Web- texnologiyalar va ularning informatika




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   251
Bog'liq
Inf met

14.3. Web- texnologiyalar va ularning informatika 
ta’limida tutgan o‘rni 
Hozirgi kunda jamiyatning har qanday sohasi bevosita axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq. Internet tarmog‘i orqali 
axborot oqimlarining dunyo bo‘ylab keng tarqalib borayotganligi 
ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, saralash, tartibga keltirish, uzatish 
va qabul qilish kabi vazifalarga bo‘lgan talablarning kun sayin ortib 
borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida informatika va axborot 
texnologiyalari kursini o‘qitishda ta’lim muassasalarining oldiga 
berilayotgan o‘quv- axborot materiallarini yanada takomillashtirish 
vazifasini qo‘yadi.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishida yangi 
ma’lumotlarning kun sayin o‘zgarishi ma’lumotlar ustida ishlashning 
ustuvorligi oshiradi. Bu esa bevosita axborot texnologiyalari sohasida 
mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ta’lim 
oluvchilarning barcha qatlamlarini kompyuter savodxonligi bo‘yicha 
bilimlarini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratishni talab etadi.
Kompyuterlarning o‘quv jarayonida qo‘llanilishining asosida 
axborotlashtirish, virtuallashtirish, multimediya va tarmoq tizimlari 
yordamida o‘quv jarayonini tashkil etish yotadi. Kompyuter 
texnologiyalari o‘quv jarayonini tashil etish va boshqarishda, o‘quv 
rejalar, o‘quv dasturlari va o‘quv materiallarini yaratishga tavsiyalar 
ishlab chiqishda ko‘makchi vazifasini bajaradi.
Real o‘quv jarayonidan farqli ravishda Web texnologiyalariga 
asoslangan ta’limning afzalligi shundan iboratki, bunda talaba o‘quv 
jarayonida tasavvur qilish, fikr yuritish, tinglash, yozib olishdan tashqari 
har bir izohlanayotgan jarayon, voqea va hodisalar, ko‘z bilan ko‘rish 
mumkin bo‘lmagan, tasavvur qilish qiyin bo‘lgan xodisa va jarayonlarni 
virtuallashtirilgan kompyuter modelida kuzatib turadi. Har bir sxema, 
garfik, jadval va murakkab so‘zlar elektron holatda aniq ko‘rsatib 
boriladi. Talabalar olgan bilimni virtual nazorat orqali tekshirish 
natijasida vaqt tejaladi. Bundan tashqari darsni o‘zlashtira olmagan yoki 
bilimini yanada mustaxkamlash maqsadida talaba mustaqil ravishda 
virtual o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish imkoniyati mavjud.
Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha o‘quv jarayonini tashkil qilish 
uchun veb- xizmatlar tarkibiga quyidagilarni keltirish mumkin: 

O‘quv xizmatlari

O‘quv materiallari yaratish xizmatlari; 


416 

Lug‘atni o‘rganish xizmatlari; 

Aloqa xizmatlari; 

Ijtimoiy tarmoqlar va platformalar; 

Hamkorlik xizmatlari; 

Boshqa xizmatlar. 
O‘quv jarayoni uchun yaratilgan o‘quv kontentning asosiy mazmuni 
quyidagi o‘quv- uslubiy materiallardan iborat bo‘ladi: 
- elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanmalar va
boshqa qo‘shimcha materiallar; 
- o‘quv- uslubiy majmualar
- o‘z- o‘zini nazorat qilish uchun test dasturlari va savollar 
majmuasi; 
- laboratoriya ishlari va ularning tavsifi; 
- hisob- grafik, mustaqil ishlar, namunaviy ishlar va nazorat ishlari; 
- hisoblash dasturlari, ma’lumotnomalar, ilovalar (qo‘shimcha
dasturiy ta’minotlar); 
- o‘quv rejalar, taqvim- mavzuli rejalar; 
- tadqiqotlar, loyihalar bo‘yicha hisobotlar. 
O‘quvchilar joriy qilingan o‘quv kontentdan kerakli mavzular bilan 
ketma- ket tanishib, fan mavzularini o‘zlashtiradilar. O‘zlashtirish 
darajalarini bilish uchun har bir mavzu nihoyasida test topshiriqlarini 
bajarib ko‘rish mumkin. Test natijalarining ijobiyligiga qarab keyingi 
mavzularga ketma- ket o‘tiladi. O‘quv jarayonida o‘quvchilarning olgan 
bilimlarini baholashda axborot texnologiyalarining avtomatlashtirilgan 
tekshirish tizimlaridan foydalaniladi.
Avtomatlashtirilgan tekshirish tizimlarining asosiy imkoniyatlari 
quyidagilardan iborat:
- tabaqalashtirilgan va yakkama- yakka nazorat qilish;
- o‘zini o‘zi nazorat qilish;
- fan mavzularini qay darajada o‘zlashtirganligini ko‘rsatish;
- ta’lim oluvchilarga fanni o‘zlashtirishda kerakli tavsiyalar berish 
va boshqalar. 
Bugungi rivojlangan jamiyatning eng asosiy vazifalaridan biri turli 
predmet sohasini o‘z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish deb 
hisoblash mumkin. Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’limga tatbiq 
etish ta’limda an’anaviy o‘qitish jarayonidan o‘quvchining o‘zi ta’lim 
jarayonining 
borishini 
aniqlaydigan 
yangi 
jarayoniga 
o‘tishni 
ta’minlaydi. 


417 
Yaratilgan o‘quv kontentda ham boshqa axborot resurslarni 
yaratishdagi kabi didaktik qoidalarga ya’ni tavsiya qilinadigan o‘quv 
materiali mazmunini asoslovchi, keng yorituvchi hamda ta’lim 
berishning tashkiliy shakllari va usullariga asosiy e’tibor beriladi.
O‘quv jarayonida didaktik talablarga o‘quv materiallarning 
tizimliligi, qo‘rgazmalilik, tushunarlilik, bilimlarning ketma - ketligi va 
uzviyligi kabi ko‘rsatgichlarni keltirish mumkin.
Tadqiqotlarimiz davomida yaratilgan o‘quv kontent hozirgi kunda 
Akalemik litseylarda o‘rganilayotgan “Informatika va axborot 
texnologiyalari” fani o‘quv dasturi va darsliklar mazmuni asosida ishlab 
chiqilgan bo‘lib, unda berilgan o‘quv- uslubiy materiallar darsliklarning 
mazmunini to‘ldiradi va axborot berish hajmini kengaytiradi.
O‘quv kontentining bilimlarni nazorat qilish qismi test 
texnologiyasi asosida avtomatlashtirilgan holda ishlaydi. O‘quvchilar 
avtomatlashtirilgan test topshiriqlarini bajarib, o‘zlarining mavzu 
bo‘yicha olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. Berilgan test 
topshiriqlarini yechish jarayonida avtomatlashtirilgan tizim javob 
to‘g‘ri bo‘lsa, mavzu yaxshi o‘zlashtiriganligi haqida axborot beradi, aks 
holda mavzu yaxshi o‘zlashtirilmaganligi haqida axborot berib, 
mavzuning qaysi qismini qayta o‘qish kerakligi to‘g‘risida tavsiya 
beradi. Avtomatlashtirilgan tizim mavzuning qayta o‘qilishi kerak 
bo‘lgan qismini avtomatik ravishda ekranga chiqaradi. Ekranga 
chiqarilgan mavzu qismlari testning to‘g‘ri javoblarini topishga yordam 
beradi. 

Download 5,02 Mb.
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Web- texnologiyalar va ularning informatika

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish