bo‘yicha amaliy
mashg‘ulotlarning ishlanmasidan namuna keltiramiz:
4- amaliy mashg‘ulot
Mavzu:
WINDOWS bilan muloqot qilish
Darsning maqsadi:
WINDOWS dasturi bilan tanishish va unda
ishlash malakasini takomillashtirish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. WINDOWS dasturi bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlaydi.
2. WINDOWS dasturi ishchi oynasi tashkil etuvchilarini izohlay
oladi.
3. WINDOWS dasturi buyruqlarining tavsifini bera oladi.
4. WINDOWS dasturining buyruqlari bilan ishlash ko‘nikmasiga
ega bo‘la oladi.
Kerakli jihoz va materiallar:
Shaxsiy kompyuter, WINDOWS
dasturi, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, metodik
qo‘llanma va tavsiyalar, ma’ruza daftari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Kompyuterni ishga tushirish tartibi bo‘yicha ishga tushiring.
2. Kompyuter avtomatik ravishda biror dastur bilan ishlashga o‘tsa
undan WINDOWS dasturi bilan ishlash rejimiga o‘tkazing.
3. WINDOWS dasturi ishchi oynasi tashkil etuvchilari tartibi
bo‘yicha vazifalarini izohlang va ularning tarkibini ketma- ket ekranga
namoyish qiling.
4. «Moy kompyuter» tashkil etuvchisini ishchi stolga joriy qiling va
undan foydalanib qattiq diskdagi ma’lumotlarni ekranga chiqaring.
342
5. «Moy dokumento‘» tashkil etuvchisini ishga tushiring va undagi
ma’lumotlarni (papkalar va fayllarni) turli ko‘rinishlarda ekranga
chiqarish va tartiblash ishlarini bajaring.
6. «Moy kompyuter» tashkil etuvchisi yordamida biror fayl yoki
papkani qattiq diskdan yumshoq disk, lazer disk va flesh disklarga nusxa
olish ishlarini bajaring.
7. WINDOWS dasturi ishchi stolida o‘zingizning ismingiz bilan
nomlangan papka yarating va unga «Moy dokument» papkasidan 5 ta
fayl va 5 ta papkalarning nusxasini ko‘chirib o‘tkazing.
8. WINDOWS dasturi ishchi stoliga kompyuter xotirasida mavjud
dasturlarga murojaat qiluvchi yorliq yarating.
9. WINDOWS tizimining standart dasturlarini ishga tushiring va
undan foydalanish tartibi bo‘yicha amallar bajaring.
10. WINDOWS dasturida ishni yakunlang va kompyuterni o‘chirish
tartibi bo‘yicha o‘chiring.
Har qanday o‘quv fani kabi “Informatika” fanini o‘qitishning ham
didaktik tizimi mavjud bo‘lib, u o‘rganilayotgan jarayonning eng zaruriy
didaktik qoidalarini hisobga oladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlarni tanlashda pedagogikaning
noma’lumdan - ma’lumga, osondan - murakkabga tamoyillarini
e’tiborga oladi.
“Informatika” fanida ixtiyoriy masalani yechish jarayoni uch
bosqichda amalga oshriladi:
1. Yechish usulini topish (algoritm) va uni bayon qilish.
2. Dastur tuzish.
3. Yechimni asoslash.
Ta’lim muassasalarida “Informatika” fanidan o‘quvchilar uchun
amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini tavsiya qilishda tanlangan topshiriqlar
tabaqalashtirilgan holda barcha o‘quvchilar uchun bir xil bo‘lmasligiga
e’tibor berish lozim. Amaliy mashg‘ulotda topshiriqlarning mazmuni
o‘quvchilarning nazariy mashg‘ulotlardagi o‘zlashtirish darajasiga qarab
tanlanishi maqsadga muvofiq, ya’ni o‘quvchilar “Informatika” fanidan
olgan nazariy bilimi qay darajada o‘zlashtirganligini e’tiborga olib,
shunga mos topshiriqlar oddiydan murakkabga qarab o‘quvchilarga
tavsiya qilish maqsadga muvofiq.
343
Rasm 19. “Informatika” fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazish uchun
tayyorlanadigan ishlanmalarning tarkibiy tuzilishi
“Informatika” fanini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarning bir turi
bo‘lgan mashqlar bajarish etakchi o‘rin egallaydi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun tanlangan mashqlarda quyidagi
xususiyatlar bo‘lishi kerak:
– har bir mashqning qiyinlik darajasi;
– mashqning o‘quvchilar uchun qiziqarliligi;
– mashqlarning soddadan murakkabga qarab tanlanishi;
– mashqlar tanlashda fanlararo bog‘lanish;
– mashqlar mustaqil ish va uy vazifasi sifatida foydalanishga
mo‘ljallanishi.
“Informatika” fanini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarda mashqlarni
samarali qo‘llash muammosi mashqlar tizimini yaratishni taqazo etadi.
Ilmiy tadqiqotlarda mashq, topshiriq va masala o‘quvchilarda
mustaqillik, faollik va fikrlash faoliyatini shakllantirishga qaratilgan
yetakchi didaktik vosita ekanligi ta’kidlangan.
344
Amaliy mashg‘ulotlarning ta’lim tizimidagi asosiy vazifasi
o‘quvchilar bilimlarini mustahkamlash, o‘quv va malakalarni tarkib
toptirish hamda ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan
iboratdir. Buning uchun o‘quvchilarga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni
amalga oshirish uchun dars jarayonida turli usullardan foydalanib, turli
mazmundagi mashqlarni bajarishga yo‘naltirish lozim bo‘ladi.
Tajribali pedagog olim A.G‘.Hayitovning ilmiy- tadqiqot ishlarida
“Informatika” fanidan maktab o‘quvchilari uchun mashqlarning turlarini
ajratib, amaliy mashg‘ulotlarda bajariladigan mashqlarni tizimlashtirdi
va o‘qitishda kompyuterlardan foydalanish masalalari bo‘yicha
tadqiqotlar olib bordi.
“Informatika”
fanidan
amaliy
mashg‘ulotlar
mazmunini
shakllantirishda quyidagi tushunchalarni e’tiborga olish lozim:
– axborot tushunchasi va ularning turlari, ularni yig‘ish, saqlash,
o‘zgartirish, qayta ishlash hamda uzatish amallarini bajaruvchi axborot
texnologiyalarining vositalari haqidagi tushunchalarni egallash;
– o‘quvchilar o‘zlari ixtiyoriy masalani yechish uchun turli
dasturlar tuzish, shuningdek, mavjud dasturlar ta’minotidan foydalana
olish ko‘nikmalarini egallash;
– Windows operatsion tizimi bilan muloqot qila olish hamda uning
imkoniyatlaridan foydalanishni bilish;
– kompyuterda turli amaliy dasturlarda ishlay olish malakalarini
egallash;
– matnli, jadvalli va grafikli ma’lumotlar hosil qilish malakalariga
ega bo‘lish;
– bir necha dastur va unda tayyorlangan ma’lumotlar ustida nusxa
olish, hujjatlarni bir - biriga birlashtirish va boshqa shu kabi masalalarni
hal qilishda bilim, malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish;
– kompyuterda turli taqdimotlar yarata olish malakasiga ega bo‘lish
va boshqalar.
Amaliy mashg‘ulot uchun tanlangan topshiriqlarning mazmunini
o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha taqsimlashni «WORD matn
protsessorida ishlash» mavzusi misolida quyidagi tartibda tavsiya qilish
mumkin:
1 – darajali topshiriqlar.
1. WORD dasturini bir necha usullarda ishga tushiring.
2. WORD dasturida ishlash tartibini tushuntiring.
3. WORD dasturida tayyorlangan ma’lumotlarni xotiraga yozish va
undan chaqirish amallarini bajaring.
345
2 – darajali topshiriqlar.
1. WORD dasturi ishchi oynasida turli xil ma’lumotlar hosil qiling.
2. WORD dasturida guruh o‘quvchilari haqida ma’lumot
tayyorlang.
3. WORD dasturida tayyor rasmlardan foydalanib, o‘zingiz tahsil
olayotgan ta’lim muassasaning tarkibiy tuzilishini ifodalovchi ma’lumot
tayyorlang.
3 – darajali topshiriqlar.
1. WORD dasturida nostandart belgilar va turli xil tasvirlardan
foydalanish tartibini tushuntiring.
2. WORD dasturida biror korxona yoki tashkilotning bir oylik
daromadlari haqida ma’lumot tayyorlash amallarini bajaring.
|