|
M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD
|
bet | 70/131 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 9,69 Mb. | | #141266 |
Bog'liq Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)Simob metali bilan ishlash
Simob solingan xamma asbob va apparatlar maxsus idishlarga joylashtirilishi kerak.
Simobni ochiq idishlarda saqlash man etiladi.
Simobni kanalizatsiyaga, chiqindilar tashlanadigan chelakka va xokazolarga tashlash mumkin emas. Chiqindi simobning hammasini yig‘ib, og‘zi probka bilan berkitiladigan qalin devorli maxsus idishga solinadi.
Past bosim ostida ishlash qoidalari
Xar qanday ishni shisha asboblar bilan vakuum ostida bajarayotganda maska yoki ximoya ko‘zoynagi taqish shart. Vakuumda xaydashda vakuum-eksikatordan xavo chiqarilayotganda xam bunga amal qilish kerak.
Vakuumda xaydash tugagandan so‘ng asbob sovitilib, atmosferaga ulanmaguncha ximoya ko‘zoynagini yechmaslik kerak. Uni faqat uch-to‘rt minutdan so‘ng (bosim tenglashgach) yechish mumkin.
Kuyganda va zaxarlanganda ko‘rsatiladigan birinchi yordam
Issiqlik ta’sirida kuyganda darhol kaliy permanganat eritmasi, etil spirt yoki tanninning spirtdagi eritmasiga latta yoki paxtani botirib, kuygan joyga bosish kerak.
Kislota to‘kilib kuygan joyni tezlik bilan suv oqimida yuvib, keyin natriy gidrokarbonatning 3% li eritmasi bilan artiladi.
O‘yuvchi ishqorlar to‘kilib kuygan joy suv oqimida yuvilib, so‘ngra suyultirilgan sirka kislota bilan artiladi va yana suv oqimida yuviladi.
Ko‘zga kislota yoki ishqor sachraganda ko‘zni 3-5 minut davomida (qiyin bo‘lsa ham) ko‘p suv bilan yuvish kerak. Keyin kislotali reagent sachragan bo‘lsa gidrokarbonat eritmasi bilan, ishqor sachragan bo‘lsa borat kislota eritmasi bilan yuviladi. Shundan so‘ng, albatta, vrachga murojaat qilish kerak.
Fenol ta’sirida kuyganda zaralangan joyni spirt bilan artish kerak.
Brom ta’sirida kuygan joyni darxol spirt yoki suyultirilgan ishqor eritmasi bilan yuvib, keyin yana spirt bilan artiladi. Shundan keyin kuygan joyga surtiladigan maxsus moy dori surtiladi. Brom xidi bilan zaxarlanganda spirt bug‘idan chuqur nafas olib, sut ichib ochiq xavoga chiqish kerak.
Agar suvda erimaydigan organik modda teriga to‘kilib kuydirsa, kuygan joy shu modda eriydigan erituvchi bilan yuviladi.
Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin uni medpunktga olib boriladi.
|
| |