399
faoliyat qilayotgan o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda va yakkama-
yakka tartibda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarni rejalashtirishda biz quyidagi
masalalarni amalga oshirishga harakat qilamiz: o‘quvchilarga internet va
uning mkoniyatlari haqida tushuncha berish, ularni tarmoqlarda ishlay
olishga o‘rgatish, o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi eng ko‘p kiriladigan
saytlar bilan tanishtirish va amaliyotda axborot va telekommunikatsiya
vositalarini
fanlarni
o‘kitishda shu jumladan xorijiy tillarni
o‘rganishdagi qimmatini ko‘rsatish. Akademik litsey va kasb - hunar
kollej o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning
taxminiy
mavzulari quyidagilardan iborat bo‘lgan:
- Internet tarixidan.
- Internetda ishlash alifbosi.
- Izlash tizimlari.
- www.ziyonet.uz sayti bilan tanishuv.
- Elektron pochta va unda ishlash tartibi.
- Elektron pochta orqali xatlarni rasmiylashtirish.
«Virtual kollej» loyihasi
– yuqorida qayd etilgan ishlarni zamonaviy
axborot texnologiyalari yordamida hal etishga urinishlarning biridir.
Virtual kollej vazifalari, dastlab Internetning didaktik xossalari va
vazifalaridan, ta’lim jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan internet
texnologiyalaridan kelib chiqadi.
Virtual kollej o‘quv kurslarining asosiga yetakchi mutaxassislar va
o‘qituvchi – amaliyotchilarning uslublari olinadi. Undagi o‘quv kurslar
bir necha qismlarga ajratilgan qator interfaol darslardan iborat bo‘lib,
ular
o‘z ichiga yangi materialni tushuntirish, materiallarni
mustahkamlash uchun savollar (o‘zini - o‘zi nazorat savollari), masalalar
va dars qilingan xulosalarni olishi lozim.
O‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni mos fanlardan
o‘zlashtirishlarni hisobga olish imkoniyatini beradi. Ushbu xizmat
o‘qituvchiga ta’lim jarayonini yaxshilashni yetarlicha yengillashtiradi,
chunki unda ko‘rgazmali ravishda u yoki bu o‘quvchini «o‘tishini»
ko‘rsatadi. O‘qituvchiga natijalar bilan tanishib, osongina aniq o‘quvchi
bilan qo‘shimcha ishlar olib borish talab etiladigan
mavzuli materialni
ajratish amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunlarda katta sondagi mediaob’ektlarni mavjudligi,
o‘quvchi tomonidan yetarlicha darajada o‘quv materialini samarali
o‘zlashtirishni ta’minlaydigan, ta’lim jarayonini turli- tuman ham va
qiziqarli ham qilish mumkin.
400
Virtual kollejda o‘qituvchining o‘quvchi bilan «muloqot» tartibi
yaratiladi. Dars mobaynida, yangi tushunchani tushuntirilgandan so‘ng,
interfaol kurs orqali o‘quvchiga, o‘tilgan materillarni o‘zlashtirilgan
darajasini baholash uchun, avvaldan tayyorlangan turli savollarni
qo‘yishi mumkin. Bunday virtual kollejlarda biror fanning nazariy qismi
o‘rganilgandan so‘ng, o‘quvchiga qator masalalar va nazorat
mashqlarini bajarishga to‘g‘ri keladi.
Test mashqlarini bajarishdagi «virtual kollej»ga kiritilgan
qo‘shimcha xizmatlar:
va o‘quvchilarga
materialni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Xulosa qismida dars mavzusi bo‘yicha barcha asosiy tushunchalar
to‘planilib, u bir tomondan o‘tilgan mavzuni mustahkamlashga, boshqa
tomondan esa materialni takrorlash va nazorat qilish ishiga
tayyorgarlikni yengillashtiradi. Agar unda MA’LUMOTNOMALAR
bo‘limi bo‘lsa, u holda unda o‘quvchi ta’riflarni, qonunlarni,
teoremalarni va aksiomalarni, ma’lumotnomalik jadvallarni topishi
mumkin.
Virtual kollejni foydalanish o‘quvchiga nafaqat o‘zining bilimlarini
haqqoniy
baholash,
balki
o‘qishga nisbatan mustaqillik va
mas’uliyatlikni ham o‘rgatadi.
Virtual kollej yordamida o‘qituvchi real vaqt tartibida dars o‘tish
bosqichlarini kuzatib borishi, o‘quvchilar guruhini o‘quv predmeti
bo‘yicha kompyuterda o‘qituvchining ob’ektiv natijalarini aks ettirgan
holda test sinovlarini o‘tkazishi mumkin.
Test sinovini, nazorat mashg‘ulotlarining barcha natijalari
o‘quvchilarning shaxsiy o‘zlashtirish kundaliklarida saqlanadi.
O‘quvchilar uchun maxsus Virtual kollejda ishlash bo‘yicha qo‘llanma
yaratilib, unda o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlari uchun olgan ballar va
kollejda quyilgan baholarini moslik jadvali keltirilsa, u o‘qituvchiga
o‘quvchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun baholarni guruh jurnaliga
qo‘yish bo‘yicha ishini yengillashtiradi.
Internet- kollej quyidagi didaktik masalalarni yechish imkoniyatini
beradi:
- o‘qituvchi tomonidan: loyihalar uslubi, tadqiqot uslubi, o‘quv
jarayonini tashkil etishning ko‘p darajali texnologiyasi va boshqa shu
kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish mobaynida o‘quv -
uslubiy yordam ko‘rsatish va o‘quvchilarni o‘quv materiallari ustida
mustaqil ishlarida yoki o‘quvchilar alohida predmet, bo‘lim, dastur
masalalari bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini chuqurlashtirishga xohish
401
bildirganlarida, yoki turli axborot manbalaridan, shu jumladan,
maktabdan tashqari manbalaridan bilim olish usullarini o‘zlashtirishga
asoslangan mustaqil bilish faoliyatlari sohasida asosiy kompetentlikni
shakllashtirish maqsadida bilimlaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirishlarida
axboriy qo‘llab - quvvatlash;
- jismonan imkoniyatlari chegaralangan va joylarda ozodlikdan
mahkumlik muddatlarini o‘tayotgan kishilarga bilim olish imkoniyatini
taqdim etish, ya’ni agar sub’ektiv yoki ob’ektiv sabablarga ko‘ra
kunduzgi akademik litsey va kasb- hunar kollejga qandaydir muddatda
qatnashining iloji bo‘lmasa masofali o‘qish, va shu bilan o‘rta maxsus,
kasb- hunar ta’limini olish;
- ba’zi sabablarga ko‘ra yoki o‘quv
rejadagi bazaviy
predmetlarning bittasi yoki bir nechtasini, masalan, kollejda malakali
o‘qituvchi bo‘lmasligi tufayli masofali o‘qish niyatida bo‘lgan
kishilarga ta’lim olish imkoniyatini yaratish;
- didaktikaning ko‘rgazamalilik (illyustrativ material
–
interfaolliklar, ma’ruzalar) tamoyilini amalga oshirish maqsadida
darsning multimediali qo‘llab- quvvatlash;
- o‘quv axborotni egallagan hajmini hisobga olish va nazorat
qilishda, hisobotni shakllantirishda o‘qituvchiga uslubiy yordam berish;
- yosh mutaxassislarni multimedia vositalarini foydalaniladigan
dars rejasini ishlab chiqishda uslubiy qo‘llab- quvvatlash.
Internet- kollej:
- katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash sharoitida tanqidiy
fikrlash malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish;
- Yangi AT foydalangan o‘quv materiallar
bilan mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirish;
- o‘quvchilarda o‘zini - o‘zi o‘qitishni shakllantirish, ularning
akademik mobillik qobiliyatini rivojlantirish;
- jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- masalani ifodalash malakasini rivojlantirish va uni jamoaviy
yechish;
- o‘zini- o‘zi nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- o‘quvchilarning o‘qishga motivatsiyasini umuman va xususan
aniq kursga shakllantirish kabi uslubiy masalalarni yechish imkoniyatini
beradi.
Zamonaviy sharoitlarda jamiyat ta’lim oldiga har bir fuqaro uchun
butun umri mobaynida, qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojiga ko‘ra ta’limga
erkin ochiq kirishni taqdim etish masalasini qo‘ymoqda. Bunda axborot
402
oqimining tezkor o‘zgarish sharoitida uning hayotga tayyorligini,
mumkin bo‘lgan kasbga o‘zgartirishi, mustaqil faol faoliyatga, turli
itimoiy - madaniy jamiyatga mansub kishilar bilan muloqotda bo‘lishini,
faoliyatning yangi sharoitlariga moslashishini ta’minlash lozim.
Yaqin kelajakda katta sondagi turli soha xodimlarini o‘qitish va
qayta tayyorlash zarurati o‘zining ortidan o‘qitishning yangi masofali
shaklini paydo bo‘ishiga sababchi bo‘ldi.