M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD




Download 9,69 Mb.
bet72/131
Sana19.01.2024
Hajmi9,69 Mb.
#141266
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   131
Bog'liq
Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)

Ekstraksiya
E kstraksiya usulidan organik moddani eritmadan yoki qattiq aralshmadan ajratib olish uchun foydalaniladi. Bu usul moddalar va aralashmalarning har xil erituvchilarda turlicha erishiga asoslangan.
S uvda eriydigan organik moddalarni suv bilan aralashmaydigan erituvchilar, masalan, dietil efir, xloroform, petroley efiri kabilar bilan ajratib olish mumkin. Bu erituvchilarning ko‘pchiligini qaynash temperaturasi nisbatan past bo‘lganligi uchun ularni oson bug‘latib yoki haydab ajaratish mumkin.reaksion aralashmadan yoki tabiiy ob’ktlardan organik moddalarni ekstraksiyalab ajaratib olish uchun aralashma ajratish voronkasiga solinadi. Unga ajratilishi kerak bo‘lgan moddani erita oladigan, lekin suv bilan aralashmaydigan erituvchi quyiladi va voronkaning og‘zi o‘zining probkasi bilan berkitiladi. So‘ng voronkaning jo‘mragi yuqoriga qilib gorizontal yo‘nalishda chayqatiladi. Erituvchining bug‘lanishi natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha yuosim jo‘mrak orqali chiqarib turiladi. Bunday jarayon bir necha marta takrorlanadi.
Ajratish voronkasi shtativga o‘rnatiladi, aralashmaning tinishi va ikki qatlamga ajralishi uchun biroz vaqt kutiladi. So‘ng voronka og‘zidagi probka olinadi va pastki qavat jo‘mrak orqali biror idishga quyib olinadi, yuqori qavat esa voronkaning og‘zidan boshqa idishga o‘tkaziladi. Ko‘pincha suvli eritmadan erigan organik moddani to‘la ekstraksiya qilish uchun eritma yaxshi eriydigan noorganik tuz bilan to‘yintiriladi.
Agar ekstraksiya qilinayotgan modda organik erituvchiga nisbatan suvda yaxshi erisa ajratish voronkasida ajratish yaxshi natija bermaydi. Bunday holatda to‘xtovsiz ekstraksiyalash uskunasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Laboratoriyada qattiq moddalarni yoki o‘simliklarni ekstraksiya qilish uchun ekstraktorlardan, masalan Sokslet apparatidan foydalaniladi. Bu apparat yumaloq tubli kolba, ekstraktor va qaytarma sovutkichdan iborat. Ekstraksiya qilinuvchi maydalangan qattiq modda yoki o‘simlik materiali qog‘ozdan yasalgan gizaga solinadi va ekstraktorga joylanadi. Kolbaga erituvchi quyiladi, sovutkichga ulanadi va kolba suv hammomida qizdiriladi. Erituvchining bug‘lari nay orqali yuqoriga ko‘tarilib qaytarma sovutkichda kondensatlanadi va ekstraktorga joylashtirilgan moddag tushib ma’lum balandlikka ko‘tariladi, so‘ngra erigan modda bilan birga sifon nay orqali yana kolbaga quyiladi. Kolbadagi erituvchi doimo qaynab turganligi uchun ekstraksiya to‘xtovsiz davom etadi. Ekstraksiya tugagandan keyin kolba sovutiladi, qaytarma sovutkichdan ajratiladi, erituvchi haydab ajratib olinadi.



Download 9,69 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   131




Download 9,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD

Download 9,69 Mb.