasasida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishga
qo‘yiladigan texnik va dasturiy talablar MT jarayonini amalga
oshirishda qo‘yida ko‘rsatilgan bosqichlar asosida amalga oshirish
mumkin:
1- bosqich: Tahlil
2- bosqich: Loyihalashtirish
3- bosqich: Joriy qilish
4- bosqich: O‘quv kontentlarini yaratish
411
5- bosqich: Ishga tushirish
6- bosqich: Rivojlantirish
1- bosqichda o‘quv muassasining masofaviy ta’lim jarayoniga
bo‘lgan
ehtiyojlari,
ta’lim
jarayonida
qatnashayotgan
foydalanuvchilarning soni, o‘qitish usullari va shakllari, loyihani amalga
oshirishdakerak bo‘ladigan texnik, dasturiy va inson resurslari,loyihani
iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi.
2- bosqichda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami
va texnik topshiriq loyihalashtiriladi.
3- bosqichda esa tanlangan masofaviy ta’lim jarayonini
boshqaruvchi dasturiy majmuaa tegishli serverda o‘rnatiladi, tizimga
tegishli domen tanlanadi. Masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi
dasturiy majmuasidan foydalanish va unga texnik qo‘llab quvvatloshchi
ishchi
xodimlarni
o‘rgatish
bo‘yicha
o‘quv
mashg‘ulotlar
tashkillashtiriladi.
4- bosqichda masofaviy ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan
biri bo‘lmish o‘quv kontentlar o‘quv bo‘limi va soha mutaxasislari bilan
hamkorlikda yaratiladi. Yaratilgan o‘quv kontentlar eskpertlar
tomonidan tekshiriladi.
5- bosqichda masofaviy ta’lim jarayoni ishga tushiriladi. Ta’lim
jarayonida o‘quv jarayoni doiymi nazoratda bo‘lib turadi. Tizimdagi
havfsizlik choralari monitoring qilib boriladi.
6- bosqichda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan
kamchiliklar to‘g‘rilanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi, texnik
imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan
ishlar ko‘lami bajariladi.
Web- xosting xizmatini tanlash. Web- xosting xizmatini tanlashlash
biz
UZINFOCOM
Markazining
texnologik
maydonchasidan
foydalanishni tavsiya etamiz.
UZINFOCOM Markazining texnologik maydonchasi milliy
foydalanuvchilar va birinchi navbatda, davlat boshqaruvi va hokimiyati
organlari, hamda ta’lim va notijorat muassasalariga zamonaviy
darajadagi sifatli xosting xizmatini ko‘rsatish maqsadida 2006 yilda
tashkil etilgan. Xizmatlar axborot havfsizligini ta’minlashning barcha
xalqaro standartlariga to‘liq mos ravishda ko‘rsatiladi, shu bilan birga,
axborot resurslari egalariga o‘z resurslarini saqlash va ma’lumotlar bilan
ishlashda maksimal qulaylikni ta’minlaydi. Ushbu texnologik
maydoncha shu kabi komplekslarga qo‘yiladigan barcha talablarga
javob beradi. Xususan, ma’lumotlarni saqlash va ularning yaxlitligini
412
ta’minlash, ma’lumotlar saqlashni zahiralash, 24 soat davomida doimiy
texnik
xizmat
ko‘rsatish.
Foydalanuvchilarning
texnologik
maydonchada
joylashtirilgan
resurslari
uning
infratuzilmasidan
foydalanadilar. Yagona tekshirilgan dasturiy ta’minotdan foydalanish
esa mijozlarga dasturlarni yaratish zaruriyatidan ozod etib, ularni
axborot resurslarini joylashtirish va faoliyat yuritishi bilan bog‘liq
muammolardan holi etadi. Bunday kompleks echim mijozlar uchun
mavjud bo‘lgan turli dasturiy modullardan foydalanish orqali o‘z kuch
va resurslarini axborot xizmatlarini shakllantirish va jadallashtirishga
yordam beradi. Bundan tashqari, UZINFOCOM Markazi tarkibidagi
kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati UZCERT, texnologik
maydonchada joylashgan resurslarni yetarli darajada havfsizligini
ta’minlaydi. Hozirgi kunda texnologik maydonchada Agentlik
saytiaci.uz; UZ- CERT serverlari; ZiyoNET tarmog‘i moslamalari,
www.ziyonet.uzportali; Milliy qidiruv tizimi www.uzserverlari; UZ
domen zonasining yuqori bo‘g‘in o‘zak serverlari joylashgan. Shu bilan
birga texnologik maydonchada 80 tadan ortiq tashkilotlarning saytlari,
shu qatorda davlat organlarining saytlari, ijtimoiy yo‘naltirilgan
loyihalarning saytlari va ularning miqdori doimiy ravishda o‘smoqda.
Texnik maydoncha uskunalarining umumiy quvvati hozirgi kunda 11 ta
server, jami chastotasi 42 GGts bo‘lgan 14 ta protsessor, 26 Gbayt
operativ xotira moslamasi va 4 Tbayt bo‘lgan disk makonidan iborat.
Masofali ta’lim tizimining vazifasi: masofali o‘quv kurslarini
yaratishda ekspert tomonidan o‘quv kurs traektoriyasini belgilashi,
parametrlarni kiritishi va o‘quvchilar bilimini baholashda adaptivlashgan
testlar bazasini yaratishi shuningdek shakllantirishi mumkin.
Tizim o‘quvchining boshlang‘ich bilim darajasidan kelib chiqqan
holda har bir o‘quvchi uchun individual o‘quv traektoriyasini
shakllantirish imkoniyatini beradi. Tizim orqali masofadan o‘qitish
jarayonini tashkillashtirish mumkin.
O‘quv tizimining afzalligi:
• tizimda foydalanuvchilarning har- xil rollarining mavjudligi
(Administartor, o‘qituvchi, talaba va mehmon);
• foydalanuvchi uchun qulay interfeys;
• o‘quvchining boshlang‘ich bilim darajasidan kelib chiqqan holda
individual o‘quv traektoriyasini shakllantirib berishi;
• adaptivtestlarni yaratish imkoniyatining mavjudligi;
• o‘quvchining natijalarini ma’lumotlar bazasida saqlashi va
tahlil,eksport qilish imkoniyati;
413
• Tizim orqali ixtiyori fandan masofali ta’lim jarayonini
tashkillashtirish imkoniyati;
• Video konferentsiyalar tashkillashtirish imkoniyati;
• Internet kommunikatsiya elementlarining mavjudligi (Chat, forum,
ichki ma’lumotlar almashish tizimi);
• Qo‘yida ko‘rsatilgan formatlar bilan bilan ham ishlash imkoniyati:
• Graphics (JPEG, GIF, PNG)
• HTML
• Video (AVI, MPEG)
• Adobe FLASH
• Adobe PDF
• MS Office (DOC, PPS)
• Texnik ta’minotga minimal talablar.
Tizimning hajmi: Tizimga kiritilgan o‘quv kurslarning hajmidan
kelib chiqqan holda aniqlanadi.
O‘quv tizimining normal ishlashi uchun kompyuterga qo‘yiladigan
talablar: Doimiy xotirada kamida 1 GB bo‘shjoyining majdud bo‘lishi;
• Kamida 125 Mb operativ xotira;
• operatsion sistemalar: Windowsyoki Linux;
• PostgreSQL,Microsoft SQL Server;
• Appliaction Server: Apache, Interpretator- PHP;
Moodle – yuqorida keltirilgan ta’rifni takrorlagan holda inglizcha
so‘zlarning abbreviaturasi bo‘lib Modular Object Oriented Dynamic
Learning Environment - modulli ob’ektga yo‘naltirilgan dinamik
o‘qitish muhiti (MOYDO‘M). GNU GPL litsenziyasi bo‘yicha erkin
foydalanish mumkin bo‘lgan veb (vebga yo‘naltirilgan) ilova
hisoblanadi. Moodle tizimi “ijtimoiy konstruktsionizm pedagogikasi”
asos qilib olingan. Tizim asosan o‘qituvchi(lar) va talaba(lar) o‘rtasida
o‘zaro (bilim olish) munosabatini tashkillashtirishga yo‘natirilgan.
Moodle avtori - Martin Dougiamas. Kursning yakunlashi bilan
Computer
Science
and
Education
yo‘nalishi
bo‘yicha
universitetniyakunlabdoktorlikdissertatsiyani
tayyorlab
yoqlagan
(Ph.D.).Doktorlik dissertatsiyasining mavzusi: "The use of Open Source
software to support a social constructionist epistemology of teaching and
learning
within
Internet-
based
communities
of
reflective
inquiry"nomlangan. Moodle PHP dasturlash tilida yozilgan, SQL-
ma’lumotlar bazasi asosida ishlaydi (MySQL, PostgreSQL, Microsoft
SQL Server va boshq.). Moodle SCO ob’ektlari bilan ishlay oladi va
SCORM standartini qanoatlantiradi. Moodle arxitekturasi modulli
414
ishlash printsipida bo‘lganligi sababli, uning imkoniyatlarini qo‘shimcha
plaginlar orqali kengaytirish mumkin. Ta’lim(o‘qish)ni boshqarish
tizimi – o‘quv faoliyatini boshqarish tizimining asosi (inglizcha
Learning Managment System) bo‘lib, umumiy kirish huquqini
ta’minlaydigan o‘quv on- line materiallarni shakllantirish, boshqarish va
tarqatish uchun qo‘llaniladi. Kurs yaratuvchisi uchun vizual o‘quv
muhitida ta’lim berish ketma– ketligi asosida materiallarosonlik
bilanyaratiladi. Tizim tarkibiga turli ko‘rinishdagi individual materiallar,
kichik guruhlarda ishlash uchun loyihalar va barcha talabalar uchun
mazmundor hamda kommunikativ komponentalarga asoslangan o‘quv
elementlari kiradi.
Moodle masofaviy o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab- quvvatlash
uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi – o‘quv materiallarini turli
usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazorati alohida
ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Moodle da 15 turdagi interaktiv
o‘quv materiallari mavjud bo‘lib, ularning soni oshib bormoqda. Kurs
yaratuvchisi tizimning bunday imkoniyatidan foydalangan holda
o‘qitiladigan fanni talabalarga (bilim oluvchilarga) interaktiv ko‘rinishda
taqdim etish imkoniyatini yaratadi.
XXI asrni bemalol texnologiyalar va u bilan bog‘liq bilimlar asri
deya olamiz. Bilimlarni o‘rganish turlari, yo‘llari, usullarini kengaytirib
yuborgan
asr.
AQShning
Stenford
universiteti,
Massachusets
Texnologiya instituti (MTI) kabi bir necha nufuzli oliy o‘quv yurtlari
bepul “onlayn” kurslarini taqdim etmoqda. Tajriba tariqasida ilk bor
tashkil etilayotgan mazkur darslar dunyoning barcha davlatlaridagi
talabalar uchun ochiq. Qizig‘i shundaki, ushbu kurslarda o‘qish mutlaqo
bepul va ularni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga diplom (sertifikat) ham
beriladi (ayrim kurslar tekin sertifikat berishadi lekin ko‘p kurslarda
ma’lum bir tulovdan keyin sertifikat olish mumkin). Internet orqali
o‘quv materiallarini bepul va erkin tarqatishga mo‘ljallangan “Ochiq
darsxona” (Open courseware) deya nomlanuvchi elektron tizim bundan
o‘n yilcha muqaddam MTI tomonidan tashkil etilgan edi. Shundan so‘ng
yuzlab boshqa kollej va universitetlar ham o‘quv materiallarini
internetga barcha uchun bepul va ochiq qo‘yish amaliyotini yo‘lga
qo‘ydi.
|