SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB TAYYORLANG VA
AMALIY MASHG‘ULOTLARDA MUHOKOMA QILING
1.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar
tashkil etish va o‘tkazish.
2.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiada
masalalarni y yechish metodikasi.
3.
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasi,
ularning didaktik imkoniyatlari.
4.
Zamonaviy informatika xonasida boshqa fanlari bo‘yicha
darslarini o‘tkazish haqida.
5.
Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda integrativ
texnologiyalar va ulardan foydalanish usullari.
6.
Informatikani o‘qitishning maxsus masalalari.
7.
Informatikaning umumiy va xususiy tushunchalari.
8.
Informatikaning asosiy mavzularini o‘qitish metodikasi.
9.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini mustaqil
O‘zbekistonimizning rivojlanish davridagi istiqboli va ahamiyati.
395
14- BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARINI O‘QITISHDA INTERNET VA
MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
14.1. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda
internet va masofaviy ta’lim texnologiyalari
Informatika
va
axborot
texnologiyalari
fanini
mustaqil
O‘zbekistonimizning rivojlanish davridagi istiqboli va ahamiyati.
Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida
o‘zgarmay kelgan holatlarni o‘zgrtirib yubordi. Bu odatdagi xat
yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web- saytlar bilan
almashinishida namoyon bo‘ldi. Endilikda esa ta’lim tizimida ta’lim
olishning an’anaviy shakllari o‘rniga masofaviy ta’lim elementlari kirib
keldi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga
qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli - masofaviy o‘qitish
yaratilishiga omil bo‘ldi.
Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir- biridan
ajralgan holda o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat
shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari
yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini
qo‘llashga asoslangan masofaviy o‘qitish jahon axborot ta’lim
tarmog‘iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro aloqa
tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi.
Masofaviy o‘qitish barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z
malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o‘qitish
jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o‘quv - uslubiy
materiallarni o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining bevosita
rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal
o‘quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo‘ladi. Ma’lum sabablarga
ko‘ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlarida tahsil olish
imkoniyati
bo‘lmagan,
masalan,
sog‘ligi
taqoza
etmaydigan,
mutaxassicligini o‘zgartirish niyati bo‘lgan yoki yoshi katta, malakasini
oshirish niyati bo‘lgan kishilar uchun masofaviy o‘qitish qulay o‘qitish
shakli hisoblanadi.
Masofaviy o‘qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va
396
masala mohiyatiga bog‘liq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga
asoslangan o‘qitish vositalari (o‘quv qo‘llanma, darsliklar) talabalarni
yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video
konferentsiyalar ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishga,
elektron pochta to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatishga, ya’ni xabarlarni
jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan
videoma’ruzalar talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini
bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor
almashinish talabalarga o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini
beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta -
qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib
o‘tamiz.
Masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar,
o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi
ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga
asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy
o‘qish – bu yangi axborot texnologiyalari,
telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan
ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-
qoidalari asosida o‘quv shartsharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni
ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni
talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi
vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini
almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit
yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuaidir.
Masofaviy o‘qitish tizimi – masofaviy o‘qitish shartlari asosida
tashkil etiladigan o‘qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari
masofaviy o‘qitish tizimi o‘zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari,
vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Nima uchun masofaviy ta’lim
kerak bo‘lib qoldi? – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga javob
tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
- Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi,
vaqt va joyga bog‘liqmasligi va boshqalar).
- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.
- Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
397
- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy
o‘qitishga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi. Masofaviy o‘qitishning ta’lim
tizimida bir- biridan farqlanuvchi model va shakllari mavjud bo‘lib, ular
quyidagi qo‘llanish shartlari bilan farqlanadi:
- geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan
uzoqlikda joylashuvi, iqlimi);
- mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy
darajasi;
- kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi;
- ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
vositalarining qo‘llanish darajasi;
- ta’limda qo‘llaniladigan an’analari;
- masofaviy o‘qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi
va ularning salohiyati va boshqalar.
Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar
kiradi:
- Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha
o‘quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish
imkoniyatini yaratib berish.
- Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov
markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish
institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish
potentsiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini
oshirish.
- Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda
qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
- Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va
ta’lim muhitini kengaytirish.
- Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi printsipal ta’lim darajasini
ta’minlash. Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
masofaviy ta’lim elementlarini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har
tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy
qilish uchun barcha shartsharoitlar mavjud. Axborot kommunikatsiya
texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini)
qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu
texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar
bilan ta’minlanganligidir.
398
1. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq
qo‘rilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari,video konferentsiya
jihozlari va hakazo.
2. Dasturiy ta’minotga: Mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy
ta’minotlardan tortib shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami
kiradi.
Internet dars mobaynida qo‘shimcha vosita sifatida chegaralangan
darajada foydalanilishi mumkin, lekin kompyuter sinflarda butun bir
Internet- dars tashkil etilishi ham mumkin. Axborot texnologiyalarining
eng oxirgi yutuqlari orasida esa, axborot texnologiyalarining barcha
ustunliklari to‘la ko‘rinishda namoyon bo‘ladigan global tarmoq orqali
bevosita o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘zaro ta’sir etish imkoniyatini
beradigan butun bir
|