• Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy olimpiadalarini o‘tkazish bosqichlari
  • - BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet204/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

     
    13- BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    FANLARIDAN OLIMPIADALAR O‘TKAZISH 
    13.1. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 
    olimpiadalar tashkil etish va o‘tkazish 
    Yurtimizda jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol, yuksak intelektual 
    salohiyatli avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mana bir 
    necha yilki O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
    5-8 sinflar o‘rtasida tashkil etilayotgan bilimlar bellashuvi tanlovi 
    iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning intilishlarini qo‘llab- 
    quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
    Xalq ta’limi tizimida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, 
    o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, ularning 
    qobiliyat va iste’dodlarini aniqlab, kasb- hunarga yo‘naltirish orqali 
    ta’lim- tarbiya sifatini oshirish hamda o‘quvchilarni xalqaro olimpiada 
    va tanlovlarga tayyorlash maqsadida tashkil etilayotgan umumta’lim 
    fanlari bo‘yicha bilimlar bellashuvi keng jamoatchilik o‘rtasida katta 
    qiziqish uyg‘otmoqda. 
    Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda 
    umumta’lim muassasalarining fan va texnika sohasining etuk olimlari 
    hamda ilmiy- tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga 
    qo‘yilmoqda. 
    Bilimlar bellashuvini tashkil etishning ijobiy tajribasi, keng 
    pedagogik jamoatchilikning takliflaridan kelib chiqqan holda uni tashkil 
    etish hamda hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari va xalq ta’lim 
    muassasalarining reytingini aniqlash maqsadida har yili 4 bosqichda 
    o‘tkaziladi. 
    Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy olimpiadalarini o‘tkazish 
    bosqichlari
    . Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy olimpiadalar quyidagi 
    to‘rt bosqichda o‘tkaziladi: 
    a) birinchi bosqich - umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik 
    litsey va kasb- hunar kollejlarida; 
    b) ikkinchi bosqich - tuman, shuningdek hududiy tumanlarga 
    bo‘linmagan shahar miqyosida; 
    v) uchinchi bosqich - viloyat bo‘yicha, shu jumladan, 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Toshkent shahri miqyosida; 
    g) to‘rtinchi bosqich - respublika miqyosida. 


    366 
    Milliy fan olimpiadasining birinchi bosqichi tegishli o‘quv yilining 
    noyabr oyida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb- 
    hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda 
    ishtirokchilar soni chegaralanmaydi. 
    Birinchi bosqichini o‘tkazish uchun umumiy o‘rta ta’lim 
    muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kamida 5 
    nafardan iborat tashkiliy qo‘mita tuziladi. Tashkiliy qo‘mita tarkibiga 
    umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar 
    kollejlari rahbarlari, 
    ularning 
    o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha 
    o‘rinbosarlari, malakali fan o‘qituvchilari, ota-onalar qo‘mitasi va 
    Kuzatuv kengashi vakillari kiritiladi. 
    Birinchi bosqich uchun topshiriqlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 
    akademik litsey va kasb- hunar kollejlarining fan metodik kengashi (fan 
    kafedralari) tomonidan tayyorlanib, tashkiliy qo‘mita tomonidan 
    tasdiqlanadi. 
    Birinchi bosqichni o‘tkazish mas’uliyati umumiy o‘rta ta’lim 
    muassasalari, akademik litseylar va kasb- hunar kollejlarining 
    direktorlari zimmasiga yuklanadi. 
    Birinchi bosqichda har bir fan yo‘nalishida ballar ketma- ketligida 3 
    nafar g‘oliblar (1 — 3- o‘rin) aniqlanadi va tashkiliy qo‘mita qarori 
    bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi. 
    Milliy fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi tegishli o‘quv 
    yilining yanvar oyida o‘tkaziladi va unda birinchi bosqichda 1 — 3 
    o‘rinlarni egallagan g‘olib o‘quvchilar hamda ayrim fanlar chuqur 
    o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari, maktab 
    internatlari (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashgan umumta’lim muassasalari 
    deb ataladi), akademik litseylarda II, III- o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 
    fanlari bo‘yicha qatnashadilar. 
    Ixtisoslashgan umumta’lim muassasalari (yo‘nalishi bo‘yicha) va 
    akademik litseylarda I- o‘rinni egallagan o‘quvchilar to‘g‘ridan- to‘g‘ri 
    olimpiadaning III bosqichida qatnashadilar. 
    Ikkinchi bosqichini o‘tkazish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi 
    bo‘limlari, Kasb- hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalarida 
    kamida 7 nafardan iborat tashkiliy qo‘mita tuziladi. Tashkiliy qo‘mita 
    tarkibiga tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, Kasb- hunar ta’limi 
    markazining hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari, metodistlari, ota- 
    onalar qo‘mitasi va Kuzatuv kengashi vakillari kiritiladi. 
    Ikkinchi bosqich uchun topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
    va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda malakali 


    367 
    mutaxassislarni jalb etgan holda Departament tomonidan tayyorlanib, 
    maxfiyligi ta’minlangan holda hududlarga yetkaziladi. 
    Ikkinchi bosqichni o‘tkazish mas’uliyati tuman (shahar) xalq ta’limi 
    bo‘limlari mudirlari hamda Kasb - hunar ta’limi markazining hududiy 
    boshqarmalari boshliqlari zimmasiga yuklanadi. 
    Ikkinchi bosqichda har bir fan yo‘nalishida ballar ketma- ketligida 3 
    nafar g‘oliblar (1 — 3 o‘rin) aniqlanadi va tashkiliy qo‘mita qarori bilan 
    uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi. 
    Milliy fan olimpiadasining uchinchi bosqichi tegishli o‘quv yilining 
    mart oyida o‘tkaziladi va unda ikkinchi bosqichda 1 — 3 o‘rinlarni 
    egallagan g‘olib o‘quvchilar hamda ixtisoslashgan umumta’lim 
    muassasalari (yo‘nalishi bo‘yicha) va akademik litseylarning birinchi 
    bosqichida 1- o‘rinni egallagan o‘quvchilar qatnashadilar. 
    Uchinchi bosqichda avvalgi o‘quv yilida viloyat bosqichida 1- 
    o‘rinni egallagan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10 - sinf, 
    akademik litsey va kasb - hunar kollejlarining 1- bosqich o‘quvchilari 
    ham to‘g‘ridan- to‘g‘ri ishtirok etadi. 
    Uchinchi bosqichini o‘tkazish uchun Qoraqlapog‘iston Respublikasi 
    xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va 
    viloyat xalq ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy xalq 
    ta’limi boshqarmalari deb ataladi) hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish 
    va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalaridan kamida 9 nafardan 
    iborat tashkiliy qo‘mita tuziladi. Tashkiliy qo‘mita tarkibiga xududiy 
    xalq ta’limi boshqarmalari va Kasbiy ta’limni rivojlantirish va 
    muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari, metodistlari, 
    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining hududiy 
    bo‘linmalari, pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini 
    oshirish hududiy markazlari va mahalliy ommaviy ahborot vositalari 
    vakillari kiritiladi. 
    Uchinchi bosqich uchun topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
    va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda malakali 
    mutaxassislarni jalb etgan holda Departament tomonidan tayyorlanib, 
    maxfiyligi ta’minlangan holda hududlarga yetkaziladi. 
    Uchinchi bosqichni o‘tkazish mas’uliyati hududiy xalq ta’limi 
    boshqarmalari boshliqlari hamda kasbiy ta’limni rivojlantirish va 
    muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari zimmasiga 
    yuklanadi. 
    Uchinchi bosqichda har bir fan yo‘nalishida ballar ketma- ketligida 
    umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9- 10- 11- sinf, akademik litsey 


    368 
    va kasb - hunar kollejlarining 1- 2- (3) bosqich o‘quvchilari orasidan 3 
    nafar (1 — 3 o‘rin) g‘oliblar aniqlanadi.
    Milliy fan olimpiadasining to‘rtinchi bosqichi tegishli o‘quv 
    yilining may oyida o‘tkaziladi va unda uchinchi bosqichda umumiy o‘rta 
    ta’lim maktablarining 11- sinf, akademik litsey va kasb- hunar 
    kollejlarining 2 (3)- bosqich 1 — 3 o‘rinlarni egallagan g‘olib 
    o‘quvchilari qatnashadilar. 
    To‘rtinchi bosqichini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
    Xalq ta’limi vazirligida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 
    birgalikda kamida 11 nafardan iborat tashkiliy qo‘mita tuziladi. 
    Tashkiliy qo‘mita tarkibiga Departament, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
    vazirligining mas’ul xodimlari, Respublika ta’lim markazi, Vazirlar 
    Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Ta’lim sifatini nazorat 
    qilish davlat inspektsiyasi, hamda respublika ommaviy axborot vositalari 
    vakillari kiritiladi. 
    To‘rtinchi bosqich uchun yozma topshiriqlar O‘zbekiston 
    Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda 
    malakali mutaxassislarni jalb etgan holda Departament tomonidan, test 
    topshiriqlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 
    tomonidan ko‘p variantlilik asosida tayyorlanadi. 
    Ko‘zi ojizlar maxsus maktab - internatlari o‘quvchilari orasida ona 
    tili va adabiyot, matematika fanlaridan olimpiada Brayl usulidagi yozuv 
    asosida o‘tkaziladi. 
    Topshiriqlar Respublika tashkiliy qo‘mitasi tasdiqlagan ekspert 
    guruhlari tomonidan ishlab chiqiladi. 
    To‘rtinchi bosqichni o‘tkazish mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasi 
    Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zimmasiga 
    yuklanadi. 
    To‘rtinchi bosqichda har bir fan yo‘nalishida ballar ketma- ketligida 
    3 nafar g‘oliblar (1 — 3 o‘rin) aniqlanadi. 
    Informatika va axborot texnologiyalari fanidan olimpiadaning 
    birinchi bosqichi(ta’lim muassasasi) umumta’lim maktablarining 6- 11- 
    sinflarida, ikkinchi(tuman) va uchinchi bosqich (viloyat) 9- 11- 
    sinflarda, to‘rtinchi (Respublika) bosqichi 11- sinflarda o‘tkaziladi. 
    Kasb- hunar kolleji va akademik litseylarida birinchi bosqich 1- 3- 
    kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2- 3- kurslarda, to‘rtinchi bosqichi 
    3- kurslarda o‘tkaziladi. Olimpiadaning barcha bosqichi 2 turda (amaliy, 
    test sinovlari) o‘tkaziladi.


    369 
    Amaliy ish 
    Olimpiadaning barcha bosqichlarida birinchi tur amaliy ish bo‘lib, 
    unda 5 ta masala taqdim etiladi. Amaliy tur uchun 4 soat (240 daqiqa) 
    vaqt beriladi va har bir masala 10 ball bilan baholanadi. 6- 8- sinfga 
    taqdim etiladigan amaliy topshiriqlar asosan grafik, matn muharririda 
    bajarilishini inobatga olinishi va kompyuterda amalga oshirilishi zarur. 
    9- 11- sinf (1- 3 kurs)larga taqdim etiladigan masalaga dastur tuzish 
    o‘quvchi tomonidan ixtiyoriy dasturlash tili yordamida kompyuterda 
    amalga oshiriladi. Masalaga tuzilgan dastur kompyuterda tekshiriladi va 
    quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi: 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish