334
Muhokama uchun savollar va topshiriqlar:
1. Informatika fani nima bilan shug‘ullanadi?
2. Informatika so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
3. Informatika fanining mazmuni nimalardan iborat?
4. O‘rta maxsus o‘quv yurtlari va o‘rta umumta’lim maktablarida
informatika fanining mazmuni nimalardan iborat ekanligini izohlang.
2- asosiy savol bo‘yicha darsning maqsadi:
Informatika fanining
asosiy
tushunchalari
nimalardan
iborat
ekanligini
talabalarga
tushuntirish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
2.1. Informatika fanining asosiy tushunchalarini sanab o‘ta oladi.
2.2. Har bir asosiy tushunchani izohlay oladi.
2.3. Axborot tushunchasiga ta’rif bera oladi.
2.4. Axborotning o‘lchov birliklarini ayta oladi.
2- asosiy savolning bayoni:
Informatika fanining eng asosiy tushunchalaridan biri axborot
tushunchasidir. Axborot tushunchasi informatika fanida juda ko‘p
qo‘llaniladigan tushuncha bo‘lib, informatika fani ayni shu axborot
ustida bo‘ladigan turli xil jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishning
qonun - qoidalarini o‘rganib boradi.
Axborot deganda atrof – muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning
o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
tushuniladi.
Axborot so‘zi lotincha «informatsiya» so‘ziga mos kelib,
tushuntirish, tavsiflash degan ma’nolarni bildiradi.
Axborot bu - biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali qabul qila oladigan
ma’lumotlar to‘plamidir. Axborot atrofimizdagi har xil voqea hodisalar
haqidagi ma’lumotlar yig‘indisidir. Shuning uchun axborotni kitoblarda,
jurnallarda, yozuvimizda, o‘zaro muloqotimizda, radio va televideniya
kabi sohalarda uchratish mumkin.
Axborotning eng kichik o‘lchov birligi – bit (bit) hisoblanadi. Bit
so‘zi inglizcha «birlik» ma’nosini bildiradi. Bundan tashqari
axborotning boshqa birliklari ham mavjud bo‘lib, ular bir- biri bilan
quyidagicha bog‘langan:
1 bitq0 yoki 1; 1 baytq8 bit;
1 kilobayt (1 Kbt) q 2
10
baytq1024 bayt;
1 megabayt (1 Mbt)q 2
10
Kbayt q 2
20
bayt q 1024* 1024 bayt q 1048576
bayt;
335
1 gigabayt (1 Gbt)q 2
10
Mbayt q 2
30
bayt q 1024* 1024*1024 bayt q
1073741824 bayt.
Axborot to‘liqlik, ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi, ishonchli
bo‘lishi kabi sifatlarga ega bo‘lishi kerak.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning
reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, dolzarbligi, o‘z vaqtidaligi,
aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy
iste’mol
sifat
ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir:
a) Axborotning reprezentativligi yoki adekvatligi - ob’ekt
xususiyatini ifoda etish maqsadlarida uni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish
bilan bog‘liqdir.
b) Axborotning semantikligi yoki mazmundorligi - axborotning
mazmunini e’tiborga olingan hajmini ifoda etadi.
v) Axborotning yetarliligi yoki to‘laligi - qaror qabul qilish uchun
minimal, lekin yetarli tarkibga (ko‘rsatkichlar jamlamasiga) ega
ekanligini bildiradi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun to‘liq bo‘lmagan,
ya’ni yetarli bo‘lmagan, xuddi shuningdek, ortiqcha bo‘lgan axborot
ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini
kamaytiradi.
g) Axborotning dolzarbligi - axborotdan foydalanish vaqtida uning
boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va
uning xususiyatlari o‘zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo
bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi.
d) Axborotning o‘z vaqtidaligi - uning avvaldan belgilab qo‘yilgan
vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan
olinganligini bildiradi.
e) Axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning ob’ekt, jarayon,
hodisa va hokazolarning real holatiga yakinligi darajasi bilan
belgilanadi.
j) Axborotning ishonarliligi - axborotning real mavjud ob’ektlarni
zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.
z) Axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan
ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga
qodirligini aks ettiradi.
Kompyuterga kiritilayotgan axborotlar belgi yoki harflar ko‘rinishda
bo‘lgani uchun, xotirada saqlash va qayta ishlashda kompyuter o‘zining
«til»ida ish bajaradi. Axborotlarning ifodalanishi ya’ni ma’lumotlarning
hosil bo‘lishi kompyuterning elektron sxemalarida elektr toki bor yoki
yo‘qligiga qarab aniqlanadi. Axborotlarni ma’lum qonun qoida asosida
336
kompyuterda qayta ifodalash kodlash deyiladi. Axborotlarni «0» va «1»
lar orqali kodlash ikkilik kodlash deyiladi. Ikkilik kodlash ikkilik sanoq
sistemasini yuzaga keltiradi.
Informatika fanida bundan tashqari algoritm, dastur, kompyuter,
texnologiya, axborotlashgan jamiyat va boshqa tushunchalar ham
mavjud.
«Kompyuter» so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, «hisoblovchi» ma’nosini
anglatadi. Hozirgi kunga qadar elektron hisoblash mashinasi (EHM),
shaxsiy elektron hisoblash mashinasi (SHEHM), personal kompyuter
tushunchalari hayotimizga kirib kelgan. U hozirda faqat hisoblash
ishlarini bajaribgina qolmasdan, balki matnlar, tovush, video va boshqa
ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.
Texnologiya so‘zi lotincha ikki so‘zdan, «thexnos» - san’at,
mahorat, hunar, soha va «logos» - fan kabilardan olingan.
Axborot texnologiyalari axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta
ishlash usullari va vositalari majmuidir.
Axborotlar ustida biror kerakli amallarni bajarish uchun tashkil
qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi.
Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot,
ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash,
qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyat hakida olimlar turlicha fikr yuritadilar.
Masalan, yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda
kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan
foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta
ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon
beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy
mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun
turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o‘zgaradi. Barcha harakatlar
tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol etishga yo‘naltirilgan sanoat
jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab
chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining
oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi,
bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini
kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari,
telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
337
Axborotlashgan jamiyatga o‘tishda kompyuter va axborot-
telekommunikatsiya texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta
ishlash sanoati yuzaga keladi.
Hozirgi paytda shu narsa ravshanki, u yoki bu mamlakat XXI asr
jamiyatida munosib o‘rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan
iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o‘z iqtisodiy tuzilishi,
ustuvorliklari, boyliklari va barcha sohalardagi faoliyatlarini qayta
ko‘rishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim
bo‘ladi. Bu borada Respublikamizda ham bir qancha ijobiy ishlar
amalga oshirildi.
Kundalik hayotimizda turli ko‘rinishdagi axborotlar masalan,
matnli, grafikli, jadvalli, ovozli(audio), rasmli, tasvirli(video) va boshqa
axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
Axborot texnologiyasi biror ob’ekt, jarayon yoki hodisaning holati
haqidagi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishni amalga
oshiruvchi jarayondir.
Zamonaviy
axborot
texnologiyalari
–
kompyuter
va
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy
muloqotni o‘rnatuvchi axborot texnologiyasi hisoblanadi.
Texnologiya bu mahsulotni qayta ishlash, yaratish usullari
majmuidir. Axborot texnologiyalari deganda axborotlar ustida biror
kerakli amallarni bajarish uchun tashkil qilingan jarayonlarga aytiladi.
Bu jarayonlarga axborotni saqlash, yig‘ish, qayta ishlash, saralash,
uzatish va hokazolarni misol qilish mumkin. Zamonaviy axborot
texnologiyalariga: kompyuter texnologiyalari, tarmoqlar, Internet,
multimedia tizimlari kiradi.
Jurnalistika
va
ommaviy
axborot
vositalarida
axborot
texnologiyalarining quyidagi guruhlari mavjud:
- Nashriyotda zamonaviy axborot texnologiyalar.
- Radioda zamonaviy axborot texnologiyalar.
- Televideniyada zamonaviy axborot texnologiyalar.
Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy vakili
bo‘lgan kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan
kirib bormoqda. Turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o‘z
mehnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqda. Bugun
kompyuterda hisoblash, yozish, o‘qish, o‘rganish, gapirish, saqlash,
chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror
manzilga yuborish, tahrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video
axborotlar yaratish, kompyuter o‘yinlaridan foydalanish mumkin. Uning
338
imkoniyatlari kundan - kunga ko‘paymoqda, shuning uchun u ishda,
o‘qishda, uyda va hatto dam olishda insonning eng ishonchli do‘stiga
aylandi.
Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig‘ish, saqlash, uzatish va
boshqalar) uchun har xil texnik tavsifnomalarga ega bo‘lgan axborot
qurilmalari kerak bo‘ladi. Bu axborot qurilmalari zamonaviy axborot
texnologiyalarining texnik ta’minotini tashkil qiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy texnik vositalari
sifatida hozirgi kunda kompyuterlar, hisoblash vositalari, audio va video
qurilmalar, aloqa vositalari, teletayplar, telefakslar, telekslar, kseroks va
boshqalar qo‘llaniladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy
ta’minoti axborot texnologiyalari ishini tashkil qilish va boshqarishni
amalga oshiradi.
Zamonaviy axborot texnologiyasining asosini tashkil qilgan
kompyuterlar hozirgi kunda axborotlarni sifatli uzatish va qabul qilishda
juda muhim ahamiyatga egadir. Fan va texnikaning rivojlanishi
axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni butunlay
boshqacha ko‘rinishda amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Bunda
asosiy o‘rinni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi vositalar egallaydi.
Ishni bunday tashkil etish axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari
kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va foydalanishni osonlashtiradi.
Bundan tashqari axborotning ustida bajarilayotgan ishlar sifatli
bajariladi.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa
tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog‘liq faoliyat
sohalari tashkil qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim-
tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin:
-
muayyan predmetlarni o‘qitishda kompyuter dasturlari;
-
kompyuter darslari – ko‘rgazmali material sifatida;
-
ta’lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
-
ta’lim oluvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
-
ta’lim oluvchilarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil
qilish masalalarini hal etishda va boshqalar.
Umuman hozirgi kunda har bir tashkilot, o‘quv muassasasi, firma
va ishlab chiqarishning barcha sohalarida zamonaviy axborot
texnologiyalari unumli qo‘llanilib kelinmoqda.
|