Galogenalkanlarning xossalarini o‘rganish




Download 9,69 Mb.
bet81/131
Sana19.01.2024
Hajmi9,69 Mb.
#141266
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131
Bog'liq
Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)

Galogenalkanlarning xossalarini o‘rganish


Asbob va idishlar: kichik va katta probirkalar, gaz gorelkasi yoki spirt lampasi, pipetka, ajratkich voronka, chinni havoncha, 100 ml sig‘imli tubi yumaloq kolba, uch og‘izli nasadka, sovutkich, shisha tayoqcha, suv hammomi, mikroskop, buyum oynasi, qisqich.


Reaktivlar: xloroform, mis sim yoki plastinka, natriy metalli, nitrat kislotaning 0,1 n.li eritmasi, distillangan suv, kumush nitratning 0,1 n.li eritmasi, etil spirti, konsentrlangan sulfat kislota, kaliy bromid yoki natriy bromid (qattiq), kristall yod, qizil fosfor, osh tuzi kukuni, quruq xlorli ohak, kaliy yodidning 0,1 n.li eritmasi, o‘yuvchi natriyning 0,2 va 2 n.li eritmalari, yodning kaliy yodiddagi eritmasi, polivinilxlorid smolasi.
1-tajriba. Etil bromidni olinishi. Gaz chiqarish nayi o‘rnatilgan katta probirkaga 1 ml spirt va aralashtirib turgan holda shuncha konsentrlangan sulfat kislota soling. Aralashma sovutilganch unga 1 ml distillagan suv va chayqatib turgan holda ohistalik bilan 1 gr kaliy bromid yoki natriy bromid qo‘shing. Probirkani shtativga qiya holda o‘rnatib gaz chiqarish nayini probka bilan probirka og‘ziga o‘rnating. Nayning ikkinchi uchini sovuq suv yoki muz solingan stakanga joylangan suvli probirkaga tushiring. Aralashmani ehtiyotlik bilan qizdiring. U bir tekis qaynagach, kaliy bromid kristallari yo‘qolib ketguncha qizdiring. Hosil bo‘lgan etil bromid haydalib, probirkadagi suv ostiga yig‘ilishiga e’tibor bering. Etil bromid ustidagi suv qatlamini pipetka bilan olib tashlang va probirkaga yana 1-2 ml suv quyib chayqating. Aralashma tingach, suv va etil bromidni ajratish voronkasida ajrating. Galogenalkan hosil bo‘lganini Beylshteyn yoki Stepanov reaksiyasi yordamida sinab ko‘ring.
C2H5OH + HOSO3H → C2H5OSO3H + H2O
KBr + H2SO4 → HBr + KHSO4
C2H5OSO3H + HBr → C2H5Br + H2SO4



Download 9,69 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131




Download 9,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Galogenalkanlarning xossalarini o‘rganish

Download 9,69 Mb.