352
yozing, dasturdan chiqish va yozilgan ma’lumotni qayta dasturga joriy
qilish amallarini bajaring.
2 – darajali topshiriqlar.
1. EXCEL elektron jadvalida ma’lumotlarni tahrirlang va uni jadval
ko‘rinishda chop etish amallarini bajaring.
2. EXCEL elektron jadvalida guruh o‘quvchilari haqida umumiy
ma’lumot tayyorlang.
3. EXCEL elektron jadvalida tayyorlangan ma’lumotlarga mos
maxsus belgilar va rasmlar joylashtiring.
3 – darajali topshiriqlar.
1. EXCEL elektron jadvalida formulalar va funktsiyalardan
foydalanish tartibini ko‘rsating.
2. EXCEL elektron jadvalida biror korxona yoki tashkilotning oylik
va yillik daromadlari haqida ma’lumot tayyorlang.
4 – darajali topshiriqlar.
1. EXCEL elektron jadvalida biror korxona
iqtisodiyotining oylik
va yillik o‘sishi va kamayishini ko‘rsatuvchi ma’lumotni grafik va
diagrammalar shaklida chiqarish amallarini bajaring.
2. EXCEL elektron jadvalida biror ta’lim muassasa tarkibiy
tuzilishini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni grafik shaklda tayyor shakllardan
foydalanib tayyorlang.
Umuman kompyuter uchun o‘quv va nazorat qiluvchi dasturlar
ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalariga mos bilim olishida
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagi talablar
asosida yaratilishi
kerak:
– o‘qitiladigan fan bo‘yicha mavzularni ta’lim oluvchilarning
hohishiga qarab tanlash;
– tanlangan mavzu bo‘yicha asosiy savollarni ta’lim oluvchining
hohishiga qarab o‘qitishni tashkil qilishi va o‘zlashtirish darajasiga mos
topshiriqlar bilan ta’minlay olish;
– kafolatlangan natijadan so‘ng keyingi asosiy savol (yoki mavzuni)
o‘zlashtirishga imkoniyat yaratish;
– ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasi natijasiga ko‘ra mavzu
yoki asosiy savolga qaytishni ta’minlash;
– ta’lim oluvchining hohishiga ko‘ra
dasturdan chiqishni tashkil
etish;
– ta’lim oluvchining hohishiga ko‘ra nazorat topshiriqlariga
bevosita o‘tishni ta’minlash;
353
– ta’lim oluvchining mavzuni qanday darajada o‘zlashtirilganligi
haqidagi qaydnomani tashkil etish va boshqalar.
Tajriba
natijalariga
ko‘ra
o‘quv
jarayonida
kompyuter
texnologiyasidan unumli foydalansa ijobiy natijalar berishi kuzatildi.
O‘quv pedagogik va nazorat qiluvchi dasturlar yordamida ta’lim
jarayonini olib borish natijasida o‘qitish va amaliy mashg‘ulotlarni
o‘tkazish avtomatlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotlardan biri bo‘lgan
laboratoriya ishlari o‘tkazishni avtomatlashtirish natijasida quyidagi
ijobiy ko‘rsatkichlar kuzatiladi:
– ta’lim oluvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlari ortadi;
– o‘quv materiallarini o‘zlashtirish jarayonlari tezlashadi;
– o‘qituvchi mehnati yengillashadi;
– ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
imkoniyati yaratiladi va boshqalar.
Ta’lim tizimida fanlardan tashkil qilingan mustaqil ishlarni bajarish
orqali mustaqil ta’lim olish jarayoni ham mavjud.
Mustaqil ish
topshiriqlari va ularda bajariladigan mashqlardan o‘quvchilarda hosil
qilingan bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘la- to‘kis shakllantirish,
yanada takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi .
Mustaqil ish topshiriqlarini bajarish vaqtida o‘quvchilar mustaqil
faoliyat yuritish ko‘nikmasi, aniqlik, ishning unumli bo‘lishi va unga
ijodiy yondashishga rioya qilishga erishishi kerak.
“Informatika” fanidan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari o‘tkazish
uchun tayyorlanadigan ishlanmalarning tarkibiy tuzilishi 22-
rasmda
ko‘rsatilgan.
354
Rasm 22. “Informatika” fanidan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
o‘tkazish uchun tayyorlanadigan ishlanmalarning tarkibiy tuzilishi
O‘quvchilarga mustaqil ish topshiriqlarini tavsiya qilishda
quyidagilarga e’tibor berish kerak:
– O‘quvchilar bajaradigan ishlari mazmunini yaxshi tushunishlari
va uni bajarish tartibini aniq tasavvur qilishi;
– O‘quvchilar topshiriqlarni qaysi dasturiy
vositalar va jihozlar
bilan bajarish kerakligi, ularning tuzilishi va ishlash xususiyatlari
to‘g‘risida ma’lumotlar tavsiya qilish;
– Topshiriqlarni bajarishda qaysi adabiyotlardan foydalanish
kerakligi to‘g‘risida ma’lumotlar
keltirish;
– Topshiriqlarning sifatli bajarilishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqish;
– Xavfsizlik texnikasi, sanitariya va mehnat gigienasi qoidalari
bo‘yicha ma’lumotlar tavsiya qilish.
Yuqorida keltirilgan tarkibiy tuzilish bo‘yicha mustaqil ta’lim
mashg‘ulotlarining ishlanmasidan namuna keltiramiz:
1- mavzu: