• T ajriba. Naftalinni sublimatsiya usuli bilan tozalash
  • Tajriba. Gidroxinonning suvdagi eritmasidan efir bilan ekstraksiyalash




    Download 9,69 Mb.
    bet73/131
    Sana19.01.2024
    Hajmi9,69 Mb.
    #141266
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131
    Bog'liq
    Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)

    Tajriba. Gidroxinonning suvdagi eritmasidan efir bilan ekstraksiyalash. 5 gr texnik gidroxinon 50 ml distillangan suvda eriting. Eritmani ajratgich voronkaga quyib uning ustiga 50 ml dietil efir qo‘shing. Voronkaning qopqog‘ini yopib asta sekin chayqating. Voronka ichida hosil bo‘lgan bosimni vaqti vaqti bilan chiqarib turing. So‘ng voronkani shtativga o‘rnatib biroz tindiring. Pastki suvli qavatni voronka jo‘mragi orqali biror idishga quyib oling. Yuqori efir qavatini esa voronkaning og‘zidan boshqa kolbaga quying. Yuqoridagi jarayonni yana 3 marta takrorlang. Efirli eritmalarni birlashtirib suvsiz natriy sulfat bilan quriting, so‘ngra filtrlab efirni suv hammomida haydab oling. Kolbada gidroxinonning rangsiz kristallari qoladi. Hosil bo‘lgan kristallarning suvda qayta kristallash mumkin.


    Sublimatsiya
    Kristall moddaning qizdirilganda suyuqlanmasdan gaz holatiga o‘tib yana kondensatlanib kristall holtga o‘tish hodisasi sublimatsiya (vozgonka) deyiladi. Ba’zi organik moddalarni, masalan, gidroxinon, naftalinni tozalashda sublimatsiya usulidan foydalanish qulay.
    Moddani sublimatsiya usuli bilan tozalash uchun modda chinni kosachaga solinadi, kosacha teshikli filtr qog‘oz bilan yopiladi va ustiga voronka to‘nkarib qo‘yiladi. Chinni kosacha gaz alangasida qizdiriladi. Kosachadagi modda bug‘lanibfiltr qog‘oz teshikchalaridan o‘tadi va voronkani yuqori sovuq qismida kristallanadi. Agar modda odatdagi bosimda qiyin bug‘lansa sublimatsiya pasaytirilgan bosimda o‘tkaziladi.
    T ajriba. Naftalinni sublimatsiya usuli bilan tozalash (mo‘rili shkafda bajariladi). Chinni kosachaga 1 gr texnik naftalin soling. Uning ustini teshikchali filtr qog‘oz bilan berkiting. Filtr qog‘ozga uchi paxta bilan berkitilgan voronka yopib, kosachani qum hammomida sekin qizdiring. Bunda naftalin bug‘lanib voronkaning ustki qismida krstallana boshlaydi. Sublimatlanish tugagandan keyin kosachani sovuting va voronkaning ichki sirtidagi naftalin kristallarini pichoqcha yordamida ajaritb oling.



    Download 9,69 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131




    Download 9,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tajriba. Gidroxinonning suvdagi eritmasidan efir bilan ekstraksiyalash

    Download 9,69 Mb.